Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasining “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Kon-geologiya vazirligi, Ekologiya, Qurilish, Suv xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi, Energetika vazirliklari, Fanlar akademiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Oʻzbekiston Ekologik harakati hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etishdi.
Senatorlar tomonidan Davlat dasturida belgilangan vazifalar yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligini taʼminlashda, ayniqsa, mamlakatimizda ekologik barqarorlikka erishish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi hayoti va salomatligi uchun qulay ekologik muhit yaratish, suv resurslarini asrashda muhim dasturiy amal boʻlishi taʼkidlandi.
#kongeologiya #mingeo #Senat #Davlat_dasturi #yigilish
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM