UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.99K subscribers
18.5K photos
1.49K videos
257 files
8.47K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#tanlov #alla

“Onam aytgan allalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan talaba-qizlar oʻrtasida tashkil etilgan “Onam aytgan allalar” musiqiy tanlovining Universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#filial_yangiliklari

OʻzDJTSU Fargʻona filiali yangiliklari…

Bugun, 1-mart kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialida xotin-qizlar masʼullari tomonidan Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligiga bagʻishlab talaba-qizlar oʻrtasida “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli bellashuv oʻtkazildi.

Unda sirtqi taʼlimning “Oʻzbegim qizlari” hamda kunduzgi taʼlimdan "Filial gullari" jamoalari qatnashib, turli qiziqarli shartlarni bajarishdi.

Jamoalar ijrosidagi “Kelinlar qoʻzg‘oloni” spektaklidan parcha va filialda tashkil etilgan “Kelajak yulduzlari” toʻgaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan badiiy gimnastikachi qizaloqlarning koʻrgazmali chiqishlari barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Bellashuv soʻngida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

✍️Filial matbuot xizmati

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#mutolaa_uchun

Mangu bahor elchisi

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining www.uza.uz saytida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Oʻzbek va chet tillari kafedrasi uslubchisi Ozoda Akbarovaning “Mangu bahor elchisi” nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Mutolaa qilish uchun:
👇👇👇
https://uza.uz/uz/posts/mangu-bahor-elchisi_574109

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

Iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumanlari davom etmoqda…

Kecha, 1-mart kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdagi iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Anjuman “Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida o‘tkazilib, unda kafedraning 15 ga yaqin talabalari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Yakunda anjumanda faol ishtirok etgan talabalarning barchasi sertifikatlar bilan taqdirlandi va eng yaxshi taqdimot egalari Universitet bosqichiga tavsiya etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook