UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.94K subscribers
19K photos
1.51K videos
260 files
8.61K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#talabalar_ligasi

“Talabalar ligasi” doirasidagi sport musobaqari universitetning Ko‘pkurash sport turlari fakulteti talabalari o‘rtasida ham qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

Kafedra bosqichida yigitlar sportning futbol hamda qizlar jamoasi voleybol turidan o‘z mahoratlarini namoyon etib, g‘olib jamoalar keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur fakultet talaba-yoshlari ishtirokidagi shaxmat, stol tennisi hamda basketbol musobaqalari ertangi kunda ham davom etadi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Ilmiy ishda ilk qalamlar!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida ilmiy seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti Shukurjon Gaziyev tomonidan “Ilmiy ishda ilk qalamlar” mavzusida taqdimot qilindi va unda ilmiy maqola yozish tartibi hamda muhim jihatlari to‘g‘risida zaruriy tushunchalarga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi xodimlari ham talabalar uchun tashkil etiladigan barcha ko‘rik-tanlovlar haqida batafsil maʼlumotlarni keltirib o‘tishdi.

Yakunda esa seminar-treningda faol ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Times Higher Education tomonidan eʼtirof etildi!

2023-yil 27-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting agentligi – Times Higher Education tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari reytingi eʼlon qilindi.

Ta’kidlash lozimki Times Higher Education O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini 2024-yilgi Times Higher Education World University Rankings reytingiga “REPORTER” maqomi bilan kiritilishini e’lon qildi.

*Reporter maqomi reytingga kirish uchun faol ishlari bilan Times Nigher Education reyting agentligini eʼtirofiga sazovor boʻlgan oliy oʻquv yurtlariga berildi. Mazkur roʻyxatdagi oliy taʼlim muassasalari dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yoʻnalishda Times Higher Education ularga yaqindan yordam berishga tayyor ekanligi bayon etildi.

Ma’lumot o‘rnida bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.

Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son qaroriga asoasan 2025 yilga qadar Universitetning xalqaro tan olingan tashkilotlarning (QS yoki TNE) sohaviy, mintaqaviy yoxud tematik reytinglariga kiritilishiga erishish hamda 2030 yilga qadar Universitetni xalqaro tan olingan tashkilotlarning (QS yoki TNE) oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish belgilangan boʻlib, hozirgi kunda universitet tomonidan mazkur yoʻnalishda tashkiliy, metodik va amaliy ishlar olib borilmoqda.
📢DIQQAT E’LON!

Hurmatli universitetimiz ayol professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimalari diqqatiga!

Joriy yil 6-oktyabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti madaniyat saroyida, universitet rektorining Xotin-qizlar bo‘yicha maslaxatchisi va barcha fakultet a’zolarini saylash jarayoni o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan universitetda faoliyat olib borayotgan barcha ayollarni ushbu saylov jarayonida faol ishtirok etib, o‘zlarining munosib nomzodlariga ovoz berishga taklif etamiz.

Unutmang, sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega!

O'zDJTSU Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#ochiq_dars

Universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori ishtirokida talabalar uchun ochiq dars tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O'quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Xodjayev birinchi bosqich talabalariga ochiq dars mashg‘ulotini olib bordi.

Ochiq dars “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi” mavzusida o‘tkazilib, unda talabalarga o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati tushuntirildi va fanlarga ajratilgan kreditlar hamda HEMIS axborot tizimi to‘g‘risida qimmatli maʼlumotlar berildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Yoshlar o‘rtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli ko‘rik-tanlovni tashkil etilayotganligidan xabardormisiz?

📝 14-18-yoshlilar o‘rtasida “Insholar tanlovi”
📷 19-30-yoshlilar o‘rtasida “Videoroliklar tanlovi” yo‘nalishlarida tashkil etiladi

🔴Tanlovning har ikki yo‘nalishi ham onlayn tarzda 5-oktabr kuni @yoshlarmurojaati_bot telegram botida start oladi va 5-dekabrga qadar davom etadi.

🔵Tanlov uchun tayyorlangan insholarni ➡️mazkur havola orqali;
🔵Tanlov uchun tayyorlangan video roliklarni esa ➡️mazkur havola orqali taqdim etishingiz mumkin.

☝️Ishtirokchilar botda so‘ralgan savollarga javob berib, o‘zlarining ijodiy ishlarini yo‘nalishlaridan kelib chiqib (word, pdf, mp4, avi) shaklda jo‘natishlari mumkin.

🏆Tanlovda 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarning har biri qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlov maqsadi va shartlari haqida quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun: (88)388-28-77

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_forumi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ota-onalar hamda oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash hamda kelgusida bajariladigan vazifalarni belgilab olishga qaratilgan navbatdagi “Ota-onalar forumi” Sportni boshqarish fakulteti tomonidan o‘tkazildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy