"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#onatilimfaxrim #21_oktabr #o_zbek_tili

Ona tili­­ – millatning ruhidir. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Navoiy viloyati bo'linmasida milliy o'zligimiz va buyuk qadriyatlarimiz timsoli - O'zbek tiliga bo'lgan yuksak extirom va hurmatini #ONATILIMFAXRIM hashtagi ostida chorlov chellenjini namoyon etmoqdalar.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#onatilimfaxrim #21_oktabr #o_zbek_tili

Ona tili­­ – millatning ruhidir. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Buxoro viloyati bo'linmasida milliy o'zligimiz va buyuk qadriyatlarimiz timsoli - O'zbek tiliga bo'lgan yuksak extirom va hurmatini #ONATILIMFAXRIM hashtagi ostida chorlov chellenjini namoyon etmoqdalar.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Davlar_tili #Alisher_Navoiy #Adabiyot_muzeyi

🖋O‘zbekistonning eng yirik ilmiy va ta’lim muassasalaridan biri - Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 1939-yilda tashkil etilgan. Aynan shu yerda o‘zbek xalqining adabiy merosi yodgorliklari saqlanadi.

⚜️Muzey fondida 17 000 dan ortiq eksponatlar - badiiy asarlar, arxeologik obidalar, qo‘lyozmalar, hujjatlar, o‘zbek adabiyoti madaniyatining ko‘p asrlik tarixini aks ettiruvchi filmlar mavjud.

⚜️Bundan tashqari, bu yerda mamlakatimiz yozuvchilarining hayoti va ijodi to‘g‘risidagi 65 mingdan ortiq hujjatlar to‘plangan.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami

Bugun 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

🎊Til millatning maʼnaviy boyligi, xalqning qadr-qimmati ifodasi hisoblanadi. U ajdodlar va avlodlarni bog‘lovchi rishtadir. Til saqlanib, takomillashib borsagina, millat yashaydi, davlatning nomi asrlardan asrlarga o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Unda davlat tili o‘zbek tili ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi ta’kidlangan.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ham o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.

Ona tilimizning nufuzi doimo yuksalaversin!

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI" PQ-373 QAROR BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Xabaringiz bor Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamentiga asosan "O'zdavyerloyiha" DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.

Hozirgi kunda Navoiy viloyati bo'linmasi tomonidan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha viloyat kesimida:

📊4 954,94 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 15 603 ta lot tayyorlangan;

📊4 935,72 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 15 555 ta lot bo'yicha "E-Auksion" elektron savdo platformasida tanlov g'oliblari aniqlangan.

Ma'lumot o'rnida: Navoiy viloyati bo'yicha 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 6 335 gektar yer maydonini tashkil qiladi.