"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
981 subscribers
4.41K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Yoshlar_forumi #Surxondaryo #Qishloq_xo_jaligi_vazirligi #OAV_biz_haqimizda

🟦🟦🟦🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠
📰
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

💼"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" SHIORI OSTIDA QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI YOSHLAR FORUMI 2023, SURXONDARYO

https://uza.uz/uz/posts/surxondaryoda-yoshlar-zham-boldi_495848


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“AGRAR SOHA YOSHLARI” RESPUBLIKA FORUMI BO‘LIB O‘TDI

📚Bugun 24-iyun kuni Toshkent shahrida “Agrar soha yoshlari” respublika forumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

30-iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlab, vazirlik va "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan o‘yinda Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari, vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, agentlik va qoʻmitalarning yosh davlat xizmatchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

👥Intellektual o‘yinda 36 ta jamoa tarkibida 216 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Forumga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi:
"Hurmatli forum ishtirokchilari! Sir emas, qishloq xo‘jaligida yoshlarimiz juda faol, aqlli va dono. Men buni bir necha bor taʼkidlab o‘tganman. Хususan agrar sohaning 40 foizi siz aziz yoshlardan iborat. Bugun yuz-ko‘zingizdagi qatʼiyatdan, ishonchdan ko‘rinib turibdiki, sizlar bilan hali ko‘p yangi maqsadlarni, rejalarni birgalikda amalga oshiramiz!"

Shundan so‘ng forumning kulminatsion nuqtasiga yetib kelindi. Yaʼni bahslarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, g‘oliblik shohsupasiga yetib kelgan jamoalarni Aziz Voitov va vazir maslahatchisi Eshmirza Abdualimov qutlashdi.

🥇1-o‘rin — “Termiz forever” jamoasi;
🥈2-o‘rin — “ISKAD” jamoasi;
🥉3-o‘rin — “Sigma” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

#vazir #agrar_soha_yoshlari #zakovat #intellektual_oyin

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi #O_zdavyerloyiha

27-IYUN MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

📃 Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, soʻz yuki, masʼuliyati mujassam bo'lgan sharafli vazifani bajarib kelayotgan soha xodimlari borki, ularsiz jamiyatni tasavvur qilish qiyin. Shubhasiz, bu ommaviy axborot vositalari xodimlaridir!

📝 Hurmatli Matbuot va Ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Sizlarni O'zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash isntituti jamoasi kasb bayramingiz bilan muborakbod etadi.

💼 Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin!


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUDUDLAR O‘Z GEOPORTALLARIGA EGA BO‘LDI

💻Joriy yilning 23-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tegishli tizim tashkilotlari uchun hududlarga maxsus ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi geoportallaridan foydalanish mavzusida seminar o‘tkazildi.

Geoportallar – fazoviy maʼlumotlar resurslarini vizual ko‘rish va foydalanish uchun eng qulay servis hisoblandi.

Geoportalda hududlardagi yerdan foydalanuvchilar, yer chegaralari, konturlar va ekinlariga oid, tuproq, 8 ta asosiy ekinlar monitoringi, shu jumladan, kosmik suratlarning tahlillari bo‘yicha ekinlar vegetatsiyasi, tuproq va o‘simlik namligi, o‘simlikdagi azot miqdori to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.
*****
РЕГИОНЫ ПОЛУЧИЛИ В АРСЕНАЛ СОБСТВЕННЫЕ ГЕОПОРТАЛЫ

💻23 июня этого года для Министерства сельского хозяйства Республики Каракалпакстан, областных управлений, профильных системных организаций был проведен семинар по использованию специально разработанных для регионов геопорталов.

Геопорталы являются наиболее удобным сервисом для визуального просмотра и использования ресурсов пространственных данных.

На геопортале размещена информация о землепользоватеях в регионах, обозначены границы, контуры и посевные площади, внесены данные о почве, мониторинге 8 основных сельскохозяйственных культур, в том числе о вегетации посевов, влажности почвы и растений, о содержании азота в растениях на основе анализа данных космических снимков.

#geoaxborot_tizimi #integratsiya #geografik_axborot_tizimlari #agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Ozdavyerloyiha #sifat_tahlil_markazi #геопорталы #Центр_цифровизации_агропромышленности #Уздаверлойиха

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qurbon_hayiti #Bosh_direktor #Tabrik

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti jamoasi nomidan chin qalbimdan tabriklayman.

El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

Alloh taolo go‘zal diyorimizni, olijanob va bag‘rikeng xalqimizni hamisha o‘z panohida asrasin!


Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi doimo madadkor bo‘lsin!

Ruhiddin Amirqulovich Turayev
💼"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi #Surxondaryo #Qishloq_xo_jaligi_vazirligi


"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" SHIORI OSTIDA QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI YOSHLAR FORUMI 2023
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Ёш ер тузувчиларнинг III форуми
#30june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Yangi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi: Imkoniyatlar va istiqbollar

Ayni damda, Toshkentda “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Eslatib o‘tamiz, tadbir 3-iyulda boshlangan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etildi.
Xalqaro konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari rahbariyati va mutaxassislari bilan bir qatorda, ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlar, xorijiy mehmonlar – jami yuzga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda.

Mazkur tadbirda "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev ishtirok etmoqda.

Anjuman ikki seksiyadan iborat: “Yangi O‘zbekistonda 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligining rivojlanish strategiyasi: imkoniyatlar va istiqbollar” va “Suv resurslarini tejash zarurati – zamon talabi”.
Konferensiyani qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda, shuningdek, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Vedat Mirmahmut o‘g‘li, Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Szolt Polgar, “Swiss NeWater Holding” kompaniyasi (Shveysariya) asoschisi Klod Begl va boshqa martabali mehmonlar va ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlarning chiqishlari ko‘zda tutilgan.
Cельское хозяйство Нового Узбекистанa: возможности и перспективы

Сегодня в Ташкенте начала свою работу международная конференция «Цели устойчивого развития: продовольственная безопасность и водоснабжение». Напоминаем, что мероприятие было организовано в рамках Недели международных партнерских инициатив на тему «Новый Узбекистан: развитие, инновации и просвещение», которая стартовала 3 июля.
Помимо руководства и специалистов Минсельхоза, в международной конференции примут участие подведомственные организации, видные международные эксперты и зарубежные гости - всего около ста участников.

На данном мероприятии принимает участие Генеральный директор ГНПИ "Узгипрозем" Рухиддин Тураев.

Конференция состоит из двух секций: «Стратегия развития сельского хозяйства Нового Узбекистана до 2030 года: возможности и перспективы» и «Необходимость экономии водных ресурсов – требование времени».
Открыл конференцию вступительным словом министр сельского хозяйства Азиз Воитов.
В мероприятии также приняли участие советник министра сельского и лесного хозяйства Турции Ведат Мирмахмутсон Шолт Полгар, директор Венгерского исследовательского центра картофеля Клод Бегль, основатель швейцарской компании NeWater Holding и другие высокопоставленные лица. Помимо этого, также запланировано выступление международных экспертов.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO DAVRA SUHBATI QIZG'IN O'TMOQDA

🔰Ayni damda Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusidagi xalqaro davra suhbati boshlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov so‘nggi yillardagi degradatsiya oqibatlari yaylovlar hosildorligining pasayishiga, o‘simliklar bioxilma-xilligi va chorva mollari ozuqa bazasining kamayib ketishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalar ekan, bu holatning oldini olish va bartaraf etishda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM