"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
988 subscribers
4.42K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Xalqaro_universitet #O_zdavyerloyiha #Innovatsiya

👨‍🎓👩‍🎓Avval xabar berganimizdek, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti ochilish marosimi munosabati bilan universitet hududida soha
yangiliklarini ko‘rsatish uchun ko‘rgazma tashkil etilgan.

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti o‘z ko‘rgazma burchagi bilan ishtirok etmoqda.

Tashkilot tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali burchak kuzatuvchilar qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek ko‘rgazma jarayonida master klass tashkil qilinib ilk parvoz bo‘lib o‘tdi.
#E_lon #O_zdavyerloyiha_DILI #Doktorantura

Qishloq xo‘jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" DILI 06.01.10-Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi ixtisosligi bo'yicha 2023 yil uchun tanlov e'lon qiladi.

Doktorantura (DSc) - 1 ta
Tayanch doktorantura (PhD)- 8 ta
Stajyor-tadqiqotchi - 2 ta

Talabgorlar: https://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro'yxatdan o'tadilar.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Ilm_fan #yer_monitoringi #o_quv_qo_llanma

📚 Xabaringiz bor, joriy yilda “O‘zdavyerloyiha” DILI Bosh direktori, texnika fanlari doktori, Turayev Ruhiddin Amirqulovich tomonidan "Yer monitoringi" o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.

Mazkur qo'llanma oliy o‘quv yurtlarining

Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish

Yer kadastri va yerdan foydalanish

kabi bakalavriat va magistratura mutaxassiliklari ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, o‘quv qo‘llanmadan nafaqat yer tuzuvchilar, tuproqshunoslar, melioratorlar, ilmiy izlanuvchilar hamda qishloq xo‘jaligi soha mutaxassislari ham keng foydalanishlari mumkin.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#yer_uchastkasi #ijaraga_berish

♻️ Surxondaryo viloyatida “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 10.09.2022-y. PQ-373 qarori bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha viloyat kesimida:

📊 6 390,79 gektar maydonda 29 943 ta lot tayyorlangan;
📊 5 682,84 gektar maydonda 28 103 ta lot bo‘yicha “E-Auksion” elektron savdo platformasida tanlov g‘oliblari aniqlangan.

♻️ Surxondaryo viloyatida 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 7 797 gektardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga asosan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
♻️ Andijon viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2022-y. PQ-373 qarori bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📊 I-bosqichda 4413 gektar maydondan 4401,33 gektar 43511 ta lot tayyorlangan va tanlov g`oliblariga yer uchastkasini joyida ko`rsatib berilgan;

Bugungi kunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish II-bosqichi bo‘yicha viloyat kesimida:

📊 4000 gektar maydondan 2850,2 gektar maydonda 18 693 ta lot tayyorlangan;
📊 1541,3 gektar maydonda 10 180 ta lot bo‘yicha “E-Auksion” elektron savdo platformasida tanlovga qo`yilgan.

♻️ Andijon viloyatida 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 8413 gektardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga asosan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdaverloyiha” DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1oktabr #Ustoz_murabbiylar_kuni

🔹 Bugun, «1-oktabr—Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan "O`zdavyerloyiha" DILI "Survilyerloyiha" bo`linmasida uzoq yillar davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan, hozirda nafaqada bo`lgan mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda ko‘p yillik samarali faoliyati, fidokorona mehnatlari va soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan tizimdagi yosh xodimlarning murabbiyiga aylangan faxriy ustozlarimizni "Survilyerloyiha" bo`linmasi rahbari E.Rajabov tomonidan esdalik sovg`lari bilan taqdirlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #1_oktabr #Ustoz_va_murabbiylar_kuni #Yoshlar_tabrigi

1-OKTABR "USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI"

Ustoz bu barchamiz uchun boshlagan har bir ishimizda yo'lboshchi bo'lib, to'g'ri yo'nalish bera olgan fidoiy insondir.

Sohamizda faoliyat olib borayotgan barcha ustozlarimizni institut yoshlari nomidan muborakbod etamiz.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🌸📚📖📙
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan barcha pedagoglar ва murabbiylarni kasb bayrami bilan qutlab, ularga mustahkam sog‘lik, ishlariga rivoj, baxt va farovonlik tilayman.

O‘qituvchi va murabbiylarning sohaga qo‘shayotgan hissasi katta. Bizga bilim berayotgan haqiqiy Pedagoglar axloqiy qadriyatlarni shakllantiribgina qolmasdan, insonning shaxs va malakali mutaxassis sifatida to‘g‘ri yo‘l tanlashiga ko‘maklashadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda asosiy va professional taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor berilmoqda, bu esa kelgusida turli sohalarda kadrlar salohiyatini oshirish imkonini beradi. Mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi ta‘limiga ixtisoslashgan 5 ta oliy ta‘lim muassasasida 1200 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Taʼlim berishda zamonaviy yondashadigan murabbiylar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Muvaffaqiyatli xorijiy taʼlim uslublarini jalb qilish va joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xuddi shu maqsadda yurtimizda ilk bor Markaziy Osiyoda yagona Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etildi. Uning professor o‘qituvchilar tarkibi Yevropa davlatlarining tajribali pedagoglaridan iborat.

Aziz o‘qituvchi va murabbiylar!
🇺🇿🌸📚📖📙💻🖥

Sizni yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklayman! Berayotgan bilimingiz, mehr va eʼtiboringiz, fidoyiligingiz, mamlakat salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissangiz oldida chuqur taʼzimdaman.

Hurmat va ehtirom bilan,
qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH VA SANITARIYA-MUHOFAZA ZONALARINI BELGILASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.12.2019 yildagi 981-son qaroriga muvofiq)

💧Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini tashkil qilish bo‘yicha loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqiladi.

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan viloyat kesimida kanal va zorvurlarning muhofaza zonasini belgilash bo‘yicha 417,77 km masofada ya’ni:

Angor tumani- 74,8 km
Muzrabot tumani- 71,3 km
Sariosiyo tumani- 69,8 km
Sherobod tumani- 201,87 km masofada

kanal va zorvurlarning muhofaza zonasini belgilab berilgan.

BATAFSIL

Elmurod Rajabov
“Survilyerloyiha” bo’linmasi direktori

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
Будапешт шаҳрида расмий ташриф билан Венгрияда бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

В городе Будапеште состоялась официальная церемония встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, совершающего официальный визит в Венгрию.

#Mirziyoyev #tashrif #Vengriya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter