UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.94K subscribers
19.1K photos
1.52K videos
260 files
8.62K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#ilmiy_anjuman

📖Ilm va innovatsiya kelajak poydevori

📊Bugun, 16-may kuni universitetda 2024-yil – Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yiliga bagʻishlab “Ilm va innovatsiya kelajak poydevori” mavzusidagi talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Bahrom Musayevning kirish soʻzi bilan boshlangan anjumanda kafedra bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan bir guruh iqtidorli talaba hamda magistrantlar o‘zlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb mavzularga qaratilgan taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

👉Anjuman tafsilotlari va g'oliblar bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#KUN_HIKMATI

Katta maqsadingni o‘ldirmoqchi bo‘lsang, uni tor fikrlaydigan odamlarga ayt.

© Stiv Jobs


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN
#xalqaro_turnir

🥊Sportchilar oilasida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab qizg‘in davom etayotgan boks bo‘yicha 2005-yil va undan katta yoshdagi erkaklar o‘rtasidagi XALQARO OCHIQ TURNIRning 16-may sanasidagi bahslardan fotolavhalar.

👇Turnir jarayonlarini kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#filial_yangiliklari

🏆O‘zDJTSU Nukus filialida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi

🗓2024-yil 16-may kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida "Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashda sport psixologiyasi va pedagogikasi hamda innovatsion ta'lim texnologiyalarining ahamiyati" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

🔷Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim muassassalari bilan bir qatorda Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Mongoliya davlatlaridan olimlar, sport mutaxassislari, murabbiylar va yosh tadqiqotchilar qatnashdi.

Batafsil...

✍️Filial Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook