"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#dronlar #tarix #bu_qiziq

XX ASR BOSHLARIDA DRON

🕊Ilk aerofototasvirlar XX asr
da paydo bo‘lgan.

Eng qizig‘i, zamonaviy dronlar ajdodining ixtirochisi farmatsevt bo‘lgan.

1907-yilda nemis farmatsevti Yuliy Noybronner kaptarlardan dori-darmonlarni yetkazib berishda foydalangan. Bir kuni kaptarlardan biri qariyb to‘rt hafta davomida g‘oyib bo‘ladi va Noybronner uning kabutarlari o‘z yo‘lida qayerga uchib ketishganiga qiziqadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun u qushga osib qo‘yiladigan maʼlum vaqt oralig‘ida suratga oladigan maxsus mitti avtomatik kamerani o‘rnatadi. Shu tariqa kelgusida dronlarni yaratish bo‘yicha ilk ishlanmalarga start beriladi.

Bugungi kunda ko‘p sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham dronlardan unumli foydalanilmoqda. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan dronlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 turdagi xizmat ko‘rsatiladi. Ular qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini aniqlash, zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni va holatini monitoring qilishdan iborat.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#дроны #история #это_интересно

ДРОН В НАЧАЛЕ XX ВЕКА

Первые аэрофотоснимки появились в XX веке.

Самое интересное, что изобретателем предка современных дронов являлся фармацевт.

🕊В 1907 году немецкий фармацевт Юлий Нойброннер использовал голубей для доставки лекарств. Однажды один из голубей пропал без вести почти на четыре недели, и Нойброннер заинтересовался вопросом, куда улетел его голубь. Для решения этого вопроса он устанавливает специальную миниатюрную автоматическую камеру, которую вешает на птицу и она делает снимки через определенные промежутки времени. Таким образом, дается старт первым разработкам по созданию дронов в будущем.

Сегодня, наряду со многими сферами, дроны эффективно используются и в сельском хозяйстве. В частности, 5 видов услуг в сфере дронов оказывает НПИ «Уздаверлойиха» системы Минсельхоза. Они заключаются в определении мелиоративного состояния земель, борьбе с вредителями, мониторинге земель и состояния сельскохозяйственных культур.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI

Ayni damda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi bilan o'zaro hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur uchrashuv doirasida “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi BITIMni imzolash hamda “Belgiprozem loyihalash instituti” RUK bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi tadbirlar rejasinining muhokamasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Farg_ona

Xabaringiz bor, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutiga “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi mutasaddilari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda.

Bugun “Belgiprozem loyihalash instituti” vakillari Institutning Farg‘ona viloyati bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Markaziy_apparat

"O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutiga Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqa (tarmoq) markazi tinglovchilari (Toshkent davlat agrar universiteti, Buxoro davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Samarqand Agrobitexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Namangan muhandislik- texnologiya institutining professor o‘qituvchilari) tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ular Hukumat qarorlari asosida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishishdilar.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Ozdavyerloyiha #Uzbekistan #Bellorussiya

“O‘ZDAVYERLOYIHA” DILI VA “BELGIPROZEM” O‘RTASIDA HAMKORLIK BITIMI

🤝Yaqinda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bilan Belarus Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Сотрудничество #Уздаверлойиха #Узбекистан #Республика_Беларусь

СОГЛАШЕНИЕ О СОТРУДНИЧЕСТВЕ МЕЖДУ ГНПИ «УЗДАВЕРЛОЙИХА» И «БЕЛГИПРОЗЕМ»

🤝На днях Государственный научно-проектный институт «Уздаверлойиха» Министерства сельского хозяйства Узбекистана и Республиканское унитарное предприятие «Проектный институт Белгипрозем» при Государственном комитете по имуществу Республики Беларусь подписали соглашение о сотрудничестве.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Давлатимиз раҳбари вилоятдаги айрим ечимини кутаётган масалаларга тўхталди.

Вилоят иқтисодиёти фақатгина йирик корхоналарга қараб қолмаслиги кераклиги таъкидланди. Тадбиркорликни кўпроқ ривожлантириш, бўш ётган ер участкаларидан самарали фойдаланиш лозимлиги кўрсатиб ўтилди.

Навоийда саноатни янада ривожлантириш учун жуда катта захира ва имкониятлар бўлгани билан, улар тўлиқ ишга солинмаётгани қайд этилди.

Ишсиз ёшлар ва ёрдамга муҳтож аёллар касбга ўқитиш, бандлигини таъминлаш зарурлиги таъкидланди.

Қишлоқ хўжалигида мавжуд салоҳият тўлиқ ишга солинмаётгани кўрсатиб ўтилди. Навоий ҳудудида 8,5 миллион гектар яйловлар бўлгани билан қўйчилик ва қоракўлчилик вилоятнинг драйверига айлангани йўқ.

Ижтимоий соҳада ҳам аҳолини қийнаётган масалалар етарли. Биргина “Ташаббусли бюджет” доирасида 326 та маҳалла томонидан 2 минг 346 та энг долзарб муаммо кўтарилган.

Facebook|Instagram|Twitter
Қишлоқ хўжалигида маҳсулот етиштиришни 2 бараварга ошириб, 100 минг нафар аҳолини банд қилиш зарурлиги таъкидланди.

Номзод ўз тақдимотида бу борадаги режаларини кўрсатди.

Давлатимиз раҳбари мутасаддиларга:

- келгуси йилда Хатирчи, Кармана, Навбаҳор, Қизилтепа ва Нуротадаги 72 та маҳалла атрофидаги 5 минг гектарда сув таъминотини яхшилаб, узумзор ва мевали боғлар барпо этишга 4 миллион доллар йўналтириш;

- келгуси йилда Конимех, Томди ва Учқудуқ яйловларида қудуқ қазишга 10 миллиард сўм субсидия ажратиш;

- 1,5 минг гектарда яйлов ўсимликлари уруғчилиги хўжалиги ҳамда 5 минг гектарда каврак плантацияларини барпо этиш;

- дала ва йўл четларида 6 миллион дона тут кўчатини экиш ва ипакчиликда 58 минг аҳоли бандлигини таъминлаш;

- келгуси йилда қоракўлчилик ва қўйчилик лойиҳаларига 20 миллион доллар ажратиш;

- келгуси йилда 10 миллион доллар инвестиция ҳисобидан Кармана ва Хатирчида агрологистика марказларини ишга тушириш;

- 500 минг гектар яйловларда ёшлар бандлигини таъминлаш дастурини қабул қилиш;

- дастур доирасида лойиҳаларга 15 миллион доллар ҳамда қудуқ қазишга қўшимча 20 миллиард сўм субсидия ажратишга топшириқ берди.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #O_zdavyerloyia_DILI

"DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI" PQ-373 QAROR BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

"Bugungi kunda qishloq xo'jaligi yerlarini ajratish tartibi soddalashtirilgan holda shaffof tizimga o'tkazilgan. Dehqon xo'jaligini tashkil qilish uchun 96 ming gektar yer 412 ming fuqaroga bo'lib berildi, shu bilan bir qatorda 412 ming fuqaro ish bilan ta'minlandi" - deydi "O'zdavyerloyiha" DILI Bosh direktori
R.A. Turaev


📌Ma'lumot o'rnida: Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamentiga asosan "O'zdavyerloyiha" DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Ozbekiston #Ozdaverloyiha

“DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI” PQ-373 QAROR BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA

🎥O‘zbekiston telekanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 373-sonli qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “O‘zdaverloyiha” DILI bosh direktori R.To‘rayev bilan intervyu tayyorlangan.

Lavhada bugungi kunda qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish tartibi soddalashtirilgan holda shaffof tizimga o‘tkazilganligi hamda dehqon xo‘jaligini tashkil qilish uchun 96 ming gektar yer 412 ming fuqaroga bo‘lib berilib, shu bilan bir qatorda 412 ming fuqaro ish bilan ta‘minlanganligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM