"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Шанхай ҳамкорлик ташкилоти саммитида иштирок этиш учун Душанбе шаҳрига келди.
Давлатимиз раҳбарини Тожикистон Бош вазири Қоҳир Расулзода ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.
Президентимиз бугун Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон, Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисий ва Покистон Ислом Республикаси Бош вазири Имрон Хон билан учрашувлар ўтказади.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Душанбе для участия в саммите Шанхайской организации сотрудничества.
Главу нашего государства встретили Премьер-министр Таджикистана Кохир Расулзода и другие официальные лица.
Сегодня Президент нашей страны проведет встречи с Президентом Республики Таджикистан Эмомали Рахмоном, Президентом Исламской Республики Иран Ибрахимом Раиси и Премьер-министром Исламской Республики Пакистан Имраном Ханом.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, Rossiya Federatsiyasining Mineralniye vodi shahrida o‘tayotgan “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazmada butun dunyodan tashrif buyurgan 1000 dan ortiq bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, yer yuritish xo‘jaliklari hamda soha olimlarini bir joyga to‘plash bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Rossiya va Yevropa davlatlarining ilg‘or kompaniyalari agrar sohasidagi zamonaviy va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etadilar.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI vakillari tomonidan rivojlangan mamlakatlarning bog’dorchilik sohasidagi yer tuzish ishlarini o‘rganish, boshqa manfaatli tashkilotlar bilan do'stona munosabatlarni o‘rnatish va kelgusida qo‘shma hamkorliklarni amalga oshirish rajalashtirilgan.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ерларни тадқиқ этишда янгича ёндашув
#16sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xo_jaligi_vazirligi #O_zdavyerloyiha #Yer_axborot_tizimi_portali

Yer axborot tizimi portali, aktual, aniq va tezkor tahliliy ma’lumotlar.

Respublikamizning ma’muriy hududidagi qishloq xo’jaligi yer toifasiga tegishli 25 mln 639 ming gektar yer maydoni haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan Yer Axborot tizimi portali ishga tushurildi.


Bizlar ijtimoiy tarmoqlarda

Facebook | Telegram | Instagram
18-sentabr, Toshkent. Ayni paytda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Toshkent davlat agrar universiteti rektori sifatida mazkur oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Tadbirda 500 dan ziyod o‘qituvchilar, fan doktorlari va professorlar hamda universitetning boshqa xodimlari ishtirok etmoqda. TDAUning Samarqand va Termizdagi filiallari, Andijon va Nukusdagi Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutlari xodimlari uchrashuvga onlayn formatda qo‘shilishdi. (Ta’kidlash kerakki, tadbirning aksariyat ishtirokchilari vaksinatsiyadan o‘tgan, qolganlar esa niqob rejimiga amal qilmoqda).

TDAUdagi yig‘ilish ishtirokchilari muammoli masalalarni ko‘tarishmoqda, shuningdek muassasani rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasi va zamonaviy bilimlarini oshirish, amaliyot o‘tash hamda universitet faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirmoqdalar.

Uchrashuv doirasida Jamshid Xodjayev talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini maksimal darajada kuchaytirish hamda yangi namunadagi agro-mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati singari masalalarga alohida e’tibor qaratdi.

#TDAU #qishloqxojaligivazirligi #talim #muloqot #muammolaryechimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat agrar universitetining (TDAU) yangi rektori sifatida qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan universitet hududini ko‘rikdan o‘tkazdi.

Markaziy Osiyoning eng yirik agrar universiteti - 11 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladigan TDAU hududi 30 gektar maydonni qamrab oladi.

Bu yerda 20 ta bino va inshootlar, shu jumladan 8 ta yotoqxona (5 ta amaldagi va 3 ta ekspluatatsiyadan chiqqan), shuningdek o‘quv, laboratoriya va ma’muriyat binolari, oshxona va yirik sport majmuasi joylashgan.

Universitetning yotoqxona, ta’lim, sport va boshqa binolarini ko‘zdan kechirish, shuningdek, talabalar bilan muloqot natijasiga ko‘ra oliygoh hududida o‘qish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

TDAUda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.

#TDAU #talabalar #agrotalim #qishloqxojaligivazirligi

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Web l Facebook l Instagram| Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun, “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasining Qorachay-Cherkes Respublikasida joylashgan olma va nok intensiv bog'lariga tashrif buyurdilar.

Ma’lumot uchun: 2017 yildan boshlab "Qorachay-Cherkesiya bog'lari" kompaniyasi respublikada mevali bog'larni qayta tiklash loyihasini amalga oshirmoqda. 2018 yilda birinchi intensiv nok bog'i qurildi. 2023 yilga kelib, mazkur kompaniya Rossiyada eng yirik nok ishlab chiqaruvchi bo'lishni rejalashtirgan.

Tashrif davomida, Institut a’zolari tadbirda yig’ilgan bog‘dorchilik va ko‘chatchilik bo‘yicha soha olimlari hamda mutaxassislari bilan bog’larni joylashtirish, hamda ushbu yo’nalishda yer tuzish ishlarini qay asnoda amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, “O‘zdavyerloyiha” DILI vakillariga ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan sertifikat taqdim etildi.