UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.96K subscribers
18.9K photos
1.51K videos
260 files
8.57K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#universitet_hayotidan

Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi faoliyatidan lavhalar

🏹Joriy yilning 21-yanvar kuni Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kamondan otish sport turi bo'yicha Toshkent viloyati chempionati o'tkazildi.

Unda universitetimizning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari A.Hayitmurodov kattalar o'rtasida faxrli 1-o'rinni, A.Ergashev 2-o'rinni, A.Xoltojiyev 3-o'rinni egalladi. Ayollar o'rtasidagi bahslarda esa M.Ataniyazova 2-o'rinni band etdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📱Shuningdek, shu kuni kafedra tashabbusi bilan talabalar orasida kibersport turini ommalashtirish maqsadida mazkur sport turidan Kafedra birinchiligi musobaqasi tashkil etilib, unda talabalar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🏆
Universitet tyutorlari faoliyatidan lavhalar…

🏈🤽🏻‍♀️2025-yil 22-yanvar kuni universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari talabalari tyutorlar hamrohligida Chirchiq shahar tarixi muzeyiga sayohat uyushtirdilar.

🤼22-yanvar kuni Milliy Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ustoz-murabbiylari va tyutorlar tomonidan besh muhim tashabbus doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

23-yanvar sanasida esa oliygohning bir guruh tyutorlari hamda talaba-yoshlar birgalikda Oʻzbekiston Davlat Satira teatrida "Quticha" nomli komedik spektakl namoyishini tomosha qildilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#zakovat

🧑‍🎓👩‍🎓Talabalar hayotidan lavhalar…

🤼🏓🏋️‍♂️Hafta davomida universitetning Milliy kurash turlari, Tennis, badminton, stol tennisi hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedralari o‘qituvchilari va tyutorlari tashabbusi bilan TTJda talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.

📜🎁O‘yin davomida talabalar jamoalarga bo‘lingan holda, o‘zaro qizg‘in bahslarda mantiqiy hamda intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakunda g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👆O‘yin jarayonlari yuqoridagi video hamda fotolavhalarimizda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

Universitet talaba-qizlari bilan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-sonli talabalar turar joyida turuvchi talaba-qizlar bilan universitet rahbariyati, tegishli bo‘lim rahbarlari hamda tyutorlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida mas’ullar talaba-qizlarga universitet Odob-axloq kodeksi mazmun-mohiyati, pedagogik amaliyot jarayonlari, yakuniy nazorat natijalari, shuningdek, yotoqxona ichki-tartib qoidalari va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oylik to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash hamda turli jinoyatchilik holatlarining oldini olishi va yot g‘oyalar ta’siriga tushmaslik kabi muhim masalalar yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

Universitet talaba-yigitlari bilan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 3-sonli talabalar turar joyida turuvchi talaba-yigitlar bilan universitet rahbariyati, tegishli bo‘lim rahbarlari hamda tyutorlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida mas’ullar talabalarga universitet Odob-axloq kodeksi mazmun-mohiyati, pedagogik amaliyot jarayonlari, yakuniy nazorat natijalari, yotoqxona ichki-tartib qoidalari, shuningdek, turli huquqbuzarliklar, giyohvandlik, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar oldini olish va ularning barvaqt profilaktikasiga oid muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🏆
Universitet kafedralari faoliyatidan lavhalar…

🏊2025-yil 5-fevral kuni universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Izzatilla Islamov va ma'ullari tomonidan talaba-yigitlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "ZAKOVAT” INTELLEKTUAL o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🏉5-fevral kuni oliygohning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari Chirchiq shahrida joylashgan 25- hamda Toshkent shahridagi 64-umumta’lim maktablarida oʻquvchi-yoshlar o‘rtasida gandbol sportini ommalashtirish va ularni mazkur sport turiga qiziqtirish maqsadida maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari hamrohligida ochiq dars oʻtkazildi.

🏋️‍♂️🧑‍⚕️6-fevral kuni universitetning Og'ir atletika ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Tibbiy-sanitariya bo‘limi bilan hamkorlikda talabalar ishtirokida "Biz sog'lom turmush tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

📊Serbiyalik tajribali voleybol murabbiy ishtirokida ilk dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

🏀Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida oliygohga xorijdan jalb etilgan yana bir mutaxassis, Serbiyalik tajribali voleybol murabbiyi Moro Branislav tomonidan ilk dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3919-serbiyalik-tajribali-voleybol-murabbiy-ishtirokida-ilk-dars-mashg-ulotlari-bo-lib-o-tdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#universitet_hayotidan

🏆Milliy qadriyatlar va tarbiya - oilaviy munosabatlar tayanchi!

👩‍🎓👩‍💼O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-qizlarni nafaqat jismonan baquvvat bo‘lishlari, bakli ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va oilaga bo‘lgan hurmat hissini yanada oshirish maqsadida 🦺"Milliy qadriyatlar ma'naviyat ko'zgusi” shoiri ostida turli tadbirlar tashkil qilib boriladi.

Quyidagi videolavhamizda ham talaba-qizlar ustozlari, tyutorlar hamda tarbiyachi-pedagoglar tomonidan hayotiy tajribalarni o‘rganmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🏆
Universitet kafedralari faoliyatidan lavhalar…

🚣🏊Joriy yilning 8-fevral kuni oliygohning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori A.Abdusalomov hamda universitet profilaktika inspektori N.Agabekov tomonidan talabalar ishtirokida "BIZ SPORTCHILAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🗣Suhbat davomida talabalarga giyohvand moddalar nafaqat inson organizmi balki, turmush tarziga ham salbiy ta'siri ko‘rsatishi, uni iste’mol qilishning ayanchli oqibatlari haqida zaruriy ma’lumot va tushuntirishlar berildi.

🤼‍♂️Shuningdek, mazkur sanada oliygohning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tyutori tashabbusi bilan talaba-yoshlar o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etilib, o‘zaro qizg‘in bahslarda talabalar o‘zlarining mantiqiy hamda intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#kompleks_o‘rganish

Universitet kafedralari faoliyati kompleks o‘rganilmoqda

✔️Bugun, 10-fevral sanasidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tuzilgan ishchi guruh tomonidan universitet kafedralari faoliyatini kompleks o‘rganish jarayonlari boshlandi.

📌Mazkur o‘rganish jarayonlari Universitetning 2025-yilgi ish rejasida belgilangan asosiy vazifalar va ta’lim sifatini oshirish, ijro intizomini ta’minlash, shuningdek, universitet kafedralarida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy sport tadbirlari, moddiy-texnik bazasi, xalqaro aloqalar jarayonlari sifatini oshirish hamda ijro intizomi borasida olib borayotgan ishlar samaradorligini yanada yaxshilash hamda tizimli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

📍Eslatib o‘tamiz, kompleks o‘rganish jarayonlari barcha kafedralar kesimida olib boriladi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

♻️Tozalik – sog‘lom hayot asosi!

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyida talabalarning o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalar bilan birga tozalik ishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

👨🏻‍🦽Xususan, 2024-yil 7-fevral kuni universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi mudiri Sh.G‘ofurov, professor-o'qituvchisi L.Davlatova tomonidan 1- hamda 2-sonli talabalar turar joyida turuvchi talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi.

✔️O‘rganishlar davomida turar joydagi umumiy foydalanish va yotoqxonalarining tozaligi, tartibliligi alohida tekshirilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan talabalarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi va tozalik – sog‘lom turmush tarzining eng muhim omili ekanligi alohida qayd etildi. Shuningdek, kafedra talaba-qizlari bilan birgalikda 🍰🧶mazali shirinliklar hamda tikish-bichish boʻyicha master-klass oʻtkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

👩‍💼🤵🏻Tyutorlar faoliyatidan lavhalar…

Joriy yilning 10-fevral kuni universitet tyutorlari M.Raxmanova hamda A.Abdusalomov Chirchiq shahrida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi” nomli bilimdonlar bellashuvining tuman bosqichida hakam sifatida faol ishtirok etib, o‘quvchilarning javoblarini xolis baholab bordilar.

Shuningdek, mazkur sanada oliygohning Og'ir atletika, ot sporti, Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari tyutorlari talaba-yoshlar bilan birgalikda O'zbekiston Davlat Satira teatriga sayohat uyushtirdilar.

🎭Teatrda universitet jamoasi aktyorlar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan "Soqov xotin" pyesasi asosida hajviy va lirik voqealarga boy bo'lgan spektakl namoyishini tomosha qilishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#kompleks_o‘rganish

Universitet kafedralari faoliyatini kompleks o‘rganish davom etmoqda

✔️Xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tuzilgan ishchi guruh tomonidan universitet kafedralari faoliyatini kompleks o‘rganish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

👯‍♀️🤼Bugun, ishchi guruh a’zolari oliygohning Gimnastika sport turlari hamda Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari faoliyatini o‘rgandilar. O‘rganish jarayonlarida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

📍Eslatib o‘tamiz, mazkur jarayon barcha kafedralar kesimida olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook