"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda "O'zdavyerloyiha" ilmiy loyihalash instituti bosh mutaxassisi Rizayeva Dilorom Mutipovna, Moliya vazirligi, Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati, Qishloq xo'jaligi vazirligi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuvda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasining birinchi bosqich yakunlari bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda.

Shuningdek Qishloq xo'jaligi yerlarini baholash hamda soliqqa tortish bo'yicha talab etiladigan ko'rsatkichlari asosini yaratish bo'yicha qator masalalar ko'rib chiqilmoqda.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, Rossiya Federatsiyasining Mineralniye vodi shahrida o‘tayotgan “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazmada butun dunyodan tashrif buyurgan 1000 dan ortiq bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, yer yuritish xo‘jaliklari hamda soha olimlarini bir joyga to‘plash bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Rossiya va Yevropa davlatlarining ilg‘or kompaniyalari agrar sohasidagi zamonaviy va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etadilar.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI vakillari tomonidan rivojlangan mamlakatlarning bog’dorchilik sohasidagi yer tuzish ishlarini o‘rganish, boshqa manfaatli tashkilotlar bilan do'stona munosabatlarni o‘rnatish va kelgusida qo‘shma hamkorliklarni amalga oshirish rajalashtirilgan.
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi

"O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Zolotaya osen-2021" 23-butun Rossiya agrosanoat ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi

Xabaringiz bor "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Zolotaya osen-2021" 23-butun Rossiya agrosanoat ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko'rgazma doirasida delegatsiya a'zolari Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish sohasida keng joriy etilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmalari, ular yordamida olingan ma'lumotlar asosida raqamli xaritalarni yaratish mexanizmlari bo'yicha qator yangiliklar bilan tanishishmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti, Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda
Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Buxoro viloyati Romitan tumani misolida Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan obyektlarning kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 19 ноябрь куни ташриф билан Россияга боради.
Икки мамлакат етакчилари Москва шаҳрида музокара ўтказадилар, Ўзбекистон-Россия стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада ривожлантиришнинг долзарб масалаларини муҳокама қиладилар.
Қатор икки томонлама ҳужжатлар имзоланиши ҳам кўзда тутилган.

По приглашению Президента России Владимира Путина 19 ноября Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев совершит визит в Россию.
В городе Москве лидеры двух стран проведут переговоры, в ходе которых обсудят актуальные вопросы дальнейшего развития узбекско-российских отношений стратегического партнерства и союзничества.
Предусматривается также подписание целого ряда двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️“O‘zdavyerloyiha” DILI Bosh direktori Ruhiddin Amirqulovich Turayev boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama anglashuv Memorandumini imzolash uchun O‘zbekistonda davlat kadastrini baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish loyihasi bo'yicha Rossiya Federatsiyasining “Kasb-hunar ta’limi instituti” rektori, O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulkka soliq solishni takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha menejeri – Usova Yuliya Vladimirovna bilan uchrashuv tashkil etildi.

📎Anglashuv Memorandumini imzolashdan asosiy maqsad: yer resurslari, yer kadastri, geodeziya, kartografiya, iqtisodiyot va boshqaruv, texnika va texnologiya, ekologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish sohasida tajriba almashish hamda o‘quv, uslubiy va ilmiy masalalar bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashish.


#O_zdavyerloyiha_DILI
#Rossiya
#hamkorlik