Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.3K subscribers
14.6K photos
1.01K videos
65 files
5.27K links
Download Telegram
October 14, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
October 15, 2023
🟦🟦🟩🟩  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar

🟢 “Uran va kamyob metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi haqida

🟢 CGNPC URC kompaniyasi vitse prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazildi

🟢 Kon-geologiya vazirining “Topshiriqlar to‘liq va samarali ijro etilishi barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarligi hisoblanadi” nomli maqolasi

🟢Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i B.Mamatov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24. Oʻzbekiston-Rossiya: oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi bosqichi” ko‘rsatuvida ishtirok etdi

🟢K-WATER kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “The 2nd K-WATER Society” tadbiri xususida

🟢 JOGMEC delegatsiyasi vakillari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati bilan tanishmoqda

🟢“Oʻzbekgidrogeologiya” DM mutaxassislari qozog‘istonlik gidrogeologlar bilan birga Orol dengizining qurigan tubini o‘rganishdi

🟢“O‘zbekko‘mir” AJ “Avtomobil-texnologik transporti” filialiga yangi transport vositalari olib kelindi

🟢 Yer qa’ridan foydalanuvchilarga marksheyderlik xizmatini ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

🟢“Neftgaz geologiyasining va yer qaʼri uglevodorod potensialini oʻzlashtirishning dolzarb muammolari va ularni yechish yoʻllari” xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi 1, 2, 3

🟢“O‘zbek geologiya qidiruv” AJning  Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga press-tur tashkil qilindi1, 2, 3, 4

🟢 Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq davlat xizmatlaridan toʻliq elektron tarzda foydalanishning afzalliklari haqida rolik

🟢“Oʻzbekgidrogeologiya” DM vakillari hamkorlik loyihasi doirasida AQShda Kolorado togʻli hududlarini o‘rganishdi

🟢 Kon-geologiya vaziri Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

#kongeologiya #mingeo #dayjest

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 16, 2023
💠 “Oʻzbekgidrogeologiya” DM faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi “Oʻzbekgidrogeologiya” DM faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha Ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda korxona tomonidan joriy yil 9 oyda gidrogeologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisod, kadrlar, raqamlashtirish, xaridlar va tranformatsiya yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Ishchi guruh aʼzolari va korxona rahbariyati oʻrtasida qoʻlga kiritilgan ijobiy natijalar bilan birgalikda qisman bajarilgan topshiriqlar yoki yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda ularning yechimlari boʻyicha fikr almashildi.

Shuningdek, 2023-yil yakuni bilan korxona faoliyati samaradorligini oshirish va raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹🔹🔹

💠 Проведено совещание по повышению эффективности деятельности ГУ "Узбекгидрогеология"

Состоялось очередное заседание Рабочей группы по повышению эффективности деятельности ГУ "Узбекгидрогеология" Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан

На совещании, прошедшем в форме видеоконференции, обсуждалась работа, проведенная предприятием в направлении гидрогеологии, производства, финансов и экономики, цифровизации, закупок, трансформации и повышения квалификации кадров за 9 месяцев текущего года.

Между членами Рабочей группы и руководством предприятия состоялся обмен мнениями о полученных положительных результатах, частично выполненных задачах и допущенных ошибках и недочетах, а также об их решениях.

Были намечены конкретные меры, которые должны быть реализованы до конеца 2023 года для повышения эффективности и конкурентоспособности деятельности предприятия.

#kongeologiya #mingeo #Ozbekgidrogeologiya #9_oylik_hisobot #yigilish

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 16, 2023
October 16, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
October 17, 2023
💠 “Balpantov” hamda “Turbay” konlaridagi loyihalar haqida

“NKMK” AJ tomonidan maʼdan qazib olish va qayta ishlash quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan yirik investitsion loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022-yilda Tomdi tumani hududida “Balpantov” konini o‘zlashtirish bo‘yicha oltin tarkibli maʼdan qazib olish ishlari boshlangan edi. Loyiha doirasida mazkur kondan yiliga 1 mln tonnadan ortiq maʼdan qazib olish rejalashtirilgan.

O‘tgan vaqt mobaynida “Balpantov” konidan qariyb 6,5 mln kubometr tog‘ jinslari qazib olinib, qariyb 1,3 mln tonna maʼdan temir yo‘l orqali 2-gidrometallurgiya zavodiga qayta ishlash uchun yetkazildi. Hozirda mazkur konda maʼdan qazib olish ishlarida ekskavator, avtoag‘dargichlar, burg‘ilash uskunasi, frontal yuklagichlar kabi zamonaviy konchilik texnikalaridan keng foydalanilmoqda.

Shuningdek, tuman hududidagi “Turbay” konida ham tog‘ jinslarini qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda, mazkur jarayonga zamonaviy konchilik texnikalari jalb qilingan.

#kongeologiya #mingeo #NKMK #Tomdi_tumani #Balpantov #Turbay #loyihalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 17, 2023