#psixologik_trening
👩🎓“Talaba portreti”ni shakllantirishga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi
🏋️♂️Joriy yilning 4-dekabr kuni universitetning Og'ir atletika ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori hamda ma'naviyat ishlar bo‘yicha mas'uli tomonidan talabalarning tempramenti va psixologiyasini o‘rganish maqsadida 🧘♂️“Bingo” nomli psixologik trening o‘tkazildi.
✅Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad – "Talaba portretini"ni shakllantirish hamda jamoada sog'lom ruhiy muhit yaratish va talabalarning temperament turlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, mas'ullar 4 ta asosiy temperament turi – sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatikning ijobiy va salbiy jihatlari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.
📍Trening yakunida esa talabalar o‘zlarining temperament turini aniqlash uchun psixologik testlardan o'tishdi va o‘z natijalarini bilib olishdi. Bir so‘z bilan aytganda ushbu trening talabalarning psixologik rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#universitet_birinchiligi #belbog‘li_kurash #kurash
Diqqat E’lon‼️
🧑🎓Qadrli universitetimiz sportchi talabalari!
🤼Sizlarni joriy yilning 6-dekabr kuni Universitet sport klubi hamda Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan tashkil qilinayotgan KURASH hamda 7-dekabr kuni BELBOG‘LI KURASH sport turlari bo‘yicha Universitet birinchiligi musobaqalariga taklif etamiz.
✅Mazkur musobaqalarda faxrli 🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar "Universiada-2024" musobaqasining hududiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
📍Musobaqada ishtirok etishni istagan talabalar uchun eslatmalar: Ishtirokchilar kurash sporti bo‘yicha o‘z 🗞talabnomalarini 2024-yil 5-dekabr kuni soat 15:00 ga qadar, belbog‘li kurash bo‘yicha esa 6-dekabr kuni soat 15:00 gacha topshirishlari lozim.
☎️Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +99899 555-17-75, +99899 548-14-94.

#universitet_hayotidan
🧑🎓👩🎓Talabalar bilan individual tarzda suhbatlar olib borilmoqda…
🏓🏸💻2024-yil 4-dekabr kuni universitetning Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari mudirlari, xotin-qizlar bo‘yicha mas’ullari va tyutorlar tomonidan oliygoh talabalar turar joyida turuvchi talaba yigit-qizlar bilan individual tarzda suhbatlar olib borildi.
📍Mazkur suhbat jarayonlarida talabalarning ota-onalari ham ishtirok etib, unda talabalarning o‘zlashtirishi, davomat hamda shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, universitet ichki-tartib qoidalarga rioya etishlari bo‘yicha yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni birgalikda bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🥋Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi faoliyatiga nazar…
🏛 2024-yil 4-dekabr kuni universitetning Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida Chirchiq shahar markaziy muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida talaba-yoshlarimizga Chirchiq shahrining boy tarixi, madaniy va maʼnaviy yodgorliklari muzey xodimlari tomonidan yoritib berildi.
🚒 Shuningdek, kafedra mas’ullari va talabalar yurtimizda davom etayotgan 🔥“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Chirchiq shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimida bo‘lib, u yerda soha mutaxassislari tomonidan favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi omillar hamda qish mavsumi oldidan yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha zaruriy maʼlumotlar berildi.

Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM