UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.81K subscribers
22.4K photos
1.64K videos
269 files
9.53K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#talaba_yutuqlari

🏆O‘zDJTSU kurashchi talabalari O‘zbekiston kubogida faxrli o‘rinlarni egalladi!

🤼Joriy yilning 16-18 dekabr kunlari Qoraqalpogʻiston respublikasi Nukus shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari kollejida 2006-2007 yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

400 ga yaqin polvonlar qatnashgan mazkur musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kurashchi talaba yigit-qizlari ham munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safida bo‘lishdi. Ular bilan tanishing👇

🥇Sohibjon Boymatov
🥇Diyorbek Abdunabiyev
🥇Olloberdi Karimberdiyev
🥇Eldor Mahmudov


🥈Eldor Jalolov

🥉 Rayhon Sherimmatova
🥉 Husan Iskandarov
🥉 Rustam Matyoqubov
🥉 Abdukarim Toshpoʻlatov


👏💐Sportchi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU Turkiyaning yana bir nufuzli oliygohi bilan hamkorlik o‘rnatdi!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev 🇹🇷Turkiya Respublikasidagi xizmat safarini davom ettirmoqda.

📆Vakilimiz, 19-dekabr kuni Izmir viloyatining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Ege universitetida bo‘lib, oliygoh rektori, professor Mehmet Ersan bilan uchrashdi.

🤝Uchrashuv davomida tomonlar ikki universitet o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy dastur va tadqiqotlarni rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim tizimlari va metodologiyalarini o‘rganish hamda joriy qilish yuzasidan fikrlar almashib, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar. Yakunda o‘rnatilgan hamkorlik doirasida kelgusidagi maqsad va rejalar belgilab olindi.

📍Eslatib o'tamiz, universitetimiz vakiliga safar davomida O‘zbekistonning Bursadagi Faxriy Konsuli Ali Baklan hamrohlik qilmoqda.


https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#UNIVERSIADA_2024
#bizning_yutuqlar

🏆UNIVERSIADA-2024: universitetimiz talabalari shaxmatda tengsiz bo‘ldi!

📆Xabaringiz bor, 2024-yil 18-21 dekabr kunlari Samarqand viloyatida shaxmat va shashka sport turlaridan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida Universiada-2024 sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✔️Aytish joizki, respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasida kechga final bahsi shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha ko‘plab iqtidorli yoshlarni saralab olishga xizmat qildi.

Mazkur musobaqada universitetimiz talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi shaxmat bo‘yicha umumjamao hisobida 🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritdi:

Shaxmat

🥇Davron Sharipov;
🥇Maftuna Bobomurodova.

⚫️Shashka

🥈Xumora Xoliqberdiyeva

💐Universitet jamosi nomidan talabalarimizni g'alaba bilan samimiy qutlaymiz
!|

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_birinchiligi

🏆O‘zDJTSUda og‘ir atletika sport turidan Universitet birinchiligi o'tkazildi

🏋️‍♂️2024-yil 20-21 dekabr kunlari universitetning Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi hamkorligida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Universitet birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlar o‘rtasida sportini rivojlantirish va og‘ir atletika sportini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu musobaqada yigitlar: 61 kg, 73 kg, 89 kg, 102 kg, +102 kg vazn toifalarida, qizlar esa: 49 kg, 59 kg, 71 kg, 81 kg, +81 kg vazn toifalarida shiddatli bahslarga kirishib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

📜🎁Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindor talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook