UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.89K subscribers
23.2K photos
1.67K videos
270 files
9.77K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU delegatsiyasining Qozog‘iston Respublikasi Olmata shahridagi ✈️xizmat safari davom etmoqda.

Xususan, 17-dekabr kuni Qozog'iston sport va turizm akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport universitetlar xalqaro assotsiatsiya prezidenti Kayrat Zakiryanov tomonidan xalqaro Kongressning yalpi majlisi ochib berildi.

📊Bugun, 18-dekabr kuni mazkur yalpi majlis o‘z ishini 4 ta sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirib, 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

📍Ahamiyatli jihati, ularning qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedra dotsenti Nailya Svetlichnaya ham "Adaptiv jismoniy tarbiya va sportning psixologik jihatlari" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tashrif

🏆O‘zDJTSU Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda!

Bugun, 18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Jamila Ismailzoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Dastlab delegatsiya a’zolari va universitetimiz vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda xalqaro loyihalar ustida ishlash bo‘yicha fikrlar almashinildi.

📌Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari uchun Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasida grant asosida magistratura yo‘nalishida tahsil olishi uchun stipendiya joriy qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🏢Tashrif yakunida mehmonlar universitet sport inshootlari va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

Sport vaziri Adkham Ikramov va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtadi


19-dekabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yoshlar forumi - 2024” doirasida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

📆 Uchrashuv sanasi va vaqti: 2024-yil 19-dekabr kuni soat 14:30 da.

🏢Manzil:Universitet madaniyat saroyi.

Barcha sportchi talabalarni mazkur uchrashuvda kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Audio
Audio nomi: Hamd
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 4 mb
👤 Muallif: Guljamol Asqarova

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati

🏆O‘zDJTSU Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi!

2024-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirokida qiziqarli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3809-o-zdjtsu-yuksalish-maktablari-va-yuksalish-liderlar-akademiyasi-bilan-hamkorlik-o-rnatdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook