Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.3K subscribers
14.6K photos
1.02K videos
65 files
5.28K links
Download Telegram
💠 Aziz ustozlar, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi jamoasi nomidan O‘qituvchi va murabbiylar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

📝📝📝

💠 От имени коллектива Министерства горнодобывающий промышленности и геологии искренне поздравляем учителей и наставников с праздником!

#kongeologiya #mingeo #oqituvchi_va_murabbiylar_kuni #tabrik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universitetiga uyushtirilgan press tur hamda ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni xususida “Renessans TV” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturida efirga berilgan lavha

📝📝📝

💠 Сюжет информационной программы «Овоза» телеканала «Реннесанс ТВ» о пресс-туре и дне открытых дверей для родителей, организованного в Университете геологических наук Министерства горнодобывающий промышленности и геологии

#kongeologiya #mingeo #GFU #press_tur #Ochiq_eshiklar_kuni #Renessans_TV #Ovoza

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Sport” telekanalining “Sport yangiliklari” informatsion dasturidagi reportajda futbol bo‘yicha “Geologiya vaziri kubogi”, stol tennisi, shaxmat va badminton sport musobaqalari haqida so‘z yuritildi.

📝📝📝

💠 В информационной программе «Новости спорта» телеканала «Спорт» размещен репортаж о турнире по футболу «Кубок министра геологии», а также о спортивных соревнованиях по настольному теннису, шахматам и бадминтону.

#kongeologiya #mingeo #sport #Geologiya_vaziri_kubogi #sport_yangiliklari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлат ташрифи билан Қатарга келган Президент Шавкат Мирзиёев Доҳа шаҳрида тантанали кутиб олинди. Давлатимиз раҳбари ташрифнинг биринчи куни Қатарнинг йирик компаниялари раҳбарлари билан учрашувлар ўтказди.

В городе Дохе торжественно встретили Президента Шавката Мирзиёева, прибывшего с государственным визитом в Катар. В первый день визита глава государства провел встречи с руководителями крупных компаний Катара.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🟦🟦🟩🟩  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar

🟢 “Oʻzbekiston - 24” telekanali MDH davlatlarining “Yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” boʻyicha Hukumatlararo kengashi XXVI sessiyasi haqida lavhalar 1, 2

🟢 No comments: MDH davlatlarining “Yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” boʻyicha Hukumatlararo kengashi XXVI sessiyasi

🟢 Qizilqum MGQEda Micromine Geobank dasturi bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi

🟢 OKMKda ferromolibden ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

🟢 Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geoekologiya boʻlimi boshligʻi N.Pulatovning “Rennesans TV” telekanaliga bergan intervyusi

🟢 “Sevimli TV” telekanalida MDH davlatlarining “Yer qaʼrini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” boʻyicha Hukumatlararo kengashi XXVI sessiyasi haqida berilgan lavha

🟢 Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi loyihasi yuzasidan seminar

🟢 Kon-geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yana bir seminar oʻtkazildi

🟢 Mineral resurslar institutida amalga oshirilayotgan o‘lchovlar va tog‘ jinslarining etalonlarini yaratish ishlari

🟢 Xondiza polimetal koni zaxiralarini yanada kengaytirish uchun geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda

🟢 Futbol bo‘yicha “Geologiya vaziri kubogi” hamda sport musobaqalarining birinchi kuni 1, 2

🟢 O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazildi

🟢 Sport musobaqalarining g‘olib hamda sovrindorlari taqdirlandi

🟢 Geologiya fanlari universitetiga uyushtirilgan press tur xususida “Renessans TV” telekanalining lavhasi

🟢 “Sport” telekanalining “Sport yangiliklari” informatsion dasturidagi reportaj

#kongeologiya #mingeo #dayjest

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol, stol tennisi, badminton va shaxmat bo‘yicha sport musobaqalarining final uchrashuvlari, g‘oliblar, faol ishtirokchilar va sovrindorlarni taqdirlash marosimi haqida

📝📝📝

💠 О финальных матчах спортивных соревнований по футболу, настольному теннису, бадминтону и шахматам, проведенных между работниками горнодобывающей промышленности и геологии и церемония награждения победителей и активных участников

#kongeologiya #mingeo #sport #Geologiya_vaziri_kubogi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 📣 “Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisi” DM ishga taklif etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-avgustdagi “Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisi” davlat muassasi Yuriskonsult hamda Mis sanoati klasteri elektron axborot-interaktiv savdo portali bosh mutaxassisi vakant lavozimlariga ochiq tanlov eʼlon qiladi.

Oylik maosh:
Shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.

Ish jadvali:
Dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 ga qadar.

Rezyumelarni qabul qilish tartibi:
Nomzodlarning rezyumelari 2023-yil 14-oktabrgacha qabul qilinadi, test sinovlari 2023-yil 17-oktabr kuni oʻtkaziladi.

Rezyumelaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni soʻraymiz:
[email protected]
+99871-256-05-06

#kongeologiya #mingeo #ochiq_tanlov #vakansiya

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 “Suvdan foydalanishni rivojlantirish strategiyasi asoslari” mavzusida seminar

“Suvdan foydalanishni rivojlantirish strategiyasi asoslari” boʻyicha oʻquv seminarida 40 yildan ortiq vaqt mobaynida strategiya nazariyasi va strategiyalash uslublari, shuningdek suv xoʻjaligi tizimini startegiyalash boʻyicha tajribaga ega Rossiya Federatsiyasi akademigi Kvint Vladimir Lvovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida maʼruzalar qilindi.

Seminarda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi va Ekologiya vazirliklari, Oʻzbekiston Milliy Universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Oʻzbekgidrogeologiya” DM va “GIDROINGEO Instituti” DM mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda kelgusida Oʻzbekistonda xalq xoʻjaligi tarmoqlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga qaratilgan koʻp yillik Konsepsiya va uni asoslantiruvchi Strategiya ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

📝📝📝

💠 Организован семинар на тему «Основы стратегии развития водопользования»

На семинаре «Основы стратегии развития водопользования» приняла участие делегация во главе с академиком РФ Квинтом Владимиром Львовичем, имеющим 40 летний опыт работы в области теории стратегии и методов стратегического планирования, а также в разработке стратегии системы управления водными ресурсами.

Также в семинаре участвовали специалисты Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, Министерства сельского хозяйства, Министерства экологии, Национального университета Узбекистана, Ташкентского института ирригации и мелиорации, АО «Узсувтаминот», ГУ «Узбекгидрогеология» и ГУ «Институт GIDROINGEO».

На мероприятии была отмечена необходимость разработки долгосрочной Концепции и основанной на ней Стратегии, направленных на рациональное использование и охрану водных ресурсов в отраслях народного хозяйства Узбекистана.

#kongeologiya #mingeo #Ozbegidrogeologiya #Gidroingeo #suv_resurslari #seminar #yer_osti_suvlari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 GFU rektori O‘zbekiston-Qirg‘iziston OTMlari rektorlarining I xalqaro forumida ishtirok etmoqda

Qirg'izistonning O'sh shahrida O‘zbekiston - Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda OTM vakillari ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Xususan, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Geologiya fanlari universiteti rektori Maqsud Isoqovning “Geologiya qidiruv ishlari va mineral resurslarni o‘zlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning o‘sish nuqtalari va istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi.

Forum doirasida Geologiya fanlari universiteti hamda O‘sh texnologiya universiteti o‘rtasida geologiya sohasida talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, axborot almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumi imzolandi.

📝📝📝

💠 Ректор ГФУ участвует в 1-м международном форуме ректоров узбекско-кыргызских ВУЗов

В городе Ош проходит первый международный форум ректоров ВУЗов Узбекистана и Кыргызстана.

На мероприятии заслушаны доклады представителей высших учебных заведений на тему культурно-гуманитарного и научного сотрудничества между двумя странами.

В частности, ректор Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Максуд Исаков выступил с лекцией на тему «Точки роста и перспективы взаимовыгодного сотрудничества в области геологического изучения и освоения минерално-сыревых ресурсов».

В рамках форума подписан меморандум о сотрудничестве между Университетом геологических наук и Ошским технологическим университетом по таким направлениям, как обмен студентами, профессорами и преподавателями, реализация совместных научных проектов и обмен информацией.

#kongeologiya #mingeo #GFU #Ozbekiston_Qirgiziston_forumi #xalqaro_hamkorlik

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Россия Федерациясига расмий ташрифи Қозон шаҳрида бошланди. Давлатимиз раҳбарини Россия Бош вазирининг ўринбосари - саноат ва савдо вазири Денис Мантуров ва Татаристон Раиси Рустам Минниханов кутиб олди.

Официальный визит Президента Шавката Мирзиёева в Российскую Федерацию начался с посещения города Казани. Главу нашего государства встретили вице-премьер - министр промышленности и торговли России Денис Мантуров и Раис Татарстана Рустам Минниханов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣No comments: Probir tahlili maʼdan, konsentrat va chiqindilar tarkibida oltin hamda kumushni aniqlashning samarali usullaridan hisoblanadi.

Geologik qidiruv ishlarini jadallashtirish hamda oltin va kumushga boy konlarni izlashda tahlil natijadorligini oshirish maqsadida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DMda probir tahlillar laboratoriyasi tashkil etildi va oylik 3000-4000 dona tahlillarni amalga oshirish imkoniga ega. Laboratoriya joriy yilning 2-choragidan hozirgi vaqtga qadar 5000 dan ortiq namunalarni tahlillardan oʻtkazdi.

📝📝📝

🗣 No comments: Пробирный анализ — один из эффективных методов определения содержания золота и серебра в руде, концентрате и отходах.

В целях ускорения геологоразведочных работ и повышения эффективности анализа при поиске богатых золотом и серебром месторождений ГУ «Институт минеральных ресурсов» Университета геологических наук Министерства горнодобывающей промышленности и геологии создана лаборатория, которая выполняет 3000-4000 анализов в месяц. Со 2-го квартала этого года по настоящее время лаборатория проанализировала более 5000 проб.

#kongeologiya #mingeo #GFU #MRI #probir_tahlillar #no_comments

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 OKMK 2023-yil 9 oyi davomida rejaviy vazifalarning bajarilishini ta'minladi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida barcha rejaviy vazifalar bajarildi.

Jumladan, qariyb 23 mlrd. so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 103,1 foizga bajarildi. Yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, mis rudasini qazib olish vazifasi 101,3 foizga bajarilgan holda o‘sish sur’ati +104,5 foizni tashkil etgan.

Mis xomashyosini qayta ishlash rejasi esa 100,5 foizga uddalangan holda +106,2 foizlik o‘sish sur'ati qayd etilgan. Mis katodini ishlab chiqarish bo‘yicha sentabr oyida reja 100 foizga bajarilgan, o‘z xom ashyomizdan mis katodini ishlab chiqarish vazifasi bo‘yicha 9 oylik natijalarga ko‘ra +102,2 foizlik o‘sish sur’ati kuzatilgan.

Shuningdek, OKMK o‘z xomashyosidan rux metallini ishlab chiqarish bo‘yicha rejani 101,6 foizga bajargan. Polimetall rudalarni qazib olish vazifasi 104,8 foizga bajarilib, o‘sish sur’ati +103,5 foiz bo‘lgan.

Polimetall rudalarni qayta ishlash rejasi (103,9 foiz), oltin tarkibli rudalarni qazib olish(102,8 foiz) va uni qayta ishlash(103,1 foiz) rejalarining bajarilishi ham ta'minlagan.

Bundan tashqari, mis kuporosi, emallangan mis ishlab chiqarish, texnik selen va texnik tellur, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi, perranat ammoniy kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish rejalari bajarilishi ham ta’minlangan.

#kongeologiya #mingeo #OKMK #9_oylik_rejaning_bajarilishi #natijalar

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM