"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
981 subscribers
4.41K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Pridzidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

__________________________________
O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Pridzident_tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!

Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga to‘lib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Ushbu saodatli onlarda hammamiz avvalo Iyd al-adho bayramiga el-yurtimiz bilan birgalikda tinchlik-omonlik va sihat-salomatlikda yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytishimiz tabiiydir.

Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.

Muqaddas Qur’oni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlikka chaqirilgan, xususan, “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” – deya marhamat qilingan.

Hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va mustahkamlashdek o‘tkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.


Hurmatli do‘stlar!

Alloh taolo tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning sha’ni, qadr-qimmati va hurmatini ulug‘lash kabi muqaddas tushunchalarni o‘zida aks ettirgan ushbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish borasida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang ekani bilan ham ayniqsa e’tiborlidir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga har tomonlama e’tibor qaratilmoqda. Tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, ko‘hna masjid va madrasalarni obod qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotgani barchangizga yaxshi ma’lum.

Ayniqsa, fuqarolarimizning diniy e’tiqod borasidagi huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanib, mo‘min-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar.

Bu haqda so‘z yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan so‘ng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega bo‘lgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini ta’kidlash lozim.

So‘nggi yillarda shakllangan ezgu an’anamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari yurtdoshlarimizga bu ayyomni o‘z oilasi va yaqinlari bag‘rida yanada mazmunli o‘tkazish, go‘zal va betakror yurtimiz bo‘ylab ko‘ngilli sayohatlarni amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi.

Biz tabarruk dinimiz va o‘lmas qadriyatlarimiz, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot an’analari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos ma’naviy kuch bo‘lib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.

Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida yashayotgan musulmon do‘st va birodarlarimizni, xorijiy hamkorlarimizni ushbu mo‘’tabar ayyom bilan qutlab, ularga bardavom tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.

El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

Alloh taolo go‘zal diyorimizni, olijanob va bag‘rikeng xalqimizni hamisha o‘z panohida asrasin!

Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi doimo madadkor bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Manbaa: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIPREZIDENTI
#Qurbon_hayiti #Bosh_direktor #Tabrik

Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar !
Qurbon hayiti muborak bo'lsin !


Ruhiddin Amirqulovich Turayev
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Кўксарой" қароргоҳида Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедовни кутиб олди.
Олий мартабали меҳмонни расмий кутиб олиш маросими бўлди.
Сўнг Президентлар расмий делегациялар аъзоларини бир-бирига таништирди.
Биргаликда суратга тушиш маросимидан сўнг давлат раҳбарлари тор доирада музокара ўтказиш учун мўлжалланган залга ўтдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретил Президента Туркменистана Сердара Бердымухамедова в резиденции «Куксарой».
Состоялась торжественная церемония официальной встречи высокого гостя.
Далее Президенты представили друг другу членов официальных делегаций.
После совместного фотографирования главы государств перешли в зал для проведения переговоров в узком формате.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇹🇲 Инфографика: Ўзбекистоннинг Туркманистон билан савдо алоқаси

Ўзбекистон ташқи савдосида Туркманистоннинг улуши умумий савдо айланмасида — 2,1%, экспортда — 1,2% ва импортда — 2,8% ни ташкил этди.

● 2021 йилда Ўзбекистон ва Туркманистон ўртасидаги икки томонлама савдо ҳажми 902,0 млн долларни ташкил этиб, 2020 йилга нисбатан 67,6% га ўсди.

● 2022 йил январь-май ойларида мамлакатлар ўртасидаги товар айирбошлаш ҳажми 322,6 млн долларни ташкил этди ва 2021 йилнинг шу даврига нисбатан 1,2% га ошди.

▫️экспорт $62,9 млн.
▫️импорт — $259,6 млн.

✍️ Ўзбекистон ва Туркманистон ўртасида имзоланган Битимга мувофиқ икки давлат ўртасида эркин савдо режими ўрнатилди.

📄 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
ENG YAXSHI INVESTITSIYA - BILIMGA QILINGAN INVESTITSIYADIR.

📈"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti yosh olimlarga juda katta imkoniyatlar yaritib bermoqda hamda soha kelajagiga naf keltiradigan bir biridan bilimdon kadrlarni yetishtirib chiqarmoqda.

🔹Bizni kuzatib borayotgan bo'lsangiz, bir necha kun avval ikki nafar yosh olimlarimiz dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Ayni damda yana ikki nafar yosh va umidli olimlarimiz, bular:

-SHAROPOV RAMZIDDIN NAJMIDDINOVICH
🔻Mavzu: «Innovatsion texnologiyalarni qo’llash orqali lalmi yerlarni monitoring qilish ishlarini takomillashtirish»

-USMONOV JASUR ZIYODULLAYEVICH
🔻Mavzu: «Holati yomonlashib qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib ketgan bo’z yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslash»

mavzularida o’zlarining qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya taqdimotida qatnashmoqdalar.

Bizni kuzatib boring: "O'zdavyerloyiha" DILI
#Doktorantura #Hisobot #O_zdavyerloyia_DILI

👨‍🎓Ayni damda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida "Doktorantura" bo'limi yosh olimlarining yarim yillik hisobotlari bo'lib o'tmoqda.

📑Mazkur tadbirda doktorantlar o'zlarining ilmiy ishlari yuzasidan 6 oy mobaynida tayyorlangan va to'plagan ma'lumotlari haqida hisobot topshiradilar.

__________________________________
O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook