🏆Futzal bo‘yicha O‘zDJTSU talabalari “Talabalar ligasi” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi g‘olibi!
⚽️2024-yilning 2-aprel kuni Olmaliq shahrida joylashgan “OKMK” AJga qarashli sport majmuasida sportning futzal turi bo‘yicha Toshkent viloyati hududidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” musobaqasining viloyat bosqichi final uchrashuvi o‘tkazildi.
🏢Unda viloyatning ikki nufuzli oliy ta’lim muassasalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetining futzal bo‘yicha terma jamoalari g‘oliblik uchun musobaqalashdi.
🥇Keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan final uchrashuvida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 6:3 hisobida g‘alaba qozondi hamda musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
💐👏Sportchi talabalarimni g‘alaba bilan tabriklagan holda keyingi o‘yinlarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_tadqiqot
🥊Boks bo‘yicha olimpiada va jahon chempionlari ishtirokida ilmiy tadqiqot olib borildi
Kecha, 2-aprel kuni universitetning Boks, kikboks, muay tay nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda O'zbekiston boks federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Angren shahridagi "Yangiobod" o'quv bazasida bo‘lib o‘tayotgan o'quv yig'in mashg'ulotlarida sportchilarimizning harakat tayyorgarliklari samaradorligini aniqlash maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot ishida boks bo‘yicha milliy terma jamoa murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligidagi sportchilarimiz: Abdumalik Xalakov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jayev, G'ofurjon Toxirov, A'loxon Abdullayev, Elyor Jo'raboyevlar ishtirokida ilmiy nazorat me’yorlari o'tkazildi.
O'zaro hamkorlikda tashkil qilingan mazkur ilmiy-tadqiqot ishlari milliy terma jamoamiz hamda universitet talabalari orasida o‘zaro malakaviy almashinuvni yo'lga qo'yishda katta ahamiyat kasb etdi.
https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy

#o‘quv_seminar
“EdSmart - Interaktiv videostudiya" imkoniyatlari bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning tegishli bo‘lim rahbarlari, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti vakillari ishtirokida Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida innovatsion videostudiyalarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “LED doska-AR texnologiyaga asoslangan videodarslik, onlayn va masofaviy ta’lim uchun mo‘ljallangan innovatsion videostudiya” loyihasi yuzasidan tashkil etildi.
⏩Batafsil

#yashil_makon
🏆Universitet jamoasi tomonidan yurtimizni yashil makonga aylantirishdek ezgu tashabbus davom ettirilmoqda!
📆 Bugun, 3-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi tomonidan “Toshkent suv taʼminoti”: Chirchiq shahar suv ta'minoti bo‘limiga qarashli yer maydoniga 2600 tup bodom ko‘chatlarini ekishni boshlab yuborishdi.
🌳 Universitet tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ushbu mavsumda 5000 tupdan ziyod turli daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 3200 tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

#mutolaa_uchun
Tilimiz targʻibotidagi muhim qadamlar
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining www.uza.uz saytida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Oʻzbek va chet tillari kafedrasi mudiri Nodir Gʻafforovning “Tilimiz targʻibotidagi muhim qadamlar” nomli maqolasi eʼlon qilindi.
Mutolaa qilish uchun:
👇👇👇
https://uza.uz/posts/585605

Uza.uz
Тилимиз тарғиботидаги муҳим қадамлар
Халқимизнинг эркин ва фаровон, қудратли Янги Ўзбекистонни барпо этиш бўйича хоҳиш-иродасини рўёбга чиқариш, ҳар бир фуқа
#ilmiy_seminar
Universitetga jalb etilgan xorijlik professor ishtirokida ilmiy seminar oʻtkazildi
Bugun, 3-aprel sanasida oliygohga jalb etilgan Germaniyaning Kyoln sport universiteti professori Georgiy Valeriyevich Korobeynikov ishtirokida Scopus Xalqaro ilmiy bazasiga kiruvchi nufuzli jurnallarda maqola chop etish boʻyicha ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda bir qator boʻlim rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Seminar davomida professor tomonidan Scopus bazasidagi jurnallarda maqola eʼlon qilish jarayonida qoʻyiladigan talabalar va ularga mos maqola yozish tartibi, shuningdek, tayyor maqolalarni nashrga yuborish hamda chop etish toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarini oʻzida jamlagan taqdimot qilindi.
Oʻz navbatida taqdimot yuzasidan muhokamalar oʻtkazilib, seminar qatnashchilari tomonidan yoʻllangan savollarga professor batafsil javob berdi.