"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
997 subscribers
4.46K photos
436 videos
2 files
1.47K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
Йиғилишда 1 миллион гектар ғалладан бўшайдиган майдон, 508 минг гектар аҳоли томорқаси, 260 минг гектар одамларга бўлиб берилган ерлар имкониятидан тўлиқ фойдаланилмаётгани қайд этилди.

Масалан, 16 та туман умуман мева-сабзавот экспорт қилмаган. Ёки, пахта экмайдиган 28 та туманда экспорт кўрсаткичлари қониқарсиз. Ушбу туманларда маҳсулот етиштириш, сақлаш, саралаш ва сотиш бўйича экспортчилар ҳамда деҳқонлар ўртасида кооперация тизимли йўлга қўйилмаган.

Шу муносабат билан мева-сабзавот экспортига беэътибор бўлган туман ҳокимлари, қишлоқ хўжалиги ва экспорт бўйича ўринбосарларига қатъий эътироз билдирилди.

Бу йил ҳудудий дастурлар доирасида республика бўйича озиқ-овқат йўналишида 833 миллион долларлик 528 та лойиҳани ишга тушириш режа қилинган. Лекин, 14 та туманда озиқ-овқат бўйича бирорта лойиҳа йўқлиги танқид қилинди.

Facebook|Instagram|X
Бу йили озиқ-овқат саноатида камида 100 триллион сўмлик маҳсулот ишлаб чиқариш ва 1 миллиард доллар экспорт қилиш режа қилинган.

Лекин, озиқ-овқат йўналишидаги айрим корхоналар айланмаси учун маблағ ола олмаган, айримлари сифат бўйича рақобатга бардош беролмаган, тежамкор технология ўрнатмагани учун таннарх баланд бўлган.

Шу каби, озиқ-овқат йўналишидаги 20 та йирик корхона хом ашё етишмаслиги, маҳсулотига бозор топиш ва айланма маблағ муаммолари сабабли қувватларини ярмини ҳам ишлатаётгани йўқ.

Мутасаддилар, ҳокимлар янги лойиҳа қилиш уёқда турсин, тайёр корхоналарга кўмак беришни ўйламаётгани кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
#O_zdavyerloyiha_DILI #Bu_qiziq #Xaritalar

NIMA SABABDAN XARITALARNI YARATISH XXI ASRDA DOLZARB VA MUHIM?

🗺Resurslarni qidirish va boshqarish: Geografik xaritalar suv, yer, o'rmonlar va foydali qazilmalar zaxiralari kabi tabiiy resurslarni qidirish va boshqarish uchun ishlatiladi. Ular yer resurslaridan samarali foydalanishni optimallashtirish, qishloq xo'jaligini yaxshilash, ekotizimlarni himoya qilish va ekologik muammolarni hal qilishda yordam beradi.

🛰Navigatsiya va sayohat: GPS va onlayn xaritalar kabi navigatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan geografik xaritalar sayohat va navigatsiyada asosiy rol o'ynaydi. Ular odamlarga marshrutlarni tez va samarali rejalashtirishda va notanish joylarda harakat qilishda yordam beradi.

🌍Geosiyosat va strategik rejalashtirish: Geografik xaritalar geosiyosiy vaziyatlarni tahlil qilish, xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish uchun muhim vositadir. Ular davlatlar mintaqaviy geografiyalarni tushunishga yordam beradi.

🏙 Shaharsozlik va infratuzilma: Geografik xaritalar shaharsozlik va infratuzilmada muhim ahamiyat kasb etadi. Ular shaharni rejalashtiruvchilarga hududning geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda binolar, yo'llar, ko'priklar, bog'lar va boshqa ob'ektlarni optimal joylashtirishni aniqlashga yordam beradi.

🕌 Madaniy meros va taʼlim: Geografik xaritalar madaniy merosni oʻrganish va saqlash, shuningdek, geografiya va tarix fanlarini oʻqitish va ommalashtirish uchun foydalaniladi. Ular odamlarga ularning ildizlari, tarixi va dunyodagi o'rnini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Umuman olganda, geografik xaritalar zamonaviy dunyoning ajralmas qismi bo'lib qolmoqda hamda hayot va faoliyatning turli sohalarini xaritalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati #Navro_z

💼“O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Navvilyerloyiha” bo’linmasida 2024-yil 20-mart kuni “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro’z!” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus 5 ta yo’nalish bo’yicha tadbir tashkil etildi.

Tadbirda:

1-bosqichda madaniyat va san’at yo’nalishida xodimlar baxrubayt she'riyat bo’yicha ishtirok etdilar.

2-bosqichda sportning shaxmat, milliy sport turlaridan arqon tortish, arqonda sakrash, tosh ko’tatish bo’yicha bellashdilar.

3-bosqichda kitobxonlik yo’nalishi bo’yicha xodimlar savollarga javob berishdi.

4-bosqichda Bo’linma xotin-qizlari o’rtasida karving usulida meva va sabzavotlar tayyorlandi.

5-bosqichda Xodimlarning kompyuter sovodxonligi sinovdan o’tkazildi.

😊Tadbir yakuniy natijalariga ko’ra 1-o’rinni qo’lga kiritgan xodimlarga bo’linma direktori tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha #Bahor_nafasi #Navro_z

🌸BAYRAM MUBORAK!

Navro‘z — tabiat yasharishi va yangilanishi, mehr-muruvvat, ezgulik, qut-baraka va unumdorlik ramzi.

Yurtimizdan tinchlik-xotirjamlik, qalblaringizdan baxtu saodat, oilalaringizdan quvonch va farovonlik, dasturxonlaringizdan to‘kin-sochinlik arimasin.

Hayotingizda har doim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, ishlaringizga omad va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Hukumat qarori bilan endilikda yaylov yerlari ham raqamlashtiriladi, ularning elektron xaritalari ishlab chiqiladi
#23mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Наманган қулай иқлим шароитига эга, бу ерда азалдан мева-сабзавотчилик ривожланган.

Лекин, мева-сабзавот экспорти мавжуд имкониятга мос эмас. Агар иш тўғри ташкил қилинса, экспортни 3-5 баробар ошириш мумкинлиги таъкидланди.

Шу муносабат билан мева-сабзавот экспортини кўпайтириб, экспорт географиясини кенгайтириш бўйича вазифалар белгилаб олинди.

Деҳқонларга берилган 18 минг гектарга карантин инспекторлари боғланиб, экспортбоп маҳсулотлар етиштириш ташкил этилади, 54 минг гектарнинг агрокимёвий харитаси ишлаб чиқилиб, 18 минг гектари “GSP+” талабларига мослаштирилади.

Facebook|Instagram|X
Вилоятда мева-сабзавотнинг атиги 8 фоизи, гўштнинг 28 фоизи ва сутнинг 9,5 фоизи қайта ишланади.

Косонсой ва Чортоқ мева-сабзавотчиликка ихтисослашган бўлса-да, бирорта қайта ишлаш корхонаси мавжуд эмас. Мингбулоқ, Норин, Чортоқ ва Попда мева-сабзавот ва сут, Наманган ва Чортоқда гўштни қайта ишлаш қуввати етишмайди.

Йил якунигача мева-сабзавотни қайта ишлаш йўналишида 62 та лойиҳани ишга тушириш, Косонсой ва Попда йирик чорвачилик кластерлари фаолиятини йўлга қўйиш, Попда асал ишлаб чиқариш бўйича йирик корхонани ташкил этиш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozdavyerloyiha #jurnal

“O‘ZBEKISTON ZAMINI”— AGRAR SOHADAGI ILMIY-AMALIY VA INNOVATSION JURNAL

📗O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida “O‘zbekiston zamini” nomli jurnali 2019-yil 10-yanvarda 1006-son bilan ilmiy-amaliy va innovatsion jurnal sifatida ro‘yxatga olindi va chop etila boshlandi.

👉Ushbu jurnal haqida batafsil saytimizda maqola va videointervyu ko‘rinishda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O‘zbekiston-2030» strategiyasi: yaylovlar va ulardagi yer osti suvlarini muhofaza qilish
#29mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳасини амалга ошириш ҳамда чиқиндиларни бошқаришни такомиллаштириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам реализации проекта "Яшил макон" и совершенствованию управления отходами.

#Mirziyoyev #videoselektor #Yashilmakon #chiqindi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X