UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.89K subscribers
23.2K photos
1.67K videos
270 files
9.77K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#velosport_shosse
#O‘zbekiston_kubogi

🚴2024-yil 17-sentabr kuni Xorazm viloyatida Velosport-shosse boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar (oʻgʻil va qiz bolalar) oʻrtasida Oʻzbekiston kubogiga start berildi.

Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 150 nafardan ziyod velosportchilar ishtirok etishmoqda.

📍Ahamiyatlisi, mazkur O‘zbekiston kubogida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti Obidjon Xolmurotov ham bosh hakam sifatida qatnashib, musobaqa jarayonlarini samarali tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.

📌Ma'lumot uchun, musobaqa joriy yilning 21-sentabr kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#stol_tennisi #Besh_tashabbus_olimpiadasi

📢DIQQAT E’LON!

🏆Universitetimiz sportchi talabalari diqqatiga!

🏓Sizlarga joriy yilning 28-sentabr kuni universitetning Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan o'tkaziladigan stol tennisi bo'yicha talabalar o‘rtasidagi "Besh Tashabbus olimpiadasi" kafedralararo musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

👨🎓Musobaqada oliygohimizning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin. G‘olib va sovrindorlar Universitet sport klubi hamda kafedra tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

📝Ishtirokchilar o‘z arizalarini 27-sentabr kuni soat 17:00 ga qadar Tennis, badminton, stol tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga topshirishlari lozim.

🏢Musobaqa o‘tkaziladigan joy: Universitet sport majmuasi (manej).
📆Sana va vaqti: 28-sentabr kuni soat 14:00 da.

☎️Murojaat uchun telefon.: +998943325196, @iqbol_nematullayev

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📺O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida eng yaxshi natijalarni qayd etgan yurtimiz sportchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv Sport telekanali ijodkorlari nigohida.

👆Batafsil yuqoridagi videolavhamizda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📺O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida eng yaxshi natijalarni qayd etgan yurtimiz sportchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuv "Nurafshon tv" telekanali ijodkorlari nigohida.

👆Batafsil yuqoridagi videolavhamizda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
❗️❗️ ❗️E'LON❗️❗️❗️

👨‍🎓"ZAKOVAT" intellektual o'yini ishqibozlari diqqatiga!

🏛Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan haftaning har juma kuni “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazish belgilangan.

👬Unda talabalar, magistrant va yosh o'qituvchilar ham o'z jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦Jamoa 6 nafar (1 nafar zahira) ishtirokchidan iborat bo'lishi kerak. Tarkibi esa aynan bir yo'nalishga yoki kafedraga tegishli bo'lishi shart emas.

👍Bundan tashqari o‘yinda eng yaxshi ishtirokchilardan iborat Universitet terma jamoasi shakllantirilib, Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

👇“Zakovat” o‘yinida ishtirok etishni istagan jamoa sardorlari quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +998333392801, +998913392801, @Ulmasbek_SultonovichSafarov.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

Xorijlik mutaxassis ishtirokidagi mahorat darslari taʼlim sifati oshishiga xizmat qilmoqda!

Bugun, 18-sentabr kuni universitetning Sport psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda xorijlik mutaxassis Muhammad Hilmi Che Ahmad ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mahorat darsida bugungi kun pedagogi qanday sifatlarga ega boʻlishi kerakligi va chet tillarni oʻrgatishda zamonaviy texnologiylarning oʻrni borasida oʻzaro fikr va tajribalar almashildi, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Eng asosiysi, mazkur mahorat darsi talabalarga bilim berish hamda taʼlim sifati samaradorligi oshishiga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#seminar

Universitet professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari sohaga oid normativ-huquqiy qonun hujjatlaridan xabardor qilindi

2024-yil 18-sentabr kuni universitetning Ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi masʼullari tomonidan professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi Farmoni loyihasida belgilangan ustuvor vazifalar boʻyicha seminar tashkil etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Shaxmat olimpiadasi: Ukraina va Gretsiya mag‘lub etildi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 7-tur bahsida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ukrainalik shaxmatchilar bilan kuch sinashib, raqib terma jamoasi vakillarini 3:1 hisobida dog‘da qoldirishdi.

Ukraina terma jamoasi ustidan erishilgan g‘alaba O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi  12 ochko bilan umum jamoada 2-o‘ringa ko‘tarilib olishini ta’minladi.

Shaxmatchi qizlarimiz 7-turda Gretsiya terma jamoasi bilan bellashdi. Yakunda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gretsiyalik shaxmatchi qizlarni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi va ochkolari sonini 11 taga yetkazib oldi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook