Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.1K subscribers
14.7K photos
1.03K videos
65 files
5.31K links
Download Telegram
💠 Tomdi, Uchquduq, Karmana tumanlari hamda Zarafshon shahrida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi

Joriy yilning 12 – 13-noyabr kunlari Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Karmana tumanlari hamda Zarafshon shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, yer qa’ri foydalanuvchilari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirlarda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ullari, Geologiya fanlari universiteti, Navoiy Davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbariyatlari, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi vakillari sohadagi ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar, ilm-fan yutuqlari, muhandislik ishlanmalarini geologiya va tog‘-kon sanoati sohasiga tatbiq qilish haqida taqdimotlar qilishdi.

Shuningdek, tadbirkorlarni, viloyatda faoliyat olib borayotgan ruxsatnoma asosida ishlovchi yer qa’ri foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Dolzarb masalalar yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

🔹 🔹 🔹

💠 Организованы встречи с субъектами предпринимательства в Тамдынском, Учкудукском, Карманинском районах, а также в городе Зарафшан

12-13 ноября текущего года в Тамдынском, Учкудукском, Карманинском районах и в городе Зарафшан Навоийской области были организованы встречи, круглые столы с предпринимателями и недропользователями.

В мероприятиях ответственные лица Министерства горнодобывающей промышленности и геологии, руководства Университета геологических наук, Навоийского государственного горно-технологического университета, представители ГУ «Центр пользования недрами», Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии проинформировали о позитивных изменениях в отрасли, реформах в законодательстве, выступили с презентациями на тему применение в горнодобывающей промышленности достижений науки и инженерных разработок.

Также были даны ответы на вопросы, интересующие предпринимателей, недропользователей, работающих в регионе. Были заслушаны предложения и инициативы по решению актуальных вопросов.

#kongeologiya #mingeo #YQFM #TKSGSNQI #GFU #NDKTU #davra_suhbati #tadbirkorlar #Navoiy_viloyati #Zarafshon #Uchquduq #Tomdi #Karmana

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Zarafshon shahrida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining doimiy vakili faoliyat yuritmoqda

Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi bosh inspektori A.Abdushukurov Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanlarida tadbirkorlik subyektlariga yer qa’ridan foydalanish sohasi bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer osti boyliklaridan foydalanishda huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, oldini olish va profilaktika o‘tkazish maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Zarafshon shahridagi doimiy vakili etib tayinlangan.

Inspeksiya vakili Zarafshon shahar hokimligi binosida ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Xususan, joriy yilning noyabr oyida Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar hamda yer qa’ri foydalanuvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida “Billur Kvarts” MChJga “Altintau” kvarts-kaolin konining 2-3-4-uchastkalarida olib borilgan qo‘shimcha o‘rganishlar yakuni bo‘yicha Inspeksiyaning tegishli xulosasini olishida amaliy yordam berildi.

🔹 🔹 🔹

💠 В городе Зарафшан работает постоянный представитель Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии

Главный инспектор Кызылкумской горно-технической инспекции А.Абдушукуров назначен постоянным представителем Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии в городе Зарафшан в целях оказания государственных услуг в сфере недропользования субъектам предпринимательства, оперативного выявления, предупреждения и профилактики правонарушений в сфере недропользования в г. Зарафшан, Томдинском и Учкудукском районах.

Представитель инспекции координирует работу в здании хокимията города Зарафшан.

В частности, во время встреч с предпринимателями и недропользователями, осуществляющими деятельность в Томдинском, Учкудукском районах и городе Зарафшан, ООО «Billur Kvarts» оказана практическая помощь в получении соответствующего заключения инспекции по итогам дополнительных исследований, проведенных на участках 2-3-4 кварц каолинового месторождения «Алтынтау».

#kongeologiya #mingeo #YQFM #TKSGSNQI #GFU #NDKTU #davra_suhbati #tadbirkorlar #Navoiy_viloyati #Tomdi #Zarafshon #Uchquduq #Qizilqum_kon_texnika_inspeksiyasi

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Kon-geologiya vazirligi va tizimdagi tashkilotlar tomonidan 2024-yil davomida murojaatlarning ko‘rib chiqilishi haqida ma’lumot

2024-yil davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tashkiliy tuzilma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga jami 14657 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 4629 tasi og‘zaki, 2956 tasi yozma, 497 tasi elektron murojaatlar.

Prezident virtual qabulxonasi orqali jami 3931 ta, ishonch telefonlarida 2523 ta hamda veb-saytlar orqali 121 ta murojaat qabul qilingan.

Nazoratga olingan murojaatlarning ko‘rib chiqish holatlari bo‘yicha statistikada 95,1 foizi qanoatlantirilgan va tushuntirishlar berilgan, 0,7 foizi takroriy, 1,8 foizi rad etilgan, 0,3 foizi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 foizi tugatilgan.

🔹 🔹 🔹

💠 Информация о рассмотрении обращений Мингеологией и подведомственными организациями в течение 2024 года

В течение 2024 года в Министерство горнодобывающей промышленности и геологии и в подведомственные организации поступило в общей сложности 14 657 обращений. Из них 4629 устных, 2956 письменных и 497 электронных обращений.

Всего было получено 3931 обращение через Виртуальную приемную Президента, 2523 по горячим линиям и 121 через веб-сайты организаций.

Статистика рассмотрения взятых на контроль обращений: 95,1% удовлетворены и получили разъяснения, 0,7% являются повторными, 1,8% были отклонены, 0,3% оставлены без рассмотрения, а 2% прекращены.

#kongeologiya #mingeo #sarhisob_2024 #infografika #murojaatlar #NKMK #OKMK #Navoiyuran #Shargunkomir #YQFM #Ozmetkombinat #Ozbekgeologiyaqidiruv #Ozbekgeofizika #Ozbekkomir #TKSGSNQI #Ozbekgidrogeologiya #GFU #NDKTU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari O.Zaripov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda 2024-yilda inspeksiya tomonidan yer qa’ridan foydalanishda noqonuniy holatlarni oldini olish yuzasidan nazorat tadbirlari, yer osti suvlariga ruxsatsiz burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha monitoringlar, qimmatbaho metallarni qazib olishda noqonuniy holatlarni oldini olishga qaratilgan reydlar, Inspeksiya nazorat ostidagi obyektlarida sanoat xavfsizligi talablari bajarilishi bo‘yicha davlat nazorati va tekshirishlar, profilaktika tadbirlari va boshq ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Брифинг инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии о выполненных работах в 2024 году

В Агентстве информации и массовых коммуникаций состоялся брифинг с участием заместителя начальника Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии О.Зарипова.

На брифинге была представлена информация о контрольных мероприятиях инспекции по предупреждению противоправных ситуаций в сфере рационального использования недр в 2024 году, мониторинге несанкционированного бурения скважин и использования подземных вод, рейдах по предупреждению противоправных ситуаций при добыче драгоценных металлов, государственном контроле и проверках соблюдения требований промышленной безопасности на подконтрольных инспекции объектах, профилактических мероприятиях и других работах.

#kongeologiya #mingeo #brifing #TKSGSNQI #sarhisob_2024 #AOKA

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Xatirchi tumanida inspeksiya hamda Bosh prokuratura departamenti hamkorligida reyd tadbirlari amalga oshirildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Shimoli-G‘arbiy mintaqaviy boshqarmasi mutaxassislari va Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydali qazilmalarni qazib olayotgan shaxslar aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan boshqarma mutaxassislari tomonidan tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹 🔹 🔹

💠 В Хатырчинском районе совместно с инспекцией и Департаментом Генеральной прокуратуры проведены рейдовые мероприятия

На территории Хатырчинского района Навоийской области проведены специальные рейды с участием специалистов Северо-Западного регионального управления инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии и сотрудников Управления по Навоийской области Департамента по борьбе с экономическими преступлениями Генеральной прокуратуры.

В результате были выявлены лица, незаконно добывающие полезные ископаемые без соответствующего разрешения. По данному факту специалистами Управления проводится проверка.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #Xatirchi_tumani #Navoiy_viloyati #reyd_tadbirlari #Bosh_prokuratura #IJQKD

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (28.02.2025-y., 131-son) qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarida yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik o‘lchovlari, ularni rasmiylashtirish va hisobotlarda aks ettirish yagona shartli koordinatalar tizimi - 1984-yilgi xalqaro geodezik tizim asosida amalga oshirish, foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlarni topshirish tartibi belgilandi.

Shuningdek, qarorda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda inspeksiyaning Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlangan.

🔹 🔹 🔹

💠 Принято постановление правительства о мерах по организации деятельности Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии

Принято постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «О мерах по организации деятельности Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии при Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии республики Узбекистан» (28.02.2025, № 131).

В соответствии с данным постановлением на участках недр, предоставленных для добычи полезных ископаемых, пользователи недр обязаны проводить маркшейдерские измерения, оформлять их и отражать в отчетах в единой условной системе координат – международной геодезической системе 1984 года. Также установлен порядок представления отчетности о объемах добытых полезных ископаемых.

Кроме того, постановлением утверждены положения об Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии при Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии, а также о Военизированной горноспасательной части Инспекции.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #Vazirlar_Mahkamasining_qarori #Nizom #Tartib

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM