"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
1K subscribers
4.93K photos
462 videos
2 files
1.62K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
QISHLOQ XO'JALIGI YERLARINI IJARAGA OLISH: E-AUKSION GʻOLIBLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR VA MASLAHATNI QAYERDAN OLISH MUMKIN?

📩Gʻolibning o‘zi tanlovda g‘olib bo‘lgani to‘g‘risida SMS-xabarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi, barcha hujjatlar to‘plami, shu jumladan, imzolash uchun hujjatlar elektron tizim orqali shaxsiy kabinetga yuboriladi.

📊Lotlar bo‘yicha boshqa g‘oliblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra E-AUKSION platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.

Telegramda E-IJARA foydalanuvchilari uchun texnik yordam guruhi 24/7 rejimida ishlaydi – https://t.iss.one/eijarasupport.

Shuningdek, savollarni yozma ravishda Qishloq xo‘jaligi vazirligining Telegramdagi maxsus raqamiga yuborish mumkin – +998 99 115 75 79 (@Qishloqxojaligivazirligi).

👉BATAFSIL

Obuna bo‘ling:
WWW / TELEGRAM / FACEBOOK / YOUTUBE / INSTAGRAM
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА E-AUKSION ОРҚАЛИ ИЖАРАГА БЕРИЛГАН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИ ЎЗ ЭГАЛАРИГА ТОПШИРИЛДИ

Урганч тумани Чоткўпир ҳудудида Қишлоқ хўжалиги вазирлигининг жойларда ўрганиш ҳамда мавжуд муаммоларни бартараф этиш бўйича ишчи гуруҳи вакиллари, вилоят Қишлоқ хўжалиги бошқармаси ҳамда "Ўздаверлойиҳа" ДИЛИ бўлинмаси мутасаддилари томонидан деҳқон хўжалиги фаолияти учун ер майдонларини ютган фуқаролари учун семинар бўлиб ўтди.

Ушбу семинарда ЎзР Президентининг 2021 йил 23 ноябрдаги ПҚ-20-сон қарори билан белгиланган захирага қайтарилган ер майдонларини ишсизлар, эҳтиёжманд оилалар ва ёшларга 0,10 гектардан 1 гектаргача бўлган ўлчамларда очиқ электрон танлов орқали ажратиш вазифасининг бажарилиши муҳокама этилди.

Семинар давомида қишлоқ хўжалиги ерларида деҳқон хўжалиги фаолиятини олиб бориш учун онлайн танлов орқали ютиб олган 36 нафар фуқароларга 12 сотихдан ер майдонлари бўлиб берилди.

Обуна бўлинг:
WWW / TELEGRAM / FACEBOOK / YOUTUBE / INSTAGRAM
⚡️"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti tajribali mutaxasisslaridan iborat ishchi guruh tuzildi va institut bo'linmalariga hukumat qarorlari yuzasidan o'quv-seminar kursari tashkil etildi.

▫️Bugun 29 mart kuni Markaziy institutning Ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo bo‘linmasida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, yaylov geobotanikasi tadqiqotlari, tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini o‘tkazish hamda suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi va joyida loyiha ishlarining bajarilishi ko‘rsatib berildi.

#O_zdavyerloyiha #Survilyerloyiha #Trening #Ishchi_guruh #Yangiliklar #PF #PQ

Kanalga ulanish uchun 👇👇👇
https://t.iss.one/uzdavyerloyiha
⚡️"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti ishchi guruhi xizmat safarini davom ettirmoqda.

▫️Bugun Qashqadaryo viloyati "Qashvilyerloyiha" bo'linmasida Markaziy institutning Ishchi guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, yaylov geobotanikasi tadqiqotlari, tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini o‘tkazish hamda suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi va joyida loyiha ishlarining bajarilishi ko‘rsatib berildi.

#O_zdavyerloyiha #Qashvilyerloyiha #Trening #Ishchi_guruh #Yangiliklar #PF #PQ

Kanalga ulanish uchun 👇👇👇

https://t.iss.one/uzdavyerloyiha
🔰Trening hizmat safari davom etmoqda, ishchi guruhimizning bugungi manzili Buxaro viloyati bo'ldi. Institutning "Buxvilyerloyiha" bo'linmasiga hukumat qarorlari va ularni bajarish tartibi to'g'risida o'quv-seminar kurslari tashkil qilindi.

🌱Yaylov geobotanikasi tadqiqotlari
🌿Tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini o‘tkazish
💧Suv ob’ektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash kabi mavzularda seminar tashkil etildi.


#O_zdavyerloyiha #Buxvilyerloyiha #Trening #Ishchi_guruh #Yangiliklar #PF #PQ

Kanalga ulanish uchun 👇👇👇

https://t.iss.one/uzdavyerloyiha