UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.89K subscribers
23.2K photos
1.67K videos
270 files
9.77K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#tashrif

⚡️Universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari harbiy qismda bo‘lishdi

✔️2023-yil 30-noyabr kuni “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari tyutorlar hamrohligida Chirchiq shahrida joylashgan 531-sonli harbiy qismga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talaba-yoshlar harbiy qism faoliyati hamda harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lib, ulkan taassurotlar va esdalik sovg‘alari bilan qaytishdi.

Telegram | Instagram | You tube | Facebook
#mahorat_darsi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ravshan Xaydarov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi!

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Futbol fakulteti tashabbusi bilan talabalar uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, Futbol bo‘yicha U 20 terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Xaydarov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You tube | Facebook
#tyutorlar_faoliyati
#axborot_soati

Universitetda tashkil etilayotgan “Axborot soati” talabalarni erkin fikrlashga undamoqda

Joriy yilning 1-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tyutorlar tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi “Axborot soati” 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligiga bag‘ishlandi.

“Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur “Axborot soati”da yangi tahrirdagi Konstitutsiyda belgilangan normalarning mazmun-mohiyati hamda ularni hayotda tatbiq etilishi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Eng muhimi, talabalar mavzu yuzasidan savollar yo‘llash bilan cheklanib qolmasdan, bu borada o‘z fikrlarini erkin bayon etishdi.

Shuningdek, oliygohning Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan mazkur kasallikning kelib chiqish sabablari va undan saqlanish borasida ham zaruriy ma’lumotlarni berib o‘tdilar.

Telegram | Instagram | You tube | Facebook
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar universitet jamaosiga yetkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh prorektorlari, bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanalari va mas’ullari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-noyabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 2023-yil 1-dekabrdan boshlab qonunchilikda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, kun tartibidagi boshqa qator masalalar bo‘yicha ham hisobotlar tinglandi.

Telegram | Instagram | You tube | Facebook