UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.94K subscribers
19K photos
1.51K videos
260 files
8.61K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Otalarga hamisha ehtiromda bo‘lmoq ham farz ham qarzdir!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan “Otalarga ehtirom” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
🔰O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023 yil 11-mart kuni Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan amerikalik mutaxassis, dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida o‘zining tadqiqot va treninglarini o‘tkazgan sport olimi Global Sport Technology kompaniyasi (AQSH) katta fiziologi (PhD) Genadijus Sokolovas ishtirokida "Suv sport turlarida sportchilar tayyorgarlini takomillashtirish" mavzusida Xalqaro seminar bo’lib o’tadi.

🤝Mazkur seminar O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va O‘zbekiston suzish federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

♻️Ma’lumot uchun, Genadijus Sokolovas hozirgi kunga qadar o‘nga (Michael Phelps, dara Torres, Peter Vanderkaay, Jason Lezak) yaqin olimpiya chempionlari va sovrindorlari bilan mashg‘ulot olib borgan.

Barcha professor-o’qituvchilarni va xohlovchilarni ushbu seminarda kutib qolamiz!

©️Universitet xalqaro hamkorlik bo‘limi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Otalarga ehtirom” mavzusidagi tadbirdan videolavha.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rahbariyatning kengaytirilgan tartibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-son qarori ijrosi, shuningdek, joriy yilning may oyida universitetda o‘tkaziladigan akkreditatsiya va attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik hamda kun tartibidagi boshqa muhim masalalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirilib, qilingan va qilinayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

Yakunda esa universitet rektori tomonidan barcha rahbar xodimlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Sambo bo‘yicha Universitet ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi

2023 yil 4-mart kuni O‘zDJTSUda Kurash fakultetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan sambo sport turi bo‘yicha Universitet ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in jarayonlarga boy bo‘lgan mazkur musobaqada talaba-yoshlar turli vazn toifalarida o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Yakunda esa sovrindorlarga kafedra hamda O‘zDJTSU sport klubi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
OT SPORTI YoSh TADQIQOTCHILAR NIGOHIDA

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan markaziy “IPPODROM”da Toshkent shahar Chavandozlar maktabida tarbiyalanayotgan yosh chavandoz-sportchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu tadqiqot ishlarida O‘zDJTSU Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Yoldashov bilan bir qatorda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining yetakchi olimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar
Bugun Ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari shuningdek, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun Rossiya Federasiyasining “SPORTINSAYT” kompaniyasi sport texnologiyalari eksperti Kasmov Aydar Galimovich  ishtirokida master-klass o‘tkazildi.

Unda “SUPLES” k
o‘p funksiyali uskunasidan foydalangan holda yunon-rum kurashi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar yordamida sportchilarning chidamlilik, koordinasion harakatlar va tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usullari namoyish etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#uzdjtsu #yangiliklar