"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
990 subscribers
4.44K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
📖O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi" 1-bobi.

🔵"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti yer tuzish ishlari bo'yicha amalga oshiradigan ishlari INFOGRAFIKASI

#O_zdavyerloyiha #Hukumat_qarorlari #yer_tuzish_ishlari
Ayni damda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyhalash institutida
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 yanvardagi
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

#O_zdavyerloyiha #Hukumat_qarorlari #monitoring_ishlari #yer_tuzish_ishlari
🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 737-sonli hamda 2022-yil 14-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 22-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini o‘tkazish bo‘yicha “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan loyiha ishlari tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘yicha trening yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur treningda tabiiy yayaylov o‘simliklarining monitoringini to‘liq va sifatli qilib bajarish masalalari mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

#O_zdavyerloyiha #Hukumat_qarorlari #monitoring_ishlari #yer_tuzish_ishlari
Ikkinchi kun.

🌱Tabiiy yaylov o‘simliklarining monitoringini o‘tkazish bo‘yicha “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan loyiha ishlari tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘yicha trening yig‘ilishidan lavhalar.

#O_zdavyerloyiha #Hukumat_qarorlari #monitoring_ishlari #yer_tuzish_ishlari
▪️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida (Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 yanvardagi 22-son qarori)

▫️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda yer tuzish ishlarini amalga oshirish tartibi to'g'risida.

#O_zdavyerloyiha #Hukumat_qarorlari #yer_tuzish_ishlari
#Tarixga_nazar #Bu_qiziq #Yer_tuzish #Ilm_fan

O'ZBEKISTONDA ILK YER TUZISH TEXNIKUMI QACHON TASHKIL TOPGAN?

📐Yer tuzish sohasining tarixi deyarli ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Ana shu davrlarda ham odamlar yerning qadrini tushunishgan.

📖O'zbekiston tarixida ilk Yer tuzish texnikumi 1924-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan bo'lib, 1931-yilda ilk bor Yer tuzuvchi muhandis hamda mutaxassislar mazkur texnikumni tamomlashgan.

🧮Texnikumlardagi ta'lim asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lgan.

🔹1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazilgan. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzilgan.

🔹Ma'lumot o'rnida: XX asrning 20-30 yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan.

Foto manbaa: "O'zdavyerloyiha" DILI Arxivi

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Arxivlar_kuni #Tarixga_nazar #Bu_qiziq #Yer_tuzish #Ilm_fan

💠"O'ZDAVYERLOYIHA" INSTITUTI 9-IYUN-XALQARO ARXIVLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BARCHA SOHA VAKILLARINI MUBORAKBOD ETADI.

O'ZBEKISTONDA ILK
YER TUZISH TEXNIKUMI QACHON TASHKIL TOPGAN?

📐Yer tuzish sohasining tarixi deyarli ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Ana shu davrlarda ham odamlar yerning qadrini tushunishgan.

🏆O'zbekiston tarixida ilk Yer tuzish texnikumi 1924-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan bo'lib, 1931-yilda ilk bor Yer tuzuvchi muhandis hamda mutaxassislar mazkur texnikumni tamomlashgan.

🧮Texnikumlardagi ta'lim asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lgan.

💠1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazilgan. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzilgan.

💠Ma'lumot o'rnida: XX asrning 20-30 yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan.

Foto manbaa: "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti Arxivi


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Bu_qiziq #Yer_tuzish_tarixi

VII ASRDA YER TUZISH ISHLARIDA AL-XORAZMIY KOORDINATALAR TIZIMIDAN FOYDALANILGAN

🗺Al-Xorazmiyning eng yirik asarlaridan biri Kitāb ṣūrat al-Arḍ (Yerning ko'rinishi haqida kitob” yoki “Yerning tasviri” geografiya deb tarjima qilingan) 833-yilda yozilgan. Mazkur kitobda Ptolemey geografiyasining qayta koʻrib chiqilgan va kengaytirilgan versiyasi boʻlib, umumiy kirishdan soʻng shaharlarning 2402 koordinatalari va boshqa geografik obʼyektlar roʻyxatidan iborat.

🗺Kitāb ṣūrat al-Arḍ kitobining yagona namunasi saqlanib qolgan bo’lib, hozirgi kunda Strasburg universitetida saqlanmoqda. Lotincha tarjimasi esa Madridda joylashgan Ispaniya milliy muzeyida saqlanadi. Ushbu asarda shuningdek Nil daryosining eng qadimgi xaritasi mavjud. Ammo, arabcha nusxasi va lotincha tarjimasi dunyo xaritasini o’z ichiga olmaydi, lekin Xubert Daunixt koordinatalar ro’yxati asosida yetishmayotgan xaritani tuzib chiqqan.

📝Al-Xorazmiyning asosiy xizmatlaridan biri Ptolemeyning Oʻrta yer dengizi uzunligi (Kanar orollaridan Oʻrta yer dengizining sharqiy qirgʻoqlarigacha) uzunligini qoʻpol ravishda oshirib baholashini tuzatish edi. Ptolemey uni 63 gradus uzunlikka oshirib baholagan bo'lsa, Al-Xorazmiy uni deyarli 50 gradus uzunlikka deyarli to'g'ri baholagan. Shuningdek, u Atlantika va Hind okeanlarini Ptolemey singari yopiq dengizlar emas, balki ochiq suv havzalari sifatida tasvirlagan.

Al-Xorazmiy Eski dunyoning bosh meridianini Oʻrta yer dengizining sharqiy qirgʻogʻida, Iskandariyadan 10–13 daraja sharqda (ilgari Ptolemey tomonidan oʻrnatilgan bosh meridian) va Bagʻdoddan 70 daraja gʻarbda oʻrnatgan. Oʻrta asr musulmon geograflarining aksariyati Al-Xorazmiyning asosiy meridianidan foydalanishda davom etgan.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM