"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
990 subscribers
4.44K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

1992-yil 10-dekabr "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 32 yil to'ldi.

🔹Bugun mazkur sana munosabati bilan, “Farvilyerloyiha” bo’linmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📖Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta'kidlangan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo boʻling!
🚀Telegram📸Instagram | 📍Sayt
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Xorazm_viloyati

10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!


1992-yil 10-dekabrda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.
Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
Madhiya qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi.
"O'zdavyerloyiha" DILI Xorazm viloyati "Xorvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan targ'ibot tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar_Surxondaryo_viloyati

10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!


🇺🇿1992-yil 10-dekabrda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.

🎶Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

🫥 Madhiya qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi.

💼"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Surxondaryo viloyati bo'linmasi xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan targ'ibot tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati: agrar soha rivoji bugungi islohotlarga chambarchas bog‘liq

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishda sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq bergan edi.

✍️Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi bilan tanishish maqsadida vazir Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.

🫥Tashrif doirasida Toshkent viloyati hokimligi faollar zalida vazir Ibrohim Abdurahmonov hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

🌲Yig‘ilishda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, dala chetlari va anchadan beri foydalanmasdan kelinayotgan yerlarni o‘zlashtirish, investitsion loyihalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

🔗Jumladan, viloyatda samarasiz va hosildorligi kam bo‘lgan yerlarni tahlil qilib, manfaat beradigan mahsulot ekish taklifini ishlab chiqish, 30 ming gektar paxta-g‘alla yerlarini boshqa ekin turini ekish uchun ajratish, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 7 ta tumanda 52 ming gektarda 3 marta hosil olishni yo‘lga qo‘yish, 5 ming gektarda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar, qo‘shimchasiga yana boshqa tuman va shaharlarda 5 ming gektar bog‘ barpo etish yuzasidan chora-tadbir rejasini ishlab chiqish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📰Vazir o‘z navbatida, davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda 99 korxona viloyatda foydalanayotgan 387 gektar yerlarni toifasi o‘zgarmagan holda ishlatilayotgani, 2,5 ming gektar yer zaxirada turganini tanqid ostiga olinganligi va bundan tegishli xulosa chiqarib, uni bartaraf etish choralarini zudlik bilan ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Ushbu masalada jiddiy yondashish zarurligi, qishloq xo‘jaligida ishlatish imkoni bo‘lsa, buni asoslarini ishlab chiqish zarurligi belgilandi hamda "O‘zdaverloyiha" mana shu yerlarning toifasini aniqlab, tasnifini belgilab, korxonalarga taqdim etishi va shartnoma imzolashini qayd etdi.

Binobarin, Toshtepa hududida sel–suv ombori qurish hamda uning atrofidagi yerlar, viloyatda tog‘ yon bag‘irlarida mavjud adirliklardan ham unumli foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi. Rezavor mevalar, sabzavot va ko‘katlar yetishtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

📌Shuningdek, yig‘ilish davomida 2025-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini aniq reja asosida hududlar kesimida ekish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda uni ta’minlovchi omillar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shu bilan birga viloyatning qator tumanlarda makkajo‘xori ekishni ko‘paytirish, qo‘ziqorin yetishtirishga oid takliflarni shakllantirish masalasi atroflicha tahlil qilindi.

Zero, bugungi islohotlarning o‘z vaqtida va samarali tashkil etilishi ertangi taraqqiyot demak.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM