2025-yil 30-yanvar kuni InterContinental trilliant mehmonxonasida O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi vazirlik-idoralar, agentliklar, xorijiy kompaniyalar, mahalliy hokimlik organlari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov sohada amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, islohotlar haqidagi taqdimot bilan qatnashdi.
Shuningdek, tadbir doirasida biznes vakillari o‘rtasida B2B va vazirliklar, agentlik, qo‘mita hamda boshqa idoralar bilan biznes vakillarining G2B muzokaralari o‘tkazildi.
30 января 2025 года в отеле InterContinental trilliant состоялся Узбекско-французский бизнес-форум с участием представителей министерств и ведомств, агентств, иностранных компаний, местных органов власти.
В форуме заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии У.Юсупов выступил с презентацией о работе, проектах, изменениях в законодательстве, реформах, проводимых в отрасли.
Также в рамках мероприятия были проведены B2B и G2B переговоры.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Ozbekiston_Fransiya_biznes_forumi
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kongeologiya #mingeo #investitsiyalar #sarhisob_2024 #Davlat_dasturi
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Navoiyuran” davlat korxonasida Yaponiyaning “Itochu Corporation” korporatsiyasining Ijrochi direktori, Metallar va mineral resurslar departamenti bosh operatsion direktori Inoue Daisuke boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yaponiya delegatsiyasini “Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Dj.Fayzullayev boshchiligidagi korxona mas’ul rahbarlari qabul qildi. Uchrashuv davomida korxona rahbari “Itochu Corporation” korporatsiyasi bilan ko‘p yillik hamkorlik o‘zaro ishonch va ikki tomonlama manfaatli do‘stlik ustiga qurilganini ta’kidladi.
В государственном предприятии «Навоийуран» состоялась встреча с делегацией японской корпорации «Itochu Corporation» во главе с исполнительным директором, главным операционным директором департамента металлов и минеральных ресурсов Дайсукэ Иноуэ.
Японскую делегацию приняло руководство предприятия во главе с генеральным директором ГП «Навоиуран» Дж.Файзуллаевым. В ходе встречи глава предприятия отметил, что многолетнее сотрудничество с Корпорацией Itochu построено на взаимном доверии и дружбе.
#kongeologiya #mingeo #Navoiyuran #xalqaro_hamkorlik #Jingeldi #Itochu_Corporation
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 31-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparati xodimlari, tizimosti tashkilot va korxonalarda ijro intizomiga mas’ul rahbarlar uchun “Ijro.gov.uz” tizimidagi nazorat topshiriqlar ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchiliklar va muammolar” mavzusida “Iqtisodiy o‘qish” tashkil qilindi.
Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi I.Jumayev, Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shu’basi mas’ul xodimi N.Sadriddinov, Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi mas’ul xodimi M.Ismatov ishtirok etishdi.
Vazirlik Nazorat va ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i M.Raximov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida (ijro.gov.uz) 2024 yilda vazirlikka belgilangan topshiriqlar ijrosi tahlili hamda 2025 yilda belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish to‘g‘risida” taqdimot qildi.
Shuningdek, tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etishning muhim jihatlari to‘g‘risida”, “Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish hamda Kon-geologiya vazirligining Hisob palatasi bilan ishlash jarayonida Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklari to‘g‘risida” hamda “Kon-geologiya vazirligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda nazoratni tizimli yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ma’ruzalar va taqdimotlar qilindi.
“Iqtisodiy o‘qish” davomida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga vazirlikning, tegishli idoraning vakillari tomonidan javoblar va tushuntirishlar berildi.
31 января 2025 года для сотрудников центрального аппарата Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, руководителей и ответственных за исполнительскую дисциплину в подведомственных организациях и предприятиях, было организовано «Экономическое обучение» на тему «Итоги эффективности выполнения контрольных поручений в системе ijro.gov.uz, выявленные недостатки и проблемы».
В мероприятии приняли участие первый заместитель министра О. Насритдинходжаев, ответственный сотрудник Кабинета Министров И. Джумаев, ответственный сотрудник Департамента по контролю за соблюдением исполнительской дисциплины при исполнении документов и поручений Президента Республики Узбекистан Счетной палаты Н. Садриддинов, ответственный сотрудник Управления по контролю за исполнением документов Президента Республики Узбекистан Министерства юстиции М.Исматов.
Начальник Управления контроля и исполнительской дисциплины Министерства М.Рахимов выступил с презентацией «Об анализе хода выполнения задач, поставленных перед министерством в 2024 году (ijro.gov.uz) и эффективной организации выполнения задач, поставленных в 2025 году в документах Президента Республики Узбекистан».
Также на мероприятии были рассмотрены вопросы «Важные аспекты эффективной организации исполнения поручений Президента Республики Узбекистан», «Контроля Счетной палатой за исполнением документов Президента Республики Узбекистан и о недостатках, допускаемых Мингеологией в процессе работы со Счетной палатой» и «Мер по системному налаживанию контроля за обеспечением исполнения законодательных актов и поручений в министерстве».
В ходе обучения представители министерства и ведомств дали ответы и разъяснения на интересующие участников мероприятия вопросы.
#kongeologiya #mingeo #ijro_intizomi #iqtisodiy_oqish
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kongeologiya #mingeo #dayjest
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kongeologiya #mingeo #GFU #NGKGQI #murojaatlar #surdotarjimonlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kongeologiya #mingeo #sarhisob_2024 #infografika #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #TMZ #Ozmetkombinat #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekkomir #geologiya_qidiruv_ishlari
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universiteti delegatsiyasi Germaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Frayberg konchilik akademiyasiga xizmat safari bilan borishdi.
Delegatsiya vakillari Mineralogiya instituti rahbari professor Gerhard Heide bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Safar davomida institutga qarashli namunalar muzeyi bilan tanishildi.
Geologiya fanlari universiteti va Frayberg konchilik akademiyasi o‘rtasida akademik mobillik dasturini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma memorandum imzolashga kelishib olindi.
Kelishuvga ko‘ra, GFUdan 2 nafar bakalavr va 2 nafar magistratura talabasi bir semestr davomida Frayberg konchilik akademiyasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Geologiya fanlari universiteti vakillari akademiyaning “Xalqaro markazi” boshlig‘i Yuliya Sishchuk bilan uchrashuvda xalqaro markazning ishlash tizimi, kadrlar birligi va xalqaro talabalar bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olishdi.
Делегация Университета геологических наук посетила Фрайбергскую горную академию, одно из престижных высших учебных заведений Германии.
Члены делегации встретились с руководителем Института минералогии, профессором Герхардом Хайде, и обсудили перспективы сотрудничества. В ходе поездки они также ознакомились с музеем образцов, принадлежащим институту.
Стороны договорились о подписании совместного меморандума по развитию программы академической мобильности между Университетом геологических наук и Фрайбергской горной академией.
Согласно соглашению, два студента бакалавриата и два магистранта из УГН получат возможность обучаться в Фрайбергской горной академии в течение одного семестра.
Кроме того, представители Университета геологических наук встретились с руководителем «Международного центра» академии Юлией Сищук, где получили информацию о системе деятельности центра, кадровом составе и работы с иностранными студентами.
#kongeologiya #mingeo #GFU #xalqaro_hamkorlik #Fraybeg_konchilik_akademiyasi #uchrashuv
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universitetida Britaniya geologiya xizmati (BGS) bilan birgalikda 3D modellashtirish, yer osti suvlari, muhim metallar va ma’lumotlar vizualizatsiyasi yuzasidan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, treninglar doirasida ishtirokchilarga veb-xaritalarni yaratish bo‘yicha maxsus kurs tashkil qilindi.
Seminar-treninglar 11-fevralga qadar davom etadi.
В Университете геологических наук в сотрудничестве с Британской геологической службой (BGS) проводятся семинары-тренинги по 3D-моделированию, подземным водам, критическим металлам и визуализации данных.
Кроме того, в рамках тренингов для участников организован специальный курс по созданию веб-карт.
Семинары-тренинги продлятся до 11 февраля.
#kongeologiya #mingeo #GFU #seminar #xalqaro_hamkorlik #BGS
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan ilk bor korporativ ESG-reytingi berildi.
Kombinat ESG-reytingini ‘3’ darajasida (1 dan 5 gacha bo‘lgan shkalada, bunda 1 – past xavf-xatar darajasi, 5 – yuqori xavf-xatar darajasini anglatadi) va umumiy 51 ball (100 balldan) bilan oldi.
Agentlik tomonidan ekologik hodisalarning yo‘qligi, chiqindilarni boshqarish va suv iste’moli bo‘yicha ichki hujjatlarning mavjudligi hamda ish haqidagi gender tafovutining pastligi tufayli “NKMK” AJning ekologik va ijtimoiy ko‘rsatkichlari ‘3’ darajasida ijobiy baholandi.
Bundan tashqari, ekspertlar korporativ boshqaruvning rivojlanishi ‘2’ darajasida yuqori baholadi. Shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarning mavjudligi, faoliyatning muntazam ichki auditi o‘tkazilishi va xavf-xatarni boshqarish kabi kuchli tomonlar alohida ta’kidlandi.
АО «Навоийский горно-металлургический комбинат» объявил о присвоении дебютного корпоративного ESG-рейтинга международным рейтинговым агентством Sustainable Fitch.
Комбинат получил ESG-рейтинг на уровне ‘3’ (по шкале от 1 до 5, где 1 – это низкий уровень риска, 5 – высокий) с общей оценкой 51 балл (из 100).
Для присвоения ESG-рейтинга агентство провело всестороннюю оценку стратегии и инициатив АО «НГМК» в области устойчивого развития, практик корпоративного управления компании, а также ее социального и экологического воздействия.
Экологический и социальный профили АО «НГМК» получили положительную оценку на уровне ‘3’ благодаря отсутствию экологических инцидентов, наличию внутренних политик по управлению выбросами, водопотреблению, а также низкому гендерному разрыву в оплате труда.
Кроме того, эксперты высоко оценили развитие корпоративного управления – на уровне ‘2’, отметив такие сильные стороны как наличие финансовой отчетности по международным стандартам, систематическое проведение внутреннего аудита деятельности и управление рисками.
#kongeologiya #mingeo #NKMK #ESG #Sustainable_Fitch #xalqaro_reyting
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tashkiliy tuzilma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga jami 14657 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 4629 tasi og‘zaki, 2956 tasi yozma, 497 tasi elektron murojaatlar.
Prezident virtual qabulxonasi orqali jami 3931 ta, ishonch telefonlarida 2523 ta hamda veb-saytlar orqali 121 ta murojaat qabul qilingan.
Nazoratga olingan murojaatlarning ko‘rib chiqish holatlari bo‘yicha statistikada 95,1 foizi qanoatlantirilgan va tushuntirishlar berilgan, 0,7 foizi takroriy, 1,8 foizi rad etilgan, 0,3 foizi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 foizi tugatilgan.
В течение 2024 года в Министерство горнодобывающей промышленности и геологии и в подведомственные организации поступило в общей сложности 14 657 обращений. Из них 4629 устных, 2956 письменных и 497 электронных обращений.
Всего было получено 3931 обращение через Виртуальную приемную Президента, 2523 по горячим линиям и 121 через веб-сайты организаций.
Статистика рассмотрения взятых на контроль обращений: 95,1% удовлетворены и получили разъяснения, 0,7% являются повторными, 1,8% были отклонены, 0,3% оставлены без рассмотрения, а 2% прекращены.
#kongeologiya #mingeo #sarhisob_2024 #infografika #murojaatlar #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Shargunkomir #YQFM #Ozmetkombinat #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekkomir #TKSGSNQI #Ozbekgidrogeologiya #GFU #NDKTU
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mutaxassislari tomonidan Qizilqum hududidagi yirik maʼdanli maydonlarining tarixiy birlamchi geologik maʼlumotlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirishmoqda.
Bunda geologik xaritalar va geologik qirqimlarni bog‘lash hamda birlamchi geologik maʼlumotlar asosida raqamlashtirish jarayoni Datamine, Micromine, Leapfrog, ArcGIS kabi zamonaviy dasturlar asosida qayta ishlanib, so‘ngra 3D geologik modellarni yaratish ishlari olib boriladi.
Специалистами АО «Узбекгеологоразведка» Министерства горнодобывающей промышленности и геологии проводится поэтапная оцифровка фондовых первичных геологических данных крупных рудных месторождений Кызылкумской территории.
При этом увязка геологических карт и геологических разрезов, а также оцифровка первичных геологических данных проводится с использованием современных программ Datamine, Micromine, Leapfrog, ArcGIS, после чего проводится работа по созданию 3D-геологических моделей.
#kongeologiya #mingeo #Ozbekgeologiyaqidiruv #raqamlashtirish #geologik_malumotlar #Qizilqum #Datamine #Micromine #Leapfrog #ArcGis #3D_modellashtirish_ishlari
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston qo‘shma iqtisodiy komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston Hukumatlararo komissiyasi rahbarlari o‘rtasida tor doiradagi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda hamda komissiya yig‘ilishida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov ishtirok etdi.
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va geologiya, oziq-ovqat, yengil sanoat, transport, veterenariya hamda chorvachilik sohalaridagi islohotlar, istiqbolli loyihalar bo‘yicha taqdimotlar qilindi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xodjayev hamda Mo‘g‘uliston Bosh vaziri o‘rinbosari Saynbuyan Amarsayxan tomonidan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston Hukumatlararo komissiyasining birinchi majlisi bayonnomasi imzolandi.
7 февраля 2025 года состоялось первое заседание совместной экономической комиссии Узбекистана и Монголии.
Встреча началась с совещания в узком формате между руководителями Межправкомиссии Монголии и Узбекистана. Во встрече и заседании комиссии принял участие заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии У.Юсупов.
На мероприятии были представлены презентации по приоритетным направлениям двустороннего сотрудничества: сельское хозяйство, горнодобывающая промышленность и геология, пищевая и легкая промышленность, транспорт, ветеринария и животноводство, а также реформы и перспективные проекты в этих сферах.
После этого заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан Ж.Ходжаев и заместитель Премьер-министра Монголии Сайнбуян Амарсайхан подписали протокол первого заседания Межправительственной комиссии Монголии и Узбекистана по торгово-экономическому, научно-техническому и культурному сотрудничеству.
#kongeologiya #mingeo #hukumatlararo_komissiya #Moguliston #xalqaro_hamkorlik
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM