UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.89K subscribers
23.2K photos
1.67K videos
270 files
9.77K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Talabalar ligasi: Sport va do'stlikning yangi sahifasi

📍O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali sport majmuasida talaba yigitlar o‘rtasida voleybol musobaqalari boshlandi. Ushbu tadbir, sportga qiziqishni kuchaytirish va raqobat ruhini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Musobaqalar faqatgina sport yutuqlarini belgilab bermasdan, balki talabalarning bir-biriga yordam berish va do‘stlikni mustahkamlash uchun ham muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Musobaqalarning asosiy maqsadi, talabalarning jismoniy rivojlanishini rag'batlantirishdan iborat. Sport, nafaqat jismoniy salomatlik, balki aqliy va ijtimoiy rivojlanishga ham katta hissa qo'shadi. Voleybol musobaqalari davomida talabalarning jamoaviy ruhda ishlash, bir-birlariga yordam berish va o'zaro raqobat qilish qobiliyatlari namoyon bo'ladi.

👍Bu tadbir, o'z navbatida, sportga qiziqayotgan yoshlarni bir joyga to'playdi, ularga yangi do'stlar orttirish va bir-biridan o'rganish imkoniyatini taqdim etadi. Musobaqalar davomida paydo bo'ladigan hayajon va taassurotlar, kelajakda sport yutuqlarini belgilab beruvchi muhim jarayon sifatida xizmat qiladi.
Shu sababli, ushbu voleybol musobaqalari talabalarning nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham yangi turtki beradi. Talabalar ligasining davom etishi, sportni hayotlarining ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qiladi. Keling, birgalikda sport orqali kuchli va do'stona jamiyatni yarataylik!

🗄Filial matbuot xizmati

Facebook|📹YouTube|🌐WebSite   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
Ахборот хати..pdf
632.8 KB
#ilmiy_anjuman

📣DIQQAT E’LON‼️

🎓Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yosh olimlar, professor – o‘qituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant hamda talabalar diqqatiga!

🏢 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda ularning ilmiy-amaliy yutuqlarni targ‘ib qilishga ko‘mak beruvchi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

📆Anjuman 2024-yil 11-12-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

🏛Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Ko‘kcha darvoza” ko‘chasi, 27-uy.

👆Anjumanga oid batafsil ma’lumotlar va unda ishtirok etish talablari bilan yuqoridagi axborot xati orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#universitet_hayotidan
#seminar_trening

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Malayziya davlatining Pendidikan Sulton Idris universitetidan tashrif buyurgan til o‘rgatish bo‘yicha instruktori doktor Muhammad Hilmi Che Ahmad tashrifi davom etib, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening mashg‘ulotlarini o‘tishda davom etmoqda.

📆Jumladan, joriy yilning 18-25 sentabr kunlari bir qator seminar-treninglar olib borildi.

👉Quyida ular bilan batafsil tanishishingiz mumkin: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3384-muhammad-hilmi-che-ahmad-ishtirokida-seminar-trening-mashg-ulotlari-davom-etmoqda

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#zakovat

🇺🇿Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Sportchilar oilasida mazkur shior ostida talabalarning bo‘sh vaqtini qiziqarli o‘tkazish va ularning intellektual bilimlarini namoyon qilishga imkon beruvchi turli tadbirlar tashkillashtirish davom etmoqda.

🏈🏒Ana shunday tadbirlardan biri, 25-sentabr kuni Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari va tyutorlar tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida talabalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

👨‍👨‍👧‍👧Ushbu bilimdonlar bellashuvida kafedra talabalari “Liderlar”,”Everest” va “Gandbolchilar” singari jamoalariga bo‘lingan holda, qizg‘in bahs olib borishdi.

👇Yakuniy natijalar esa quyidagicha:

🥇1-o‘rin – “Gandbolchlar” jamoasi;
🥈2-o‘rin – “Liderlar” jamoasi;
🥉3-o‘rinni – "Everest” jamoasi qo‘lga kiritdi.


🏆G‘oliblarga kafedra tomonidan diplom hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook