UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
18.9K photos
1.51K videos
260 files
8.59K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Joriy yilning 9 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish uchun chiqarilgan qaror va farmonlarni mazmun mohiyati bilan tanishtirish hamda jismoniy tayyorgarlikni oshirishning innovatsion texnologiyalari bo‘yicha “Ataptiv jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri M.Mirjamolov va “Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsent v.b. xalqaro toifadagi murabbiy G‘.Matkarimovlar tomonidan maʼruza va treninglar tashkil qilindi.
“Badminton ligasi” musobaqasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-son Farmoniga muvofiq aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 12-noyabr kuni "Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi tashabbusi bilan sportning Badminton turi bo‘yicha “Badminton ligasi” musobaqasi tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan universitetda tahsil olayotgan talabalarini taklif qilib qolamiz.

Musobaqa g‘oliblari universitet tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 11-noyabr soat 16:00 ga qadar "Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi" (sport maneji)ga kelib talabnomani topshirishlari mumkin.

Bosh hakamlar: "Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi" o‘qituvchilari.

Vaqti va o‘tkazish joyi: 12-noyabr universitet "sport majmuasi" (manej).

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
486-У-01.11.2021.pdf
3.8 MB
Hurmatli talabgorlar!

2022 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari va suhbat o‘tkazish kunlari tasdiqlandi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tadigan 13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi”, 08.00.13 – “Menejment”, 19.00.06 – “Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi”, 03.00.08 – “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha 2022 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari va suhbat o‘tkazish kunlari tasdiqlandi.

Suhbat va kirish imtihonlarida o‘z vaqtida ishtirok etishingizni so‘raymiz.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
​​“Prezident kubogi» xalqaro shaxmat turnirida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi «Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida 2021 yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini o‘tkazish belgilangan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida 2021 yil 10 noyabrdan 19 noyabrga qadar «Prezident kubogi» xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi. Unda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidan malakali grossmeysterlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 120 000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu O‘zbekiston tarixida eng yuqori sovrin jamg‘armasiga ega shaxmat turniri sifatida tarixga kiradi.

Mazkur xalqaro shaxmat turnirida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish va turizm fakulteti “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi “Shaxmat” taʼlim yo‘nalishi talabalari va professor – o‘qituvchilari ham ishtirok etishadi.

«Prezident kubogi» xalqaro shaxmat turnirida quyidagi talabalar va professor-o‘qituvchilar universitet shanini himoya qilishadi:

1. Jumanov Elbek FIDE ustasi, “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi;
2. Vohidov Shamsiddin Xalqaro Grossmeyster;
3. Saydaliyev Saidakbar FIDE ustasi;
4. Abdurahmonov Muxammadali FIDE ustasi;
5. Qosimov Ali FIDE ustasi;
6. Shermuhammadov Samandar FIDE ustasi;
7. Tursunova Aziza;
8. Hamrayeva Dilbar;
9. Safarov Doniyor.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
​​#Tanlov

UNIVERSITET TALABALARI DIQQATIGA!

📝 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Mening bayrog‘im-mening tasavvurimda” mavzusi asosida rasmlar tanlovini eʼlon qilamiz.

👨💻Tanlovda bakalavr hamda magistrlar ishtirok etishi mumkin.

📩 Tanlov 2021 yil 15-noyabr kuni soat 14:00 da madaniyat saroyining 5 tashabbus xonasida o‘tkaziladi.

🏅Tanlov g‘olib va sovrindorlari 18-noyabrda universitet rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan rasmlar universitetning “Maʼnaviyat va maʼrifat” bo‘limi tomonidan tuzilgan hayʼat aʼzolari tomonidan baholanadi.

❗️Tanlovda ishtirok etuvchilar rasm chizish uchun kerakli bo‘lgan predmetlaringizni o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang !

Tanlovda 1-, 2-, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin 1 million 500 ming so‘m;
2-o‘rin 1 million so‘m;
3-o‘rin 500 ming so‘m.

📞 Murojaat uchun telefonlar: +998939395353, +998995565754

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#Bilimlar_bellashuvi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishni keng targ‘ib qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2021 yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ko‘pkurash sport turlari fakulteti hamda Tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan "Bilimlar bellashuvi" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultetning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoalar faol ishtirok etishdi.

Birinchi o‘rinni 🥇 “Bilimdonlar”, ikkinchi o‘rinni 🥈 «Kompyuterchilar», uchinchi o‘rinni 🥉“Sportchilar” jamoalari egallashdi.

Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarga 🏆sovg‘alar va diplomlar taqdim etildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
​​Talaba qizlar uchun amaliyotchi psixologlar ishtirokida psixologik trening o‘tkazildi

Hozirgi davr talabi maʼnaviy jihatdan yetuk, har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish Bo‘lib, bu jarayon shaxslararo munosabat va muloqotga kirishish vaqtida amalga oshiriladi. Shunday ekan, kishilarni muloqot jarayonida teran fikrlilik, hozirjavoblik, taʼsirchanlik, sezgirlik, bilimdonlikni shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Darhaqiqat, rivojlanish, yuksalish shiddat bilan ro‘y berayotgan bir paytda, yosh avlodni maʼnan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularni zararli axborotlar va axborot xuruji taʼsirlaridan himoyalash eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetining Kurash fakulteti tashabbusi bilan 1 – sonli Talabalar uyida talaba qizlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ruhiy tetik, maʼnaviy barkamol, kasbiy xususiyatlarini o‘rganish maqsadida tajribali amaliyotchi psixologlari bilan psixologik trening o‘tkazildi.

Tadbirda Chirchiq shahar Kengashi deputati, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, psixolog va pedagog Nozima Nuriddinova, O‘zbekiston Respublikasi psixologlar assotsiatsiyasi aʼzosi, amaliyotchi psixolog Maxmud Ergashev, “Yuksalish Ziyo” o‘quv markazi Chirchiq filiali psixologi, Chirchiq OTQMBYU Pedagogika va psixologiya sikli katta o‘qituvchisi Bekzod Tilovov, Tadbirkor, biznes trener, koucher Ulug‘bek Xasanov, fakultet rahbariyati hamda talaba qizlar ishtirok etdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Forwarded from Glocals Bookshop
#Bilasizmi

Kampus” tushunchasi nimani anglatadi?

🔰Universitetdagi kundalik hayotimizda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan biri – bu “kampus” tushunchasi.

📩 www.google.com tizimida “campus” so‘zi 7,66 milliard marotaba uchraydi.

Masalan,
💬Garvard universiteti kampusi Charlz daryosini kesib o‘tadi”,
💬Prinston universiteti kampusidan har biri 55 milya (88 km) uzoqlikda joylashgan Filadelfiya va N'yu-York shaharlariga poezdda yetib olasiz”
kabi gaplarni eshtamiz.

🔸Yurtimizdagi talabalar bilan suhbatlashganda, ularning ayrimlari "kampus – bu yotoqxona", deb javob berganini ham eshitganmiz.

Aslida “kampus” tushunchasi nimani anglatadi?

Umumiy olganda, kampus bu “universitet shaharchasi”, “talabalar shaharchasi” deyiladi.

🔙Tarixda ilk marotaba kampus deb XVIII asrda Prinston universiteti hududi nomlangan.

Kampus (universitet shaharchasi sifatida) o‘z ichiga ko‘plab tarkibiy qismlarni oladi. Masalan,

🔹asosiy ta'lim muassasasi, fakultet binolari va ularning infratuzilmalari (shu jumladan o‘quv xonalari);
🔸talabalar shaharchasida joylashgan laboratoriya va ilmiy-tadqiqot institutlari;
🔹ilmiy kutubxonalar;
🔸texnologik park, biznes-inkubator, injiniring markazlari;
🔹universitet muzeyi;
🔸talabalar va o‘qituvchilar uchun turar joylar;
🔹sport majmua va stadionlar;
🔸kongress markazi, majlislar va konsert zallari;
🔹oshxonalar va boshqa ovqatlanish ob'ektlari;

⁉️Bilasizmi, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida “kampus-menejer” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan!

❇️ Kampus universitet haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Zero kampus nafaqat ma'ruza zallari, IT-markazlari fasadini anglatadi. Balki u universitetning “yuzi”, “imiji” kerak bo‘lsa, “tashrif kartasi” sanaladi.

♻️ Kampus universitetdagi ta'lim sifatini, talabalar hayot ritmi va mentalitetini bevosita aks ettirish mumkin. U yerga tashrif buyurgan odamning aynan shu universitetga o‘qishga kirish istagi paydo bo‘lishi lozim.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Sport vazirligi
Xalqaro shaxmat akademiyasida “Prezident kubogi” xalqaro turniri start oldi

Unda dunyoning 9ta davlatidan jami 104 nafar mahoratli shaxmat ustalari gʻoliblik uchun dona surishadi

Batafsil: https://bit.ly/3qunNfy

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
​​“Yashil shahar” aksiyasida faol ishtirok eting!

⚡️Xabaringiz bor, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Chirchiq shahrining barcha hududlarida mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda.

🌳Xususan, bu borada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kurash fakulteti talabalari ham tashabbus ko‘rsatib 200 dan ortiq mevali daraxtlar ekilishida faol bo‘ldilar.

🌳Jarayonlar davom etmoqda.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy