UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.98K subscribers
18.8K photos
1.5K videos
258 files
8.53K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN

Konsultatsiya mashg‘ulotlari davom etmoqda…

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida barcha kafedra bitiruvchi talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasida belgilangan tartib-qoidalarni tushuntirishga qaratilgan sinov oldi konsultatsiya mashg‘ulotlari davom etmoqda.

👆Yuqorida jarayonga oid fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PhD_himoyasi

Mirzanov Shodiyor Sirliboyevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida


Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01 raqamli Ilmiy kengashda 2024-yil 14-iyun kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mustaqil tadqiqotchi Mirzanov Shodiyor Sirliboyevichning “Maxsus elektron uskunasidan foydalangan holda belbog‘li kurashchilarning tezkor-kuch sifatini rivojlantirish va baholash metodikasi” mavzusidagi 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish ushun tayyorlagan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 111709, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19- uy Madaniyat saroyi, 2-qavat, Konferensiya zali.

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yil_talabasi #hisobot_konserti

🏆Sportchilar oilasida yilning eng yaxshi talabalari aniqlandi!

💐Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023-2024 oʻquv yilidagi eng faol talabalarini aniqlab beruvchi “Yil talabasi – 2024” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Universitet talabalarining o‘qish jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarni xolisona baholash, yangi iqtidor egalarini aniqlash hamda talaba-yoshlarni munosib rag‘batlantirib borish maqsadida ilk bor tashkil etilgan tadbir, oliygoh Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanovning kirish so‘zi bilan boshlandi.

🎊Shundan so‘ng “Yil talabasi-2024” nominatsiyasi va Universitet “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, g‘oliblarga maxsus statuetka, diplom va pul mukofotlari topshirildi.

🎼Tadbirning badiiy qismidan o‘rin olgan taniqli xonandalar ijrosidagi diltortar qo‘shiqlar esa barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#ochiq_birinchilik

🎾Joriy yilning 7-8 iyun kunlari universitetda tennis boʻyicha oliygoh talabalari oʻrtasida “Universitet ochiq birinchiligi” musobaqasi o‘tkazildi.

Kecha, 10-iyun sanasida ushbu musobaqa g‘oliblari aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimida universitet birinchi prorektori Sh.Mirzanov, kafedra mas’ullari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

🏆G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing👇

Ayollar:
🥇1-o'rin – Mohira Alimova, Zulfina Xo'jamberdiyeva;
🥈2-o'rin – Nozigul Salimova, Shaxnoza Rashidova;
🥉3-o'rin – Gulshoda Hasanova, Ruhshona Hudoyqulova.

O‘g‘il bolalar:
🥇1-o'rin – Fayzullo Mirzag'aniyev, Shoxruh Toshpulatov;
🥈2-o'rin – Bahtiyor Mamasidiqov, Barkamol Vohidov;
🥉3-o'rin – Samandar Qodirov, Sobit Ma'rufjonov.

Mix (aralash) bahslarida:
🥇1-o'rin – Sobit Ma'rufjonov, Komila Muhtoraliyeva;
🥈2-o'rin – Barkamol Vohidov, Mohira Alimova;
🥉3-o'rin. Zulfiqor Eshonqulov, Zulfina Xo'jamberdiyeva.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy