"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
981 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
GIDROGRAFIK OBYEKTLARI RAQAMLI XARITASINING LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “O‘zdaverloyiha” DILI Farg‘ona viloyati bo‘linmasiga tashrif buyurdi.

“O‘zdaverloyiha” instituti bosh direktori Ruhiddin To‘raev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi muovini Saidagzam Alimov loyiha doirasida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.

Loyiha doirasida quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutilgan:

🟢elektron bazani va aerofotosuratlarni tayyorlash;
🟢yer sathi past-balandligining raqamli modelini yaratish;
🟢Suv xo‘jaligi vazirligi bilan ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash;
🟢suv omborlari, daryolar, magistral kanallar, magistral kollektorlar, shuningdek kichik kanallar, ariqlar, kollektorlar, zatvorlar, gidropostlar, nasoslar hamda gidromodul hududlarning chegaralarini aks ettirish;
🟢ichki sug‘orish tarmog‘ini raqamlashtirish va boshqalar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdaverloyiha #raqamlashtirish #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Aziz Voitov
Gidrografik obyektlarining raqamli xaritasi loyihasi

Farg‘ona viloyatiga tashrif doirasida "O‘zdaverloyiha" DILI bo‘linmasiga tashrif buyurdik hamda Gidrografik obyektlarining raqamli xaritasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan pilot loyiha bilan tanishdik.

🎯Loyiha maqsadi: Respublikaning sug‘orish hududlariga suv manbalaridan boshlab, yakuniy sug‘orish konturigacha, suvni yetkazish marshrutini qamrab olgan, barcha infratuzilma va irrigatsiya inshootlaridan iborat sug‘orish tarmog‘ining raqamli modelini yaratish.

📊 Farg‘ona viloyati irrigatsiya raqamli xaritasi:

24 813 km kanal va ariq
6 128 km kollektor
3 269 ta gidropostlar
81 667 ta sug‘orish konturlari
303 111 ga sug‘oriladigan yerlari
651 ta zatvorlar
185 ta nasoslar raqamlashtirildi


@azizvoitov
YURIDIK SHAXSLAR UCHUN QISHLOQ XO‘JALIGI MAQSADLARIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI OCHIQ ELEKTRON TANLOVLARGA CHIQARILMOQDA

💻Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini yangilangan mexanizm asosida ijaraga olish bo‘yicha ochiq elektron tanlovlarni o‘tkazish boshlanmoqda.

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2023-yil 3-aprelda 137-son qarori qabul qilingandi.

2023-yil 15-may holatiga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimida ijrochi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan ishlab chiqilgan umumiy maydoni 30,814 ming gektar bo‘lgan 886 ta lotlar “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlovlarga chiqarilmoqda:

Izoh: “E-IJARA” axborot tizimida ishlab chiqilgan lotlar to‘g‘risidagi dolzarb maʼlumotlar https://t.iss.one/eijarahisobot kanalida avtomatik tarzda chop etiladi.

#e_ijara #e_auksion #Ozdavyerloyiha

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PhD #Ilm_innovatsiya #Doktorantura #Falsafa_doktori

😊"O'ZDAVYERLOYIHA" DAVLAT ILMIY LOYIHALASH INSTITUTI DOKTORANTI ESHNAZAROV DONIYOR BAXROMALIYEVICH TEXNIKA FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI DIPLOMINI OLDI

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti falsafa doktori ESHNAZAROV DONIYOR BAXROMALIYEVICH

☑️"Ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash uslubini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish (Farg'ona viloyati misolida)" mavzusida yoqlab,

06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori diplomini oldi.

💼Diplomni "O'zdavyerloyiha" DILI Bosh direktori Texnika fanlari doktori Professor Ruhiddin Turayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PhD #Ilm_innovatsiya #Doktorantura #Falsafa_doktori

😊"O'ZDAVYERLOYIHA" DAVLAT ILMIY LOYIHALASH INSTITUTI DOKTORANTI ABDULLAYEVA MAXFUZA TULQINOVNA QISHLOQ XO'JALIGI FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI DIPLOMINI OLDI

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti falsafa doktori ABDULLAYEVA MAXFUZA TULQINOVNA

☑️"Qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish usullarini takomillashtirish" mavzusida yoqlab,

06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida Qishloq xo'jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori diplomini oldi.

💼Diplomni "O'zdavyerloyiha" DILI Bosh direktori Texnika fanlari doktori Professor Ruhiddin Turayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #Konferensiya #Belarus

2023-yil 18-19-may kunlari Milliy kadastr agentligi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Ko‘chmas mulk. Kadastr Tahlil: 25 yil" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Anjumanda 9 davlatdan: Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Koreya va Mo'g'uliston mamlakatlaridan yer tuzish, geodeziya, kartografiya, yer resurslarini raqamlashtirish va boshqa fazoviy ma’lumotlarni yaratish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilariga Davlat mulk qo‘mitasi raisi Dmitriy Matusevich tabrik so‘zi bilan murojaat qildi va u Milliy kadastr agentligi xodimlarini 25 yillik yubileyi bilan tabriklab, ularga ijodiy muvaffaqiyatlar va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Konferentsiyada geoaxborot tizimlarining bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichga o'tgani alohida ta'kidlab o'tildi.

Mazkur konferensiyada "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Qishloq xo'jaligi yerlarini raqamlashtirish" mavzusida o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, tashkilot yubileyi munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot uchun: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti qishloq xo'jaligi yerlari, gidrografik obyektlarni raqamlashtirish sohasida keng ko'lamli ishlarni olib bormoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #OAV_Biz_haqimizda

Bugun "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti doktorantlari xalqaro FAO tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Sho‘rlangan tuproqlar bo‘yichq xalqaro tarmoq yig‘ilishida ishtirok etishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“E-IJARA” AXBOROT TIZIMI FOYDALANUVCHILAR UCHUN YANADA QULAY BO‘LDI

💻Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushayotgan ko‘plab savollarni tahlil qilgan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimining barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan qismida qo‘shimcha qulayliklar joriy etildi:

🟢Ochiq elektron tanlovlarda yutilgan lotlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish holati, jumladan shartnoma bekor qilinganda “E-AUKSION” elektron savdo platformasida tanlovlarda qaytadan ishtirok etishga ruxsat berilganini tekshirish.
🟢Tanlovlarda ishtirok etgunga qadar yangi mexanizm asosida mo‘ljaldagi ballarni hisoblash imkoniyati.
🟢Yerning normativ qiymati boʻyicha olingan majburiyatlar ijara muddatiga taqsimlagan holda hisoblash imkoniyati.

Foydalanuvchilar yuqoridagi imkoniyatlardan https://e-ijara.uz saytining “Qulayliklar” bo‘limida foydalanishlari mumkin.

#e_ijara #e_auksion #elektron_tizim
*****
ИНФОРМАЦИОННАЯ СИСТЕМА «E-IJARA» СТАЛА ЕЩЁ УДОБНЕЕ ДЛЯ ПОЛЬЗОВАТЕЛЕЙ

💻На основании анализа множества вопросов, поступащих через социальные сети, в информационную систему «E-IJARA» Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, предназначенную для широкого круга пользователей, введены дополнительные удобства:

🟢Проверка статуса оформления документов по лотам, выигранным в открытых электронных конкурсах, а также проверка наличия разрешения на повторное участие в конкурсах на электронной торговой площадке «E-AUKSION» при расторжении действующего договора;
🟢Возможность расчета ориентировочных баллов до участия на конкурсах по новому механизму;
🟢Возможность расчета обязательств по нормативной стоимости земли с распределением на срок аренды.

Пользователи могут использовать вышеуказанные возможности в  разделе «Удобства» на сайте https://e-ijara.uz.

#электронная_платформа

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dissertatsiya #PhD #Ilm_innovatsiya #Doktorantura

TOG‘ VA TOG‘OLDI YAYLOVLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARINI ISHLAB CHIQISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)

Ayni damda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti doktoranti Norqulov Musurmon Norbayivich “Tog‘ va tog‘oldi yaylovlaridan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi 06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto_reportaj #Jarayon #Dissertatsiya #doktorantura

06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi jarayoni.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM