#uchrashuv
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida butun dunyoning diqqat markazida bo‘lgan Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida eng yaxshi natijalarni qayd etgan yurtimiz sportchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan fotolavhalar.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz.
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

🏆Shaxmatchilarimiz shiddatli bahslarda yetakchilikni saqlab qolmoqda!
♟Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 3-turi ham mamlakatimiz terma jamoasining zafarli yurishi bilan davom etmoqda.
🇺🇿Jumladan, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xorvatiya vakillari bilan kuch sinashdi va O‘zbekiston-Xorvatiya bahsi 3,5:0,5 hisobida yakunlandi. Qizlar terma jamoamiz esa vengriyalik raqiblarini 2,5:1,5 hisoblarida taslim etdi.
📆Bugun, 14-sentyabr kuni erkaklar terma jamoamiz qora donalarda Vetnam, qizlar terma jamoasi oq donalarda Bolgariya vakillari bilan to‘qnashadi.
📍Ma’lumot o‘rnida, ortda qolgan 3-tur sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar va ayollar jamoalari 6 ochko bilan shaxmat olimpiadasidagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

#stol_tennis
⚡️ Stol tennisi: Kubok Farg‘ona va Toshkent viloyati vakillariga nasib etdi
♟ Andijon viloyatida stol tennisi bo‘yicha 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida Farg‘ona va Toshkent viloyatlari jamoalari g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarildi.
✅ Mamlakatimizning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etgan kubok bahslarining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida Farg‘ona viloyati vakillari birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand viloyati ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Toshkent va Buxoro viloyatlari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
🔷 Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Toshkent viloyati oltin, Toshkent shahri stol tennischilari kumush medallarni, Namangan va Andijon viloyati esa bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Forwarded from Sport vazirligi
Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mamlakatimizda start olgan jahon chempionatida dastlabki oʻyinini oʻtkazdi. Niderlandiyaga qarshi gollarga boy kechgan uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi va yigitlarimiz qimmatli 1 ochkoga ega boʻlishdi. Kelgusi bahslarda jamoamizga omad tilab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_HIKMATI
📖 Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir.
© Abdurauf Fitrat
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

#shaxmat_olimpiadasi
♟👩Shaxmatchi qizlarimiz olimpiadada shov-shuv yaratdi!
✅Budapeshtda davom etayotgan ♟45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ortda qolgan toʻrtta tur oʻyinlari natijasiga koʻra, erkaklar oʻrtasidagi 8 ta jamoa magʻlubiyatsiz, 4 ta jamoa bitta durang va 33 ta milliy terma jamoa 1 ta magʻlubiyat bilan oʻyinlarni davom ettirmoqda.
😔👱♂️Afsuski, kutilmaganda shaxmat olimpiadasi chempionligiga asosiy daʼvogar sanalgan Nodirbek Abdusattorov yetakchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi yigitlar terma jamoasi 4-turda Vetnam jamoasiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
👧☄️Ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda esa vatanimiz sharafini himoya qilayotgan qizlarimiz Bolgariya vakillarini yengishi olimpiadaning oʻziga xos sensatsiyasi sifatida talqin etildi.
💥Ayniqsa, 15 yoshli Afruza Hamdamovaning bolgariyalik sobiq jahon chempioni Antoaneta Stefanovani magʻlub etishi gʻoliblikni taʼminladi.

♟Shaxmat olimpiadasida hayot-mamot janglari boʻlib oʻtmoqda…
✔️Ayni vaqtda 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 5-turida yigitlarimiz oq donalarda Moldova terma jamoasi bilan kuch sinashmoqda.
✔️Shaxmatchi qizlarimiz boʻlsa, olimpiadaning eng kuchli ayollar jamoasi sifatida eʼtirof etilgan Gruziyaga qarshi dona surishmoqda.
✅Qayd etish kerakki, 2022-yil Hindistonda oʻtgan olimpiya oʻyinlarining vitse-chempionligiga erishgan Gruziya terma jamoasi tarkibida sakkizta shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi va 2015-yilgi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi Djavaxishvili, toʻrtta olimpiada qatnashchisi, 2017-yilgi jahon chempioni Nana Dzagnidze, Nino Batsiashvili kabi nomdorlarning borligi hamyurtlarimiz uchun ushbu “duel” hayot-mamot jangi boʻlishidan dalolat bermoqda.
👇Natijalar sizga ham qiziqmi? Unda bizni kuzatishda davom eting!

#HAFTA_DAYJESTI
Haftaning eng muhim yangiliklari bir satrda:
⏩ “BIZ BIR BO‘LSAK-YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK VATANMIZ” shior ostida yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi
⏩ Paralimpiya o‘yinlari chempion va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi
⏩ Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib koʻrdi
⏩“Birinchi kurs maktabi” doirasida tanishuv darslari bo‘lib o‘tdi
⏩O'ZDJTSU: “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi
⏩Universitet talabalari V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari chempioniga aylanishdi!
⏩Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
⏩Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv oʻtkazdi
⏩O‘zDJTSUda Paralimpiya o‘yinlari qahramonlari bilan uchrashuv tashkil etildi
⏩Futzal boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilmoqda
⏩Shaxmatchi qizlarimiz olimpiadada shov-shuv yaratdi
https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy

#XUSHXABAR
♟Shaxmatchilarimiz 5-turda Moldovani magʻlub etdi!
✅Budapeshtda davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasidan qaynoq xabarlarni ulashishda davom etamiz.
🇺🇿Biroz avval, 5-turda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Moldova terma jamoasi bilan kuch sinashishi haqida xabar bergan edik.
🏆Shiddatli va hamyurtlarimizning hujumkorligi ostida oʻtgan uchrashuv yakunida Moldova vakillari 0,5:3,5 hisobida taslim etildi.
✔️Shaxmatchilarimizdan Nodirbek Yoqubboyev qora donalarda harakatlangan holda durangga erishgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Javohir Sindorovlar raqiblarini magʻlub etdi.
👏Yengilmas “aql jangchilari”mizga ofarin!

♟Shaxmat olimpiadasida yigitlarimiz Moldova ustidan 3,5-0,5 hisobida ishonchli gʻalaba qozongan boʻlsa, afsuski qizlarimiz turnirdagi ilk magʻlubiyatni qabul qildi.
✅Kuchli raqib boʻlgan Gruziya terma jamoasi bilan kechgan bahslarda qizlarimizga biroz omad yetishmadi. Ammo shunday boʻlsa-da, shaxmat malikalari kuchli raqib bilan deyarli teng oʻynashdi. Hattoki, Umida Omonova gʻalabaga ham juda yaqin edi. Biroq hal qiluvchi pallada bittagina xato yurish tufayli raqib bir amallab magʻlubiyatdan qutilib qoldi. Yakunda umumiy hisob 2,5-1,5 boʻldi.
👍Keyingi turlarda jamoalarimizga omad tilaymiz!

Bir gʻarib koʻnglini qila olsang shod,
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod,
Lutfing-la bir dilni qul qila olsang,
Afzaldir yuz qulni qilgandan ozod.
© Umar Hayyom
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Bir gʻarib koʻnglini qila olsang shod,
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod,
Lutfing-la bir dilni qul qila olsang,
Afzaldir yuz qulni qilgandan ozod.
© Umar Hayyom
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi!
Bugun, 16-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida dars jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Talabalarda vatanparvarlikni yanada oshirish maqsadida umumiy yigʻinda talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda ishchi hodimlar, davlat suverenitetining ramzi boʻlgan madhiyamizni baralla ovozda, zo‘r yuksak ehtirom bilan ijro etdilar.
Vatanimiz madhiyasi yuraklardan-yuraklarga ko‘chib manguga yangrayversin!

♟45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining bugungi turdagi bahslari bilan tanishing.
📆Bugun, 16-sentyabr kuni Budapeshtda tobora qizg‘in tus olayotgan shaxamat olimpiadasida delegatsiyamizning yigitlar jamoasi 6-turda Isroilga, qizlarimiz Niderlandiyaga qarshi dona suradi.
✅Ortda qolgan 5-tur o‘yinlaridan keyin erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 3 ta jamoa –Hindiston, Xitoy va Vetnam 10 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 2 ta jamoa – Eron va Norvegiya 9 ochkoga ega. 25 ta milliy terma jamoa shaxmat olimpiadasida 8 ochko jamg‘argan holda yetakchilarni taqib qilmoqda.
📍Ayollar jamoalari o‘rtasida esa Hindiston, Armaniston, Mo‘g‘iliston vakillari 10 ochkoli, 2 ta davlat vakillari 9 va 21 ta jamoa qatorida O‘zbekiston 8 ochkoga egalik holatida musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

#qo‘l_jangi #Osiyo_chempionati
🤛Qo‘l jangi: O‘zbekiston jamoasi chempion!
📆Joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari umum jamoada 1-o‘rinni egalladi.
✅Musobaqada 16 davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etib, shiddatli bahslarda 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoamiz a’zolari 9 ta oltin 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa 17 ta medallar shodasiga musharraf bo‘lgan yurtimiz qo‘l jangi ustalari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Qozog‘istonlik sportchilar 2-o‘rinni, musobaqa mezboni Qirg‘iz Respublikasi vakillari esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
👏💐Sportchilarimizga g‘alaba muborak bo‘lsin!