"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
982 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Xalqaro_aloqalar #Tashrif #Ozarbayjon

OZARBAYJON RESPUBLIKASI “AZERKOSMOS” OAJ SAVDO GURUHI BILAN ISHCHI UCHRASHUV

Bugun "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash institutida Ozarbayjon Respublikasi “Azerkosmos” OAJ Savdo guruhi bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uruhning institut vakillari bilan uchrashish maqsadi yer tuzish loyihalarini tuzishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishdagi hozirgi kundagi muammolar va ularni yechimi bo‘yicha tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga quyish masalalarini muhokama qilish hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida: “Azerkosmos” OAJ o‘zining 3 ta sun’iy yo‘ldoshiga hamda muhandislar va mijozlar jamoasiga ega bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dissertatsiya #ilmiy_daraja

👨‍🏫 BO‘Z VA LALMI YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ILMIY ISHLAR HIMOYASI

🔰 2022-yil 19-sentyabr kuni TDAUda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining 06.01.10 – «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun institut doktorantlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil
#диссертация #ученая_степень

👨‍🏫 ЗАЩИТА НАУЧНЫХ РАБОТ ПО ЭФФЕКТИВНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ СЕРОЗЕМА И БОГАРНЫХ ЗЕМЕЛЬ

🔰 19 сентября 2022 года в ТГАУ состоялись защиты диссертаций докторантов Государственного научно-проектного института «Уздаверлойиха» на получение ученой степени доктора философии (PhD) сельскохозяйственных наук по специальности 06.01.10 – «Землеустройство, кадастр и земельный мониторинг».

👉 Подробнее
"DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI" PQ-373 QAROR BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Xabaringiz bor Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamentiga asosan "O'zdavyerloyiha" DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati bo'linmasi tomonidan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha viloyat kesimida:

📊6 390,79 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 29 943 ta lot tayyorlangan;

📊5 682,84 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 28 103 ta lot bo'yicha "E-Auksion" elektron savdo platformasida tanlov g'oliblari aniqlangan.

Ma'lumot o'rnida: Surxondaryo viloyati bo'yicha 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 7 797 gektar yer maydonini tashkil qiladi.
#BuxDU_yangililklari

📚 "Yer monitoringi" o‘quv qo‘llanmasi BuxDUga taqdim etildi.
R.A. Turayev. Yer monitoringi / o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “Lesson Press” MChJ, 2022. – 161 b.

Ko‘p sonli talabalar va professor-o‘qituvchilarning ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan mazkur o‘quv qo‘llanma "Yer monitoringi" fani o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan.
O‘quv qo‘llanma “O‘zdavyerloyiha” DILI Bosh direktori, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim Ruhiddin Amirqulovich Turayev tomonidan nashr etilgan.
Ushbu kitob yer monitoringi sohasidagi fanlarni o‘rganishda muhim qo‘llanmadir.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Xalqaro_universitet #O_zdavyerloyiha #Innovatsiya

👨‍🎓👩‍🎓Ayni damda Xalqaro qishloq
xo‘jaligi universiteti
ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda, ochilish marosimi munosabati bilan universitet hududida soha
yangiliklarini ko‘rsatish uchun ko‘rgazma tashkil etilgan bo'lib, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti o‘z ko‘rgazma burchagi bilan ishtirok etmoqda.

Ma'lumot o'rnida: Mazkur universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi “Xalqaro qishloq
xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-237-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Xalqaro_universitet #O_zdavyerloyiha #Innovatsiya

👨‍🎓👩‍🎓Avval xabar berganimizdek, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti ochilish marosimi munosabati bilan universitet hududida soha
yangiliklarini ko‘rsatish uchun ko‘rgazma tashkil etilgan.

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti o‘z ko‘rgazma burchagi bilan ishtirok etmoqda.

Tashkilot tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali burchak kuzatuvchilar qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek ko‘rgazma jarayonida master klass tashkil qilinib ilk parvoz bo‘lib o‘tdi.