"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
994 subscribers
4.45K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
“Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik-tanlovi g’olibi aniqlandi

🟢Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadqiqotchi va doktorantlari o‘rtasida “Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik-tanlovi joriy yilning 20-21-noyabr kunlari Toshkent davlat agrar universiteti va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazlarida o‘tkazildi.

▶️Tanlovning birinchi kuni tizimdagi oliy ta’lim muassasalarining 9 ta hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining 17 ta jamoalari o‘zlarining tanishtiruv chiqishlari va "start-up" loyihalari taqdimoti bilan tanlovning saralash bosqichida ishtirok etdi.

📸Tanlovning birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohotchi” jamoasi 112 ball, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining “Genofond” jamoasi 116 ball hamda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar” jamoasi 122 ball to‘plab, o‘z guruhlaridan birinchi o‘rinni oldi. Ushbu 3 jamoa tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

❗️Ushbu kunning ikkinchi yarmida tanlov ishtirokchilari Vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, GS BIO-innovatsion laboratoriyasi "Atyab-food tech" zamonaviy laboratoriyasi, O‘zbekiston-Vengriya hamkorligidagi kartoshkachilik markazi hamda O‘zbekiston-Koreya meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazlarining faoliyati bilan tanishtirildi.

Tanlovning ikkinchi kuni Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohotchi”, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining “Genofond” hamda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar“ jamoalari 2 ta tanlov sharti bo‘yicha o‘zlarining tanishtiruv chiqishlari va “start-up“ loyihalari taqdimoti bo‘yicha bellashib, eng yuqori to‘plagan ballar natijasiga ko‘ra, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar“ jamoasi g‘olib bo‘ldi hamda I darajali diplom va g‘olib jamoa a’zolarining tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatga tadqiqot va stajirovka uchun yo‘llanma sertifikati bilan taqdirlandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Futbol

💼BOSH DIREKTOR KUBOGI 💼


🏆"BOSH DIREKTOR KO'CHMA KUBOGI" BELLASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

Yarim final o‘yini Navoiy viloyati bo'linmasi hamda Jizzax viloyati bo‘linmasi  o'rtasida bo'lib o'tdi.

HISOB

⚽️NAVOIY 6-3 JIZZAX

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Futbol

💼BOSH DIREKTOR KUBOGI 💼


🏆"BOSH DIREKTOR KO'CHMA KUBOGI" BELLASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

Yarim final o‘yini Andijon viloyati bo'linmasi hamda Sirdaryo viloyati bo‘linmasi  o'rtasida bo'lib o'tdi.

HISOB

⚽️ANDIJON 6-5 SIRDARYO

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Futbol

💼BOSH DIREKTOR KUBOGI 💼


🏆"BOSH DIREKTOR KO'CHMA KUBOGI" FINAL

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida Bosh direktor kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bosh direktor kubogi uchun Navoiy hamda Andijon viloyati bo'linmalari o‘zaro bellashishdi.

NATIJALAR

2⃣ Navoiy viloyati bo‘linmasi

🏆Ko‘chma kubok sohibi Andijon viloyati bo‘linmasi


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Futbol

QISHLOQ XO'JALIGI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN ILK BOR INSTITUTLAR ARO FUTBOL TURNIRI

🏆Xabaringiz bor 2024-yil "BOSH DIREKTOR KO'CHMA KUBOGI" sohibi "Andviyerloyiha" jamoasi bo'ldi.

Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Institutlar aro birinchi futbol o'yini Tuproqshunoslik instituti hamda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti o'rtasida bo'lib o'tadi. Mazkur o'yinda 2024-yil Bosh direktor kubogi sohibi "Andvilyerloyiha" jamoasi tashkilot nomidan maydonga tushadi.

💻Andijon viloyati "Andvilyerloyiha" jamoasiga barcha hududiy bo'linmadagi hamkasblar omad tilaymiz.

TEMURIYLAR, BOBURIYLAR AVLODLARIGA ISHONAMIZ!!!

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Futbol

"O‘ZDAVYERLOYIHA" JAMOASI QISHLOQ XO'JALIGI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN ILK BOR INSTITUTLAR ARO FUTBOL TURNIRI G‘OLIBI

🏆Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Institutlar aro birinchi futbol o'yini Tuproqshunoslik instituti hamda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti o'rtasida bo'lib o'tdi. Mazkur o'yinda 2024-yil Bosh direktor kubogi sohibi "Andvilyerloyiha" jamoasi tashkilot nomidan maydonga tushib 3:1 hisobda g‘alaba qozondi.

💻"O‘zdavyerloyiha" jamoasi CHEMPION.

TEMURIYLAR, BOBURIYLAR AVLODLARI!!!

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM