"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
1.01K subscribers
4.92K photos
460 videos
2 files
1.62K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Madaniy_xordiq #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati #Muzey

💼"O'zdavyerloyiha"DILI Surxondaryo viloyati bo'linmasi xodimlari bo'linma direktori boshchiligida 2001 yili Termiz shahrining 2500 yilligi arafasida bunyod etilgan «Termiziylar tarixi merosi muzeyi»ga sayohat qilishdi.

Tashqi ko‘rinishidan u XVII– XIX asrlarda barpo etilgan keyingi o‘rta asrlarga mansub madrasa qiyofasini takrorlaydi. Bino kiraverishdagi peshtoqi ziynatlangan. To‘rt tarafdagi fasadlarning ikkala qanotida gumbazsimon qubbasi bo‘lgan «guldasta» minorachalar qad rostlagan. Bosh peshtoqning kitobasida suls xatida oq rangda hadis bitilgan.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👎1
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati

Xotira bor ekan – millat barhayot

9-may Xotira va qadrlash kuni. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" instituti Surxondaryo viloyati bo'linmasi xodimlari tomonidan chellendj.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati #Umumxalq_hashari

"O'ZDAVYERLOYIHA" INSTITUTIDA UMUMXALQ HASHARI

💼Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami shodiyonalari munosabati bilan "Mahalla obod — yurt obod!" shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.  "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti "Survilyerloyiha" bo'linmasida umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati

🌸Ayol-jamiyat gultoji. U ulkan bunyokorliklar, mislsiz go'zalliklar andozasidir. Ayniqsa, qishloq muhitida istiqomat qiladigan, qirqta joni mehnatda bo'lgan, shunday bo'lsada hamisha ayollik nafosati, latofati aks etgan qishloq ayollari haqida soatlab ijobiy ta'riflarni keltirish mumkin.

💼"O'zdavyerloyiha"DILI Surxondaryo viloyati "Survilyerloyiha" bo'linmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlari 15-oktabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan viloyatda o'tkazilayotgan ma'naviy tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati

▶️"Survilyerloyiha" bo'linmasida milliy qadriyatlarimizga xos ravishda, iliqlik va ezgulik ramzi bo'lgan milliy taom sumalak tayyorlanmoqda.

Sumalak - o'zbekona qadriyatlarimizning milliy durdonasidir.
Bundan tashqari xalqimizning ming yillik qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan milliy va afsonaviy taom bo'linma xodimlariga bahoriy kayfiyat ulashdi.


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati #8mart

💐 Mehribon va fidoiy ayollarga ehtirom! 💐

💼 Bugun "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Surxondaryo viloyati bo'linmasida 8-mart XALQARO XOTIN-QIZLAR bayrami munosabati bilan ayollarimizga bayram tabriklari yo'llandi.

💠Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgani va shunday bo‘lib qolishi haqida so'z borib, Munis ayollarimizga esdalik sovg'alari topshirdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍732
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati

9-aprel — Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag'ishlangan challenge

Amir Temur bobomizning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik, harbiy, jangovar va boshqa sohalardagi ulkan merosi ulug'dir.

😄U nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor sifatida ham tarixda iz qoldirgan. Amir Temur zabt etgan shaharlarida bunyodkorlikka qo‘l urganligi haqida ayrim manbalarda yozilgan. Bu fikrni uning o‘zi «Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga 10 g‘isht qo‘ydirdim. Bir daraxt kestirsam, o‘rniga 10 ta ko‘chat ektirdim», — deya ifodalagan.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo_viloyati

Xotira bor ekan – millat barhayot

9-may Xotira va qadrlash kuni. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" instituti Surxondaryo viloyati bo'linmasi xodimlari tomonidan chellendj.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1