UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.96K subscribers
18.8K photos
1.51K videos
259 files
8.54K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#xizmat_safari
#xalqaro_aloqalar

🏆O‘zDJTSU prorektorining Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda…

✈️Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyevning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etib, safar davomida mazkur davlatning qator oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilishga erishilmoqda.

📆Jumladan, universitet vakili 23-dekabr kuni Turkiyaning Balikesir Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida vakilimiz universitetining ta'lim va ilmiy ishlari bilan tanishib, tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish, o'zaro tajriba almashish va ilmiy-tadqiqot sohasida birgalikda loyihalar amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

✈️
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev Turkiya Respublikasida
xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Vakilimiz, mazkur davlatning nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatorida, yuqori davlat tashkilotlari bilan ham Universitetimiz o‘rtasidda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatilishiga erishmoqda.

📆Xususan, safarning 24-dekabr sanasida prorektor Jasur Zarifbayev Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAda bo'lib, agentlik prezidenti Serkan KAYALAR bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitetda yangi sport laboratoriyasini tashkil qilish va talabalar uchun o'quv xonalarini zamon talabiga mos tarzda jihozlash bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏆Universitet professor-o‘qituvchisi xorijda o‘zaro tajriba almashmoqda


Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining O‘zbek va chet tillari kafedrasi dotsenti Muborak Ayxodjayeva Turkiyaning Yildiz texnika universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish amaliyotini takomillashtirish va o‘quv jarayonini tashkil etishning pedagogik strategiyalari” mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish kursida qatnashib, o‘z tajribasini oshirmoqda.

📊Jumladan, o‘quv kursi davomida bir qator treninglar o‘tkazilib, unda universitetimiz vakili ham pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga qaratilgan taqdimoti bilan faol ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari
#o'rganish

🏆O‘zDJTSU Nukus filiali yangiliklari…

Bugun, 17-yanvar kuni Universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo'lgan rektor maslahatchisi Umar To'raqulovdan iborat ishchi guruh oliygohning Nukus filialida bo‘lib, “Turon” stadioni hamda Qoraqalpog‘iston bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

Jarayon davomida qurilish obyektining mas’ul shaxslari bilan suhbat o‘tkazilib, bir qator takliflar berildi. Shundan so‘ng universitet vakillari hamda filialning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

📍Mas'ullarning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#xizmat_safari
#o'rganish

🏆O‘zDJTSU Farg‘ona filiali yangiliklari…

Ayni kunlarda universitetning TTJ va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi boshlig‘i Komil Ziyadullayev oliygohning Farg‘ona filialida bo‘lib, filial faoliyatidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularning yеchimi bo‘yicha har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, o‘quv jarayonlari va sport inshootlaridagi moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda isitish tizimlarining barqaror ishlashi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

📍Jarayon davomida filialning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar yuzasidan takliflar tinglanmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook