UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.82K subscribers
22.1K photos
1.62K videos
269 files
9.43K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#KUN_HIKMATI

Birinchi yolg‘ondan so‘ng barcha haqiqatlar shubhalidir. Ikkinchi yolg‘ondan so‘ng barcha shubhalar haqiqatdir.

©Aristotel


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#karyera_kuni

🏆Sportchilar oilasida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

💼Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Unda 100 ga yaqin hamkor tashkilot va muassasalar o‘zlarining 900 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

🧑‍🎓👨‍🎓“Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri yakunlari boʻyicha ish beruvchilar tomonidan 2250 nafar talabalar bilan suhbatlar oʻtkazilib, ularning ishga joylashish, amaliyot oʻtash uchun yoʻllanmalar berildi, 200 nafarga yaqin bitiruvchi kurs talabalari bilan esa ishga joylashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/2960-sportchilar-oilasida-mehnat-yarmarkasi-bo-lib-o-tdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆"Ittifoq raisi kubogi" musobaqasida universitet jamoasi faxrli o‘rinni egalladi!

⚽️🏐Joriy yilning 30-aprel kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida mini futbol hamda voleybol (qizlar o‘rtasida) sport turi bo‘yicha “Ittifoq raisi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

💥Shiddatli bahslar yakunida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sportchi talabalariga teng keladigani topilmadi va universitetimiz jamoasi ikki sport turidan ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

🎉Musobaqa so‘ngida g‘oliblar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#onlayn #seminar

Milliy Erasmus+ loyihasi boʻyicha onlayn seminar tashkil etildi

📊Kecha, 1-may kuni universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi hamda Oʻzbekistondagi Milliy Erasmus+ loyihasi vakillari hamkorligida oliygohning iqtidorli talaba-yoshlari uchun onlayn seminar tashkil qilindi.

👇Unda tadbir spikeri, Milliy Erasmus+ loyiha menejeri Mahmudjon Oʻtkirov tomonidan talaba-yoshlarga:

✔️Xalqaro kredit mobilligi(ICM) — talabalar almashinuvi boʻyicha;
✔️Erasmus Mundus Joint Masters — magistratura darajasini olish boʻyicha;
✔️Horizon Europe: Marie Skłodowska-Curie Actions — Ilmiy tadqiqotchilar uchun kabi bir qator grantlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

🗣Seminar soʻngida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollariga javob oldilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook