UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.89K subscribers
23.2K photos
1.67K videos
270 files
9.77K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#universitet_hayotidan

Universitetda tashkil etilyotgan tadbirlar qisqa satrlarda…

🤼‍♂️Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ishtirokida “Jismoniy tayyorgarlik” mazusida ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi va mashg‘ulot jarayonlari kafedra professorlari T.Usmanxodjayev hamda Sh.Mirzanovlar tomonidan tahlil qilib borildi;

🥋🤺Tyutorlar N.Taraxo'djayeva, M.Alimbayeva hamda Taekvando, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchilari hamkorligida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini tashkil qilindi;

⚽️Shuningdek, sportchi talabalarni ijod olami bilan yaqindan tanishtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini yanada samarali o‘tkazish maqsadida tyutorlar N. Aliqulova hamda M.Meliqulovlar hamrohligida futbol yo‘nalishi talabalari “Adiblar xiyoboni” va Toshkent shahar muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_chempionat

🏆Kecha, 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh Sport klubi tomonidan tashkil etilgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida ommaviy sport turlari bo‘yicha Universitet ochiq chempionati musobaqasining ochilish marosimidan videolavha.

👇Bizni kuzatishda davom eting.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#filial_yangiliklari

O‘zDJTSU Farg‘ona filiali yangiliklari…

🔸2024-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Soxib Risboyev oliygohning Farg‘ona filial jamoasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Filial direktori Nizomjon To‘xtaboyev oliygoh bo‘lim rahbarini tanishtirib, tizimda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida qisqacha gapirib o‘tdi.

📝Xususan, universitet vakili Soxib Risboyev filial jamosiga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonun va qonunosti hujjatlari hamda qarorlar mazmun-mohiyati shuningdek, bo‘lim faoliyati va funksional vazifalari to‘g‘risida ham kerakli ma’lumotlarni yetkazdi.

O'z o'rnida, berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

✍️Filial matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#saylov

‼️DIQQAT SAYLOV‼️

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar orasida o‘zgarish bo‘lganligi munosabati bilan joriy yilning 29-fevral kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan saylov kuni 9-mart kuniga ko‘chirildi.

Yangi nomzodlar haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ochiq_chempionat

Talaba-qizlar oʻrtasidagi Universitet ochiq chempionati musobaqalariga start berildi

Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univerisitetida Sport klubi tomonidan tashkil etilgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar oʻrtasidagi ommaviy sport turlari boʻyicha Universitet ochiq chempionati musobaqalari boshlandi.

Chempionatning ilk kunida talaba-qizlar sportning basketbol turi boʻyicha qizgʻin bahslarga kirishishdi.

📍Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqalar basketbol, voleybol, stol tennisi hamda shaxmat sport turlaridan oʻtkaziladi.

👇Jarayonlarni biz bilan birgalikda kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tanlov #alla

📢DIQQAT EʼLON!

👩‍🎓👩‍💻Hurmatli universitet professor-oʻqituvchilari va aziz talaba-yoshlar!

🔶2024-yil 1-mart kuni soat 14:00 da Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan talaba-qizlar qalbida muqaddas oilaga cheksiz hurmat ruhini shakllantirish maqsadida “Onam aytgan allalar” tanlovining Universitet bosqichi oʻtkaziladi.

🏆Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:

🥇birinchi oʻrin – 1500 000 (bir million besh yuz ming) soʻm;
🥈ikkinchi oʻrin – 1000 000 (bir million) soʻm;
🥉uchinchi oʻrin – 500 000 (besh yuz ming) soʻm.

Maʼlumot oʻrnida, tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan 7 nafar ishtirokchi qizlarimiz Universitet bosqichida oʻzaro gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

👏Barchangizni ishtirokchilar oʻrtasidagi qizgʻin bahslarga guvoh boʻlishga taklif etamiz!

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#kafedra_birinchiligi

🏆OʻzDJTSUda sport turlari boʻyicha ichki chempionatlar tashkil etilmoqda!

✔️Sportchilar oilasida soʻnggi vaqtlarda talaba-yoshlar orasida sportni qadriyat sifatida shakllantirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan sport turlari boʻyicha universitet ichki chempionatlari tashkil etilmoqda.

🤼‍♂️Jumladan, kecha 28-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kurash va belbogʻli kurash sport turi boʻyicha talabalar oʻrtasida Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Ochiq birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook