UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.01K subscribers
18.5K photos
1.49K videos
257 files
8.44K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Bugun, 2-may kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib, u yerda sportchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda universitet rektori yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish xususan, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bolalar sport maktablarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani va yosh sportchilarimizning dunyo miqyosidagi nufuzli sport oʻyinlarida yuqori oʻrinlarni egallab kelayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

Do'stona ruhda boʻlib oʻtgan muloqot yakunida rektor masʼullarga 2025-yilda yurtimizda oʻtkaziladigan Yoshlar oʻrtasida Osiyo va Para Osiyo oʻyinlariga hozirdan puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha zaruriy tavsiyalar berib, markaz bitiruvchi yoshlariga Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oʻqishni davom ettirish taklifini bildirdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#maʼrifiy_tadbir

✖️Yoshlar – yot gʻoyalarga qarshi!

🔶2024-yil 2-may sanasida universitet yoshlari orasida “Separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan yoshlar va xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish” loyihasi doirasida oliy taʼlim muassasalari talabalari, umumtaʼlim maktablari va mahallalarda oʻtkaziladigan “Yoshlar – yot gʻoyalarga qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

✔️Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari, kafedra mudirlari, maʼnaviyat masʼullari, tyutorlar, yoshlar yetakchisi hamda talabalar ishtiroki etishdi.

🗣Tadbir davomida mutaxassislar Oʻzbekiston va dunyoda roʻy berayotgan bugungi ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi oʻzgarishlar, yurtimizda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida fikr bildirib, talaba-yoshlar berilayotgan bu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari kerakligini taʼkidlab oʻtdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

🎾Iroda Toʻlaganovadan mahorat darsi!

🔥Bugun, 2-may kuni Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi, Oʻzbekiston iftixori, oʻzbek professional tennischisi Iroda Toʻlaganova ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Kafedra masʼullari va professor-oʻqituvchilari qatnashgan mahorat darsida taniqli sportchi tomonidan bugungi oʻzbek sporti, xususan tennis sport turida boʻlayotgan oʻzgarishlar, erishilayotgan yutuqlar va tennis boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalar tahlili haqida fikrlar bildirib, chempionlik sirlari toʻgʻrisida oʻz tajribalarini ulashdi. Shuningdek, Oʻzbekiston tennis federatsiyasidagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar berib, ularga bitiruvchi talabalarni taklif etdi.

📍Mahorat darsi soʻngida talabalar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javob olishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#KUN_HIKMATI

Ikki kishi tortishib qolib, keyin bir-birlarini ayblarini oshkor etishlari munofiqlik alomatidir.

© Imom Shofeiy


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from OlympicUz
💥 #MatchDay Oʻyin kuni!

O’z tarixida ilk bor Olimpiya o’yinlari yo’llanmalarini qo’lga kiritgan futbol bo’yicha O’zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Butun xalqimiz yigitlarimiz bosh sovrinni qo’lga kiritib qaytishi uchun duo qilmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladigan chempionlik bahsda yigitlarimizga omad tilaymiz!

🏆 Futbol bo’yicha U23 Osiyo kubogi, final

🇯🇵 Yaponiya 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿
🗓 3-may | 20:30
🏟 “Jassim bin Hamad Stadium” stadioni

💥 #MatchDay ДЕНЬ ИГРЫ!

Сегодня на спортивной арене Катара определится обладатель главного трофея Кубка Азии U23 по футболу. Вечером олимпийская сборная Узбекистана проведёт важный финальный матч в рамках данного ответственного турнира. Дошедшая до этой стадии отечественная команда уже обеспечила себе путёвку на Париж-2024. Бесспорно, болельщики узбекского футбола с нетерпением ждут от наших ребят исключительно чемпионства. Желаем удачи и успешной игры подопечным Тимура Кападзе в противостоянии с Японией, которое стартует в 20:30 по ташкентскому времени!

🏆 U23 Кубок Азии по футболу, финал

🇯🇵 Япония 🆚 Узбекистан 🇺🇿
🗓 3-мая | в 20:30
🏟 Стадион "Jassim bin Hamad Stadium"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#voleybol #Milliy_liga

🏆Voleybol: Universitet sport klubi jamoasi Milliy liga musobaqasida yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda…

🏐 Farg‘ona shahrining “Samo” sport majmuasida davom etayotgan voleybol bo‘yicha kattalar (ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Milliy liga musobaqasi qizg‘in bahslarga boy bo‘lmoqda.

📌Quvonarlisi, Akmal Boltayev hamda Nozimjon G‘ulomovlar murabbiyligi ostida Universitet sport klubining voleybol bo'yicha  jamoasi Toshkent viloyati sharafini  munosib himoya qilib, birinchilikni o‘zlarida saqlab qolmoqdalar. Xususan, kecha 2-may kuni jamoamiz 3:0 hisobida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.

👏Sportchi qizlarimizni g‘alaba bilan tabriklab, ularga oldindagi bahslarda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook