UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.94K subscribers
19K photos
1.51K videos
260 files
8.61K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#seminar

📣DIQQAT, DIQQAT, E’LON‼️

👩‍💼🧑‍🎓Hurmatli universitetimiz yosh olimlari, magistrantlar va talabalar!

📊Sizlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tashkil etilayotgan "Jismoniy tarbiya va sport ilmi: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi ilmiy seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Seminarda ishtirok etish shartlari bo'yicha quyidagi [email protected] elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin. Seminar ingliz tilida o‘tkaziladi.

📆Kuni va vaqti: 2024-yil 21-dekabr soat 09:00 da.
🏢Joyi: Talabalar madaniyat saroyi konferensiya zali.

🙋Ilm istagida bo‘lgan barcha universitetimiz yosh olimlari va talabalarini seminarda kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali uchun ham yakuniga yetib borayotgan yil salmoqli yakunlanmoqda.

Filialda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yangiliklar “O‘zbekiston 24” telekanali ijodkorlari nigohida.

👇Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Audio
Audio nomi: “Hamyon”
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 22 mb
👤 Muallif: Qo‘chqor Norqobil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

Diqqat E’lon‼️

👩‍🎓Qadrli universitetimiz badiiy gimnastika sport turiga qiziquvchi talabalari!

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 2-yo‘nalishida – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

👯Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan universitetning Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo oʻyinlari chempioni, “Shuhrat” medali sohibasi, xalqaro toifadagi sport ustasi Axmedova Jamilya Adizovna ishtirokida mahorat darsi tashkil etilmoqda.

📆Sana va vaqti: 2024-yil 18-dekabr soat 11:00 da.

🏢Joyi: “A” bino, gimnastika zali.

🙋🏻‍♀️Ushbu mahorat darsiga qiziqish bildirgan barcha talabalarimizni taklif etamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSIADA_2024

Ma’lumki, 2024-yil 18-21 dekabr kunlari Samarqand viloyatida shaxmat va shashka sport turlaridan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Universiada-2024 sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🏆Mazkur musobaqalarda ishtirok etish uchun Universitetimiz shaxmat-shashka bo‘yicha terma jamoa a'zolari Samarqand viloyatiga jo'nab ketdi.

📍Ahamiyatlisi, universitet jamoasi a’zolarining borib kelishlari va musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Sportchi talabalarimizga oldindagi bahslarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🏆
O‘zDJTSU tarix muzeyi yangi medallar shodasi bilan boyimoqda!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tarix muzeyi 2021-yilda tashkil topgan bo‘lib, unda bugungi kunda 400 ga yaqin oliygoh talabalari va murabbiylari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar aks etgan eksponatlar hamda xorijiy davlat vakillarining hadyalari saqlanmoqda.

📍E’tiborlisi, yildan yilga universitetimiz muzeyi sportchi talabalarining medallari va kuboklari bilan boyib bormoqda.

🏊🚣‍♀️Xususan, 2024-yil 16-dekabr kuni oliygohning Suv sporti, eshkak, eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi doktorantlari, Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari Shaxboz Xolmirzayev va Dilnoza Raxmatova tomonidan universitet muzeyiga topshirgan medallar hamda esdalik sovg‘alari eksponatlar qatoridan munosib o‘rin egalladi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#ilmiy_anjuman

👩‍🎓Yosh olimlar va talabalarni ilmiy faoliyatga keng ravishda jalb qilishga xizmat qilayotgan ilmiy anjumanlar davom etmoqda!

📊Bugun, 17-dekabr kuni universitetning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

✔️Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov tomonidan ochib berilgan ushbu anjumanda kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, oliygohning Farg‘ona filiali hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook