"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Foto_reportaj #Jarayon #Dissertatsiya #doktorantura

06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi jarayoni.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dissertatsiya #PhD #Ilm_innovatsiya #Doktorantura

TOG‘ VA TOG‘OLDI YAYLOVLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARINI ISHLAB CHIQISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti doktoranti Norqulov Musurmon Norbayivich “Tog‘ va tog‘oldi yaylovlaridan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi 06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi jarayoni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Surxondaryo

🚜SURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA O‘QUV-TAJRIBA XO‘JALIGI MAYDONLARIDA BIRINCHI HOSIL

🇺🇿Joriy yilning 27-sentabr sanasida Vazirlar Mahkamasining 527-son qaroriga asosan:

«O‘zdavyerloyiha» davlat ilmiy-loyihalash institutining Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari bo‘linmalarida qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etishi bo‘yicha topshiriqlar belgilangan.

Qarorga muvofiq Surxondaryo viloyati bo'linmaiga Qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish uchun Jarqo'rg'on tumani Oqtepa massivida ajratiladigan yer uchastkasining 10 gektar yer maydonida arpa ekilib, viloyatlar bo‘yicha ilk mo‘l hosil olindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI "O'ZDAVYERLOYIHA" DAVLAT ILMIY LOYIHALASH INSTITUTI
1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI BILAN BARCHA BOLAJONLARNI TABRIKLAYDI
!

Bolalikdagi ta'm👧🏻👦🏻👶🏻... Oila jamuljamligida yeyilgan mazali va sersuv tarvuz🍉, ko‘cha-kuyda daraxtlarga 🌳chiqib terganimiz nordon va ishtaha ochuvchi dovuchcha🍈, bobomiz uzib bergan uzumlar🍇... Va, albatta, tandirdan endigina uzilgan shirmoy non🥯🌾.

Bolalarimizga unutilmas, shirin va baxtiyor damlar tilaymiz!

Mamlakatimiz va butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va barqarorlashtirish uchun imkoniyatlar va sharoitlar kengayib boraversin. Bularning hammasi bugun va kelajak, baxtli bolalik uchun!☀️☺️
#O_zdavyerloyiha_DILI #Huquqiy_targ_ibot

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida Huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy targ'ibot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur davra suhbati formatida bo'lib o'tgan uchrashuvda Mirzo-Ulugbek tumani IIO FMB Axborot Texnologiyalari orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlarni oldini olish bo'limi Leytenanti Inamov Akbarjon tomonidan Plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylantirish masalasida bo'lib o'tdi.

BU MUHIM!!!

So'nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari tez-tez quloqqa chalinmoqda, shu sababli sizlarni ham hushyorlikni oshirishga chaqirib qolamiz.

O'zingizni firibgarlardan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarimizga qat'iy rioya qilishingizni so'raymiz:

O'z kartangiz PIN-kodini begonalarga aytmang;
Tekshirish uchun SMS tasdiq kodini hech kimga ko'rsatmang;
Shubhali shaxslarga pul o'tkazmang;
Ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko'rinib turgan kartangiz suratini joylashtirmang.
Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo'yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo'ng'iroq qilmaydi.

Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o'zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo'lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni echib olish. Agarda sizga bunday qo'ng'iroq kelib tushgan bo'lsa, e'tibor bermang.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_Axborot #Yer_kodeksi #24_modda

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER KODEKSINING 24-2-MODDASIGA MUVOFIQ

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.

📝 Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

‼️ Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

💠 Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

🌿 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌱 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Arxivlar_kuni #Tarixga_nazar #Bu_qiziq #Yer_tuzish #Ilm_fan

💠"O'ZDAVYERLOYIHA" INSTITUTI 9-IYUN-XALQARO ARXIVLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BARCHA SOHA VAKILLARINI MUBORAKBOD ETADI.

O'ZBEKISTONDA ILK YER TUZISH TEXNIKUMI QACHON TASHKIL TOPGAN?

📐Yer tuzish sohasining tarixi deyarli ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Ana shu davrlarda ham odamlar yerning qadrini tushunishgan.

🏆O'zbekiston tarixida ilk Yer tuzish texnikumi 1924-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan bo'lib, 1931-yilda ilk bor Yer tuzuvchi muhandis hamda mutaxassislar mazkur texnikumni tamomlashgan.

🧮Texnikumlardagi ta'lim asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lgan.

💠1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazilgan. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzilgan.

💠Ma'lumot o'rnida: XX asrning 20-30 yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan.

Foto manbaa: "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti Arxivi


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZ YOSHLARI SURXONDARYODA JAM BO‘LISHDI

👥Boysun. Temir yo‘l vokzali. Bir tomonda karnay surnay sadosi, bir tomonda chanqovuzning kishini bepoyon kengliklar sari chorlovchi mayin ovozi yangramoqda. Milliy kiyinib olgan jajji bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan raqs kishi ko‘zini quvnatadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari o‘tkazilayotgan “III Yoshlar forumi” ishtirokchilari hozirgina kelib to‘xtagan poezddan tushib kelmoqda.

Viqorli tog‘lar, daraga tarovati taralgan gullar, pishqirib oqayotgan daryo. Forum ishtirokchilari Darband darasi tomon avtobuslarda borarkan yurtimizning betakror go‘zalligi o‘z nashidasini kuylayotgandek bo‘ladi. Forum ishtirokchilarining navbatdagi manzili so‘lim maskan “Xo‘jaimayxon ota” bo‘ldi.

Ushbu ziyoratgoh o‘zining bulog‘i bilan mashhur. Buloqdan bir soniyada bir necha kub metr suv yer ostidan qaynab chiqadi. Muzdek, tanga rohat beruvchi suv Boysun hamda Sherobod tumanlarini chuchuk suv bilan ta’minlaydi.

#Yoshlar_forumi #Yoshlar_kuni #forum #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi #Surxondaryo #Qishloq_xo_jaligi_vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “III Yoshlar forumi” Surxondaryo viloyatida tashkil etildi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi #Surxondaryo #Qishloq_xo_jaligi_vazirligi

🟦🟦🟦🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠

💼"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" SHIORI OSTIDA QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI YOSHLAR FORUMI 2023, SURXONDARYO


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi #Surxondaryo #Qishloq_xo_jaligi_vazirligi #OAV_biz_haqimizda

🟦🟦🟦🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠
📰
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

💼"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" SHIORI OSTIDA QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI YOSHLAR FORUMI 2023, SURXONDARYO

https://uza.uz/uz/posts/surxondaryoda-yoshlar-zham-boldi_495848


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM