UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.84K subscribers
22.9K photos
1.66K videos
269 files
9.7K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
O‘zDJTSUning Farg‘ona filiali talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” kafedrasi mudiri, p.f.d., (DSc) dotsent Odiljon Dadaboyev oliygohning Farg‘ona filiali talabalari uchun mahorat darslarini olib bordi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

O‘zDJTSU talabasi Oʻzbekiston chempionati sovrindoriga aylandi!

Bugun Toshkent sharida joylashgan Yunusobod sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Oʻzbekiston chempionligi uchun bahslar boshlandi.

Milliy terma jamoa uchun kuchli zaxira sportchilarini saralab berishga xizmat qilayotgan mazkur musobaqada 564 nafar dzyudochi g‘oliblik uchun o‘zaro bahsga kirishishdi.

Ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Sevinch Murodova ham bor bo‘lib, musobaqaning ilk kunidayoq yengil vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi hamda chempionatning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

👏💐Barakalla, Sevinch!

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Meningkonstitutsiyam
#seminar_trening

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport o‘yinlari fakulteti tashabbusi bilan sudyalar, harbiylar va talaba-yoshlar ishtirokida tashkil etilgan seminar-trening jarayonlari bilan quyidagi videolavhamizda tanishishingiz mumkin.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Meningkonstitutsiyam
#tanlov

Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi

Bugun ana shu mavzuda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan oliygoh talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

Unda universitetdagi mavjud fakultet talaba-yoshlari jamoalarga bo‘lingan holda, “Tanishtiruv”, “Savol-javob” va “Erkin sahna ko‘rinishi” kabi uchta shart asosida o‘zaro kuch sinashishdi hamda o‘zlarining huquqiy savodxonliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Jamoalarning chiqishlari esa hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teatrga_tashrif

Teatr - bu ibratxonadir

2023-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati, tyutorlar hamda talaba-yoshlardan iborat oliygoh jamoasi O‘zbekiston Davlat Satira teatriga tashrif buyurishdi va mazkur teatrning mohir aktyorlari ijrosidagi "Til afsonasi" nomli spektakl namoyishini tomosha qilishdi.

👆Jarayon tafsilotlari quyidagi lavhamizda.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Meningkonstitutsiyam

📖Konstitutsiyam – oliy Qomusim!

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yakkakurash sport turlari fakulteti jamoasi hamyurtlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan tabriklaydi!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Meningkonstitutsiyam

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va talabalar!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Nomdor_Stipendiya

Xushxabar! Bir guruh iqtidorli talaba-yoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya sohiblari bo‘lishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023/2024 o‘quv yili uсhun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-sonli buyrug‘i asosida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 11 nafar hamda universitetning Nukus filialidan 3 nafar iqtidorli talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya sohiblari bo‘lishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#seminar

“Bolalar futbolini rivojlantirish tamoyillari” mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan seminarga taklif etamiz!

Joriy yilning 11-dekabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Futbol fakultetining “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi hamda Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi hamkorligida “Xalqaro futbol kuni” munosabati bilan “Bolalar futbolini rivojlantirish tamoyillari” mavzusida seminar tashkil etiladi.

Ilmga chanqoq barchani taklif etamiz.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
📌 9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo oqibati bitta - mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

2003-yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb eʼlon qilindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#profilaktik_tadbir

Talaba-qizlar uchun “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 9-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Shirin Aliyeva hamda “Qizlarjon” klubi aʼzolari bilan birgalikda talaba-qizlar uchun “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida tegishli soha mutaxassislari tomonidan xotin-qizlarning haq-huquqlari va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, himoya orderini berish va yordam koʻrsatish borasida maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, “Zoʻravonlikni oldini olishning psixologik jihatlari. Baxt sari yoʻl” mavzusida ijtimoiy-psixologik trening tashkil etildi va ushbu trening sportchi qizlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Telegram | Instagram | You tube | Facebook