"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
981 subscribers
4.41K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
XALQARO DAVRA SUHBATI QIZG'IN O'TMOQDA

🔰Ayni damda Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusidagi xalqaro davra suhbati boshlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov so‘nggi yillardagi degradatsiya oqibatlari yaylovlar hosildorligining pasayishiga, o‘simliklar bioxilma-xilligi va chorva mollari ozuqa bazasining kamayib ketishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalar ekan, bu holatning oldini olish va bartaraf etishda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Biroz avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan "Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish" mavzusidagi xalqaro davra suhbati davom etmoqda.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashib, mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirdi:

"Hammamizga maʼlumki, bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan qurg‘oqchilik, cho‘llanish va degradatsiya masalalaridir. Avvalgi tadbirlarimiz yaylovlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangandi. Bugun esa mavzuni kengaytirib, yer islohotlarini ham qo‘shdik. Yaʼni yerga bo‘lgan huquq va uni kuchaytirish orqali tadbirkorlarimiz hamda yer egalarining mulkiga bo‘lgan investitsiyani ko‘paytirish va bu orqali yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha ishlarni muhokama qilish uchun ushbu davrada yig‘ildik. Shu o‘rinda bir masalani aytib o‘tish kerakki, respublikamizning qariyb 60 foizini qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etadi. Shundan 21 mln gektari bu tabiiy yaylovlardan iborat va ularda chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etadi, ulardan ozuqa bazasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi davra suhbatida juda ko‘p olimlarimiz mavzu dorasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, muammoga birgalikda yechim topishga harakat qilamiz".

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #investitsiya #yerlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YAYLOVLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

👥2023-yil 7-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan «Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish» mavzusidagi davra suhbati yer resurslaridan oqilona foydalanish muammosining yechimini izlashga bag‘ishlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad keng jamoatchilikning, xususan, olimlar va mutaxassislarning e’tiborini yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda barqaror boshqarish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning samarali yechimi bo‘yicha islohotlarni belgilab olish bo‘ldi.

#davra_suhbati #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #Ozdavyerloyiha #yaylovlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PhD #Ilm_innovatsiya #Doktorantura #Falsafa_doktori

😊"O'ZDAVYERLOYIHA" DAVLAT ILMIY LOYIHALASH INSTITUTI DOKTORANTI NORQULOV MUSURMON NORBAYIVICH QISHLOQ XO'JALIGI FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI DIPLOMINI OLDI

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti falsafa doktori NORQULOV MUSURMON NORBAYIVICH

🔠 “Tog‘ va tog‘oldi yaylovlaridan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati misolida)”mavzusida yoqlab,

06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori diplomini oldi.

💼Diplomni "O'zdavyerloyiha" DILI Bosh direktori Texnika fanlari doktori Professor Ruhiddin Turayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Tayinlov #Hududiy_bo_linmalar #Toshkent_viloyati

0️⃣0️⃣0️⃣

💼"O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti “Toshvilyerloyiha” Toshkent viloyati bo‘linmasi direktori lavozimiga AKRAMOV ISLAM LUQMANOVICH tayinlandi

❤️Tayinlovga qadar Islam Akramov qadar "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti markaziy apparatida Ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Tayinlov #Markaziy_apparat

0️⃣0️⃣0️⃣

💼"O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i lavozimiga KARIMOV SAN'AT ILXOMOVICH tayinlandi

❤️Tayinlovga qadar San'at Karimov qadar "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti markaziy apparatida O'quv tajriba xo'jaligida ish boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLANGAN O‘RINBOSARLAR TANISHTIRUVI BO‘LIB O‘TDI

👥Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlik tizimidagi agentlik va qo‘mitalar, tizim tashkilotlari rahbarlari va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Unda agrar sohaning barcha tarmoqlarini birdek rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosari Botir Normahmadovich Tog‘aev va vazir o‘rinbosari Alisher Nematullaevich Shukurov jamoaga tanishtirildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning buyrug‘i bilan vazirlik kotibiyat rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Asliddin Rashidovich Bozorov ham tanishtirildi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НОВЫХ НАЗНАЧЕННЫХ ЗАМЕСТИТЕЛЕЙ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

👥Сегодня в совещании под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова приняли участие руководители агентств и комитетов в системе министерства, руководство структурных подразделений и начальники управлений Минсельхоза. В ходе которого была проанализирована работа, проводимая по целостному развитию всех отраслей аграрного сектора, и определены основные задачи, требующие реализации.

В ходе мероприятия были представлены новые заместители министра сельского хозяйства – первый заместитель министра Ботир Нормахмадович Тогаев и заместитель министра Алишер Нематуллаевич Шукуров, назначенные соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан.

Также был представлен Аслиддин Рашидович Бозоров, начавший работать первым заместителем руководителя секретариата министерства согласно приказу министра сельского хозяйства Азиза Воитова.

#vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi #tayinlov #tanishtiruv #министр #Министерство_сельского_хозяйства #назначение

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Туркман халқининг миллий етакчиси Гурбангули Бердимуҳамедов ва Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов билан учрашди

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречи с Национальным лидером туркменского народа Гурбангулы Бердымухамедовым и Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_aloqalar #Hududiy_bo_linmalar #Suhbat

YOSHLAR TOMONIDAN BERILGAN TAKLIFLAR AMALIYOTGA JORIY ETILMOQDA

🟦🟦🟦🟦

💼Xabaringiz bor 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan Qishloq xo'jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan Surxondaryo viloyatida III-Yoshlar Forumi bo'lib o'tgan edi.

🌀Mazkur forum doirasida Rahbar va yoshlar ochiq muloqotida viloyatdan kelgan mutaxassislar tomonidan har bir hududiy bo'linmalarda xalqaro bilim va tajribalarni o'z bo'linmalarida mukammal o'rganish maqsadida Xalqaro munosabatlar bo'yicha mutaxassis joriy qilinishi bo'yicha taklif bilan chiqishgan edi.

Bugun institutning markaziy apparatida Bosh direktor o'rinbosari G'ofurjon Parpiyev, Xalqaro munosabatlar bo'limi boshlig'i Aziz Aliyev hamda bo'lim mutaxassisi Kamola Haitovalardan tashkil topgan ishchi guruh, viloyatlardan taqdim etilgan nomzodlar bilan suhbat o'tkazmoqda.

🌍Qayd etish joizki har bir soha rivojida zamon talablari bo'yicha ilg'or bilim va ko'nikmalarni joriy qilish o'z samarasini beradi hamda mutaxassislarning kasbiy maxorati oshishida muhim o'rin tutadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM