#O_zdavyerloyiha_DILI #Bu_qiziq #Yer_tuzish_tarixi
VII ASRDA YER TUZISH ISHLARIDA AL-XORAZMIY KOORDINATALAR TIZIMIDAN FOYDALANILGAN
🗺 Al-Xorazmiyning eng yirik asarlaridan biri Kitāb ṣūrat al-Arḍ (Yerning ko'rinishi haqida kitob” yoki “Yerning tasviri” geografiya deb tarjima qilingan) 833-yilda yozilgan. Mazkur kitobda Ptolemey geografiyasining qayta koʻrib chiqilgan va kengaytirilgan versiyasi boʻlib, umumiy kirishdan soʻng shaharlarning 2402 koordinatalari va boshqa geografik obʼyektlar roʻyxatidan iborat.
🗺 Kitāb ṣūrat al-Arḍ kitobining yagona namunasi saqlanib qolgan bo’lib, hozirgi kunda Strasburg universitetida saqlanmoqda. Lotincha tarjimasi esa Madridda joylashgan Ispaniya milliy muzeyida saqlanadi. Ushbu asarda shuningdek Nil daryosining eng qadimgi xaritasi mavjud. Ammo, arabcha nusxasi va lotincha tarjimasi dunyo xaritasini o’z ichiga olmaydi, lekin Xubert Daunixt koordinatalar ro’yxati asosida yetishmayotgan xaritani tuzib chiqqan.
📝 Al-Xorazmiyning asosiy xizmatlaridan biri Ptolemeyning Oʻrta yer dengizi uzunligi (Kanar orollaridan Oʻrta yer dengizining sharqiy qirgʻoqlarigacha) uzunligini qoʻpol ravishda oshirib baholashini tuzatish edi. Ptolemey uni 63 gradus uzunlikka oshirib baholagan bo'lsa, Al-Xorazmiy uni deyarli 50 gradus uzunlikka deyarli to'g'ri baholagan. Shuningdek, u Atlantika va Hind okeanlarini Ptolemey singari yopiq dengizlar emas, balki ochiq suv havzalari sifatida tasvirlagan.
Al-Xorazmiy Eski dunyoning bosh meridianini Oʻrta yer dengizining sharqiy qirgʻogʻida, Iskandariyadan 10–13 daraja sharqda (ilgari Ptolemey tomonidan oʻrnatilgan bosh meridian) va Bagʻdoddan 70 daraja gʻarbda oʻrnatgan. Oʻrta asr musulmon geograflarining aksariyati Al-Xorazmiyning asosiy meridianidan foydalanishda davom etgan.
😊 O'zdavyerloyiha DILI 📱 Telegram 🌐 Facebook
VII ASRDA YER TUZISH ISHLARIDA AL-XORAZMIY KOORDINATALAR TIZIMIDAN FOYDALANILGAN
Al-Xorazmiy Eski dunyoning bosh meridianini Oʻrta yer dengizining sharqiy qirgʻogʻida, Iskandariyadan 10–13 daraja sharqda (ilgari Ptolemey tomonidan oʻrnatilgan bosh meridian) va Bagʻdoddan 70 daraja gʻarbda oʻrnatgan. Oʻrta asr musulmon geograflarining aksariyati Al-Xorazmiyning asosiy meridianidan foydalanishda davom etgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимиздаги Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к памятнику Исламу Каримову в столице.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к памятнику Исламу Каримову в столице.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев томорқада ва ижарага берилган экин ерларида даромадли маҳсулот етиштиришнинг янги тизими бўйича йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное новой системе выращивания доходных культур на приусадебных землях и участках, переданных в аренду.
#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #tomorqa
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное новой системе выращивания доходных культур на приусадебных землях и участках, переданных в аренду.
#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #tomorqa
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligi oshiriladi
“Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo'shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.
✔️ Yangi tizim doirasida:
🔹yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug'orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda “E-auksion”da savdolarga chiqariladi;
🔹elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.
⚠️ Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g'olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo'ladi, jumladan:
▪️yer uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;
▪️qishloq xo'jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;
▪️yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;
▪️dala chetida 20 sotixdan ko'p bo'lmagan, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi obyektlarni joylashtirish.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram

Qoraqalpog‘iston: amalga oshirilishi belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan seminar-trening
📍 Amaliy tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti majlislar zalida shimoliy hududda faoliyat olib boruvchi klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, soha mas’ullari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot namoyishi bilan boshlangan treningda yangi agrotexnologiya va yangi usullarni qo‘llash, dala chetlaridan unumli foydalanish, ariq va zovurlarni betonlashtirish, daraxt shoxlarini butlash orqali yuqori samaraga erishish masalalariga e’tibor qaratildi.
⏫ Albatta, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’anaviy dehqonchilik uslubini zamonaviy ilmiy qarashlar va ilmiy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirgan holda hosildorlikda yuqori natijalarga erishish o‘z qo‘limizda. Buni to‘g‘ri anglash kerak. Ammo shunga yarasha ilmga asoslangan holda vijdonan mehnat qilinmasa, ulardan ham yuqori hosil kutish amri-mahol.
🌀 Ishni tashkil qilishda avvalambor hudud ob-havo, tuproq, suv imkoniyatlariga alohida yondashish darkor. Taqdimotda bunga alohida to‘xtalgan vazir joriy yil 875,5 ming gektarga paxta ekish ko‘zda tutilgani, mana shu yerlardan yuqori hosil olish uchun esa zamonaviy yondashuv hamda yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali mehnat qilish bugungi davr taqozosi ekanligiga urg‘u berdi.
💬 Aytish kerak, paxtachilikda yuqori samaraga erishish bugun mana shunday qator omillarga bog‘liq ekani hech kimga sir emas. Buning uchun biz astoydil harakat qilishimiz kerak. Vazir ayni jihatga e’tibor qaratar ekan, yangilikka intilgan holda har bir mas’ul joriy yilda urug‘larni 76/10 sxemada plyonka ostiga ekish va ularni tomchilatib sug‘orish orqali mahsulot yetishtirishi ayni muddao ekanini ta’kidladi.
✅ Vazir taqdimotda paxtachilikda "BT" g‘o‘za navlarini yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamlilikni boshqarish hamda mahalliy intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish uchun fermerlarni uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, joriy yil hosili uchun mahalliy va xorijiy g‘o‘za navlarini joylashtirishda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar hamda g‘allachilikda yarovizatsiyalangan urug‘larning afzalliklari ilmiy faktlar asosida tushuntirildi.
✍️ Paxtachilik, g‘allachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi asosiy ustuvor vazifalarga yana bir bor to‘xtalar ekan, har bir qishloq xo‘jaligi mutasaddilari agrar tarmoqning jonkuyarlari timsolida eng chekka hududlargacha yetib borib ishni to‘g‘ri tashkil qilishda bevosita ishtirok etishi lozimligini ta’kidlandi.
📝 Seminar-treningdan so‘ng, shu yerda fermer va klaster xo‘jaliklari vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda, fermerlar va dehqonlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
🫥 Sayyor qabul davomida har bir muammo individual tarzda ko‘rib chiqilib, aniq va tizimli yondashuvlar orqali ko‘plab masalalar hal etildi.
🔗 Vazir barcha savollarga javob berar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan yangi qaror va farmonlar sohani yanada rivojlantirish, fermerlar va dehqonlarning huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini qayd etib o‘tdi.
📰 Eslatib o‘tamiz, tashrif ertaga ham davom etadi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM