UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.98K subscribers
18.7K photos
1.5K videos
257 files
8.51K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#zakovat

🏃‍♂️Sportchi talabalar “Zakovat”da bellashdilar!

🤛Joriy yilning 22-noyabr kuni universitet Madaniyat saroyida Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorligida oliygoh talabalari o‘rtasida 📖“Zakovat” intellektual o'yini tashkil qilindi.

✔️O‘yin davomida bir qator ixtisoslik kafedra talabalari jamoalarga bo‘lingan holda, o‘zlarining mantiqiy va intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

👇Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇1-o‘rin “Ittifoq” jamoasiga;
🥈2-o‘rin “Ziyolilar” jamoasiga
🥉3-o‘rin “Everest” jamoasiga nasib etdi.


🏆🎁G‘olib va sovrindor jamoalar kafedra tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#boks #Rektor_sovrini #xalqaro_turnir

🏆Universitetda boks bo‘yicha o‘smir yoshlar o‘rtasida "Rektor sovrini" uchun xalqaro musobaqa davom etmoqda

🥊Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida “Rektor sovrini” uchun Xalqaro turnirning yarim final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimizning 200 nafarga yaqin iste’dodli o‘smir bokschilari, shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan ham tashrif buyurgan shu yoshdagi sportchilar o‘rtasida kechayotgan bahslar malakali hakamlar tomonidan boshqarib borilmoqda.

📍Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro turnir 2024-yil 24-noyabr sanasiga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#ota_onalar_forumi

🏆O‘zDJTSUda navbatdagi “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi


♻️Bugun, 23-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Ota-onalar forumi” oliygoh birinchi prorektori Sherzod Mirzanovning kirish so‘zi bilan boshlandi.

✔️Prorektor o‘z nutqida har bir soha, jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasida ham malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi, bunda esa “Universitet hamda oila” o‘rtasida uzilmas ko‘prik hosil qilishni, tashkil etilayotgan mazkur forumning asosiy maqsadi ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish asnosida, farzandlari tarbiyasi va o‘qishlarini yakdillik bilan nazorat qilishdan iborat ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook