UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.92K subscribers
18.2K photos
1.47K videos
257 files
8.36K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#davra_suhbati

Konstitutsiya – farovon hayot tayanchi

2024-yil 7-noyabr kuni universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida huquqiy sohada qabul qilingan qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida Chirchiq shahrida joylashgan Mirzo Ulugʻbek mahallasi faollar bilan davra suhbati tashkil qilindi.

“Konstitutsiya – farovon hayot tayanchi” mavzusida boʻlib oʻtgan mazkur davra suhbatida aholi, ayniqsa, yoshlarning Konstitutsiya mazmun-mohiyatidan xabardorlik darajasini yanada oshirish, shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va eng muhimi, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini muntazam olib borish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

Suhbat soʻngida mazkur yoʻnalishda tizimli ravishda hamkorlikda ishlash yuzasidan takliflar bildirildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#davra_suhbati

🇺🇿Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz!

✔️Maʼlumki, BMT Bosh Assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yildan har yili 16-noyabr – butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bagʻrikenglikka, tinchlikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir.

Bugun, ushbu sana munosabati bilan universitetning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari, tyutorlar hamda Axborot-resurs markazi xodimalari ishtirokida talabalar uchun "Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#davra_suhbati

Mening oilam – mening baxtim!

✔️Bugun ushbu mavzuda universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi prоfеssоr-о‘qituvchilаri tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

♻️Unda kafedra professor-o‘qituvchilari oilaning jamiyatdagi o‘rni, huquqiy-ijtimoiy va psixologik mezonlari haqida qiziqarli va qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tishdi.

📍O‘z o‘rnida, savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan davra suhbatida talabalar ham oila haqidagi tushunchalarini ifodalab berdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#davra_suhbati

‼️E’LON‼️

🧑🏻‍💼👩‍🎓Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlar va talabalari diqqatiga!

2024-yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda "Ochiq eshiklar kuni" doirasida davra suhbati o‘tkaziladi.

💻Ushbu davra suhbatida soha vakillari tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar aks etgan taqdimotlar qilinishi kutilmoqda.

🏢Tadbir manzili va vaqti: 2024-yil 3-dekabr kuni soat 14:00 da universitet Talabalar madaniyat saroyi.

📍Barchangizni mazkur davra suhbatida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

🔰Huquq va burch nima?

📌2024-yil 2-dekabr kuni ana shu mavzuda universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-bosqich talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbat o‘tkazdilar.

📖Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritilib, Konstitutsiya o‘zi nima? degan savolga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, talabalarga Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi roli hamda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum asosida Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya — inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati ekanligi to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati talaba-yoshlar tomonidan yo‘llangan savollar bilan yanada mazmunli o‘tdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

📍Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi!

Bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda "Ochiq eshiklar kuni" doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3739-korrupsiya-jamiyat-va-taraqqiyot-kushandasi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Matonatli qalblar bilan yorqin kelajak sari!

2024-yil 3-dekabr kuni ana shu shior ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan oliygohning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari, para kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari, bir necha bor Respublika va xalqaro turnirlar sovrindorlari Nasiba Abdullayeva, Oydinoy Mansurova hamda para velosport bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo chempionatlari sovrindori Aziza Qosimovalar ishtirokida “Matonat sohibalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

❗️DIQQAT, DIQQAT, E’LON❗️

👩‍🎓Hurmatli universitetimiz sportchi talabalari!

Sizlarni 2024-yil 18-dekabr kuni soat 14:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida 🤵🏻Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirokida tashkil etilayotgan qiziqarli davra suhbatiga taklif etamiz.

💤Unda sizlarni akademiya asoschisi Muhammadali Eshonqulov tomonidan o‘qishda va kasb faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish sirlari va ularga olib boruvchi yo‘llar hamda kitob mutolaasining yoshlar hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida bildiriladigan motivatsion fikrlar kutmoqda.

🏢Manzil: Talabalar madaniyat saroyi.

‼️Barcha talaba-yoshlarni
davra suhbatida kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

🏆O‘zDJTSU Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi!

2024-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirokida qiziqarli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3809-o-zdjtsu-yuksalish-maktablari-va-yuksalish-liderlar-akademiyasi-bilan-hamkorlik-o-rnatdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook