"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Markaziy_apparati #Til_bayrami #Ona_tilim_faxrim_mening

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

🇺🇿Til millatning maʼnaviy boyligi, xalqning qadr-qimmati ifodasi hisoblanadi. U ajdodlar va avlodlarni bog‘lovchi rishtadir. Til saqlanib, takomillashib borsagina, millat yashaydi, davlatning nomi asrlardan asrlarga o‘tadi.

🌏O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Unda davlat tili o‘zbek tili ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi ta’kidlangan.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!

🖋Til davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf- odati, uning turmush tarzi, tarixidir.


🇺🇿1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha "Davlat tili toʻgʻrisidagi" Qonuni qabul qilinib, unga koʻra oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.
📜Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan boʻlgan ona tilimiz oʻzining qonuniy maqomi va himoyasiga ega boʻldi.
🗒 Har bir millatning iftixori, gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero, har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir.
Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek burchlimiz.
"O'zdavyerloyiha" DILI Navoiy viloyati "Navvilyerloyiha" bo'linmasida 21-oktabr — O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinganligi hamda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tag'ibot tadbiri tashkil etildi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo #ona_tilim_faxrim

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

🫥 Til – xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi.

😊 "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Surxondaryo viloyati bo'linmasi  xodimlari ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaydi.

Zero, Ona tili – millatning ruhidir. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi degani. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida barchamiz namuna bo‘laylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Toshkent_viloyati #ona_tilim_faxrim

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

🫥 Til – xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi.

😊 "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Toshkent viloyati bo'linmasi  xodimlari ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaydi.

Ona tili – millatning ruhidir. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi degani. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida barchamiz namuna bo‘laylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Jizzax_viloyati #ona_tilim_faxrim

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

🫥 Til – xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi.

😊 "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Jizzax viloyati bo'linmasi  xodimlari ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM