"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
989 subscribers
4.44K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Davlar_tili #Alisher_Navoiy #Adabiyot_muzeyi

🖋O‘zbekistonning eng yirik ilmiy va ta’lim muassasalaridan biri - Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi 1939-yilda tashkil etilgan. Aynan shu yerda o‘zbek xalqining adabiy merosi yodgorliklari saqlanadi.

⚜️Muzey fondida 17 000 dan ortiq eksponatlar - badiiy asarlar, arxeologik obidalar, qo‘lyozmalar, hujjatlar, o‘zbek adabiyoti madaniyatining ko‘p asrlik tarixini aks ettiruvchi filmlar mavjud.

⚜️Bundan tashqari, bu yerda mamlakatimiz yozuvchilarining hayoti va ijodi to‘g‘risidagi 65 mingdan ortiq hujjatlar to‘plangan.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami

Bugun 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

🎊Til millatning maʼnaviy boyligi, xalqning qadr-qimmati ifodasi hisoblanadi. U ajdodlar va avlodlarni bog‘lovchi rishtadir. Til saqlanib, takomillashib borsagina, millat yashaydi, davlatning nomi asrlardan asrlarga o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Unda davlat tili o‘zbek tili ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi ta’kidlangan.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ham o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz lozim.

Ona tilimizning nufuzi doimo yuksalaversin!

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI" PQ-373 QAROR BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Xabaringiz bor Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamentiga asosan "O'zdavyerloyiha" DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.

Hozirgi kunda Navoiy viloyati bo'linmasi tomonidan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha viloyat kesimida:

📊4 954,94 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 15 603 ta lot tayyorlangan;

📊4 935,72 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 15 555 ta lot bo'yicha "E-Auksion" elektron savdo platformasida tanlov g'oliblari aniqlangan.

Ma'lumot o'rnida: Navoiy viloyati bo'yicha 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 6 335 gektar yer maydonini tashkil qiladi.
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

❗️Davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Uchrashuvlar #Xalqaro_aloqalar

Joriy yilning 24 oktabr kuni Qishloq xo'jaligi vazirligida Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) vakillari bilan "Orol dengizining quyi havzasida yerlarni tiklash" loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorgarlikni boshlash bo‘yicha "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mazkur loyiha doirasida Orol dengizining quyi havzasidagi degradasiyaga uchragan yerlarni tiklash bo‘yicha fikr va mulohazalar bilan o‘rtoqlashishdi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инвестиция дастурларини шакллантириш маҳалладан бошланади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #videoselektor #Qashqadaryo #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaliklari #Yer_uchastkalari

DEHQONCHILIK UCHUN YERLAR AHOLIGA 30 YILGA IJARAGA BERILADI

“Dehqon xo'jaliklari tashkil etishni qo'llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–373-son, 10.09.2022- y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g'alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan 2022-yil yakunigacha qo'shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023-yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

🔰 Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:

▫️suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda;
▫️kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda ijaraga beriladi.

📝 2022–2023-yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun o'tkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov o'tkazilgan hisoblanadi.

☑️ Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xo'jaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini o'rnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.

📌 “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo'jaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #axborot24

AXBOROT 24 | QASHQADARYO VILOYATINING RIVOJI TAHLIL QILINIB, KELGUSI YILGI VAZIFALAR BELGILANDI

🎥 O‘zbekiston telekanalining Axborot 24 informatsion dasturida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi haqida reportaj tayyorlandi.

Lavhada O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyati agrar sektorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan maʼlumot berib o‘tdi (reportajning 10:46 daq.).

Xususan, 18 ming gektar maydonda suv taʼminotini yaxshilab, qo‘shimcha 90 milliard so‘mlik mahsulot yetishtirish, 66 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib, 300 million kub metr suvni iqtisod qilish, shuningdek, 10 ming gektar paxta va g‘alla maydonini qisqartirish hisobiga 32 ming oila bandligini taʼminlash mumkinligi taʼkidlandi. Imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanilsa, bu sohada 295 ming nafar aholi ishli bo‘lishi qayd etildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM