Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.8K subscribers
15.8K photos
1.15K videos
65 files
5.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining rasmiy kanali

Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekiston-Respublikasi-Tog-kon-sanoati-va-geologiya-vazirligi-04-17
Download Telegram
💠 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Kogon tumanida ehtiyojmand oilalarga uskunalar topshirildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Niyoz-hoji” mahalla fuqarolar yig‘inida amaliy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshirildi.

Kambag‘allik reyestriga kiritilgan, ehtiyojmand fuqarolar ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, o‘zini o‘zi band qilish imkonini beruvchi zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

Jumladan, motokultivatorlar, zamonaviy tikuv mashinalari va pishiriq tayyorlash uchun mo‘ljallangan pechlar topshirildi.

Mahalla aholisi va mahalla raisligi vakillari ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirib, bu kabi tashabbuslar aholining turmush sharoitini yaxshilash va farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

🔹 🔹 🔹

💠 В рамках программы «От бедности к благополучию» в Каганском районе нуждающимся семьям вручено оборудование

В рамках программы «От бедности к благополучию» Министерством горнодобывающей промышленности и геологии в махалле «Ниёз-ходжи» Каганского района Бухарской области реализованы практические меры поддержки.

Малообеспеченные граждане, включённые в реестр бедности, получили необходимое оборудование с учётом их потребностей и интересов для начала собственного дела.

В частности, были вручены мотокультиваторы, современные швейные машины и печи для выпечки.

Жители и руководство махалли выразили благодарность за оказанную поддержку, отметив, что такие инициативы создают реальные возможности для улучшения условий жизни и повышения благосостояния населения.

#kongeologiya #mingeo #Buxoro_viloyati #Kambagallikdan_farovonlik_sari #Kogon_tumani

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyati ijobiy baholandi

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi ISO 37001:2016 Pora olish-berish bilan kurashish menejmenti tizimi xalqaro sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Mazkur hujjat Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatida o‘tkazilgan audit natijalari va berilgan ijobiy xulosa asosida taqdim etildi.

Sertifikat Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimi mavjudligini hamda komplayens-menejment sohasidagi jahon andozalariga muvofiq ravishda ish yuritilayotganini koʻrsatadi.

🔹 🔹 🔹

💠 Деятельность Инспекции по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии в области борьбы с коррупцией получила положительную оценку

Инспекция по контролю в сфере горнодобывающей промышленности и геологии получила международный сертификат соответствия системе менеджмента противодействия взяточничеству ISO 37001:2016.

Данный документ выдан по итогам проведенного аудита и на основании положительного заключения о деятельности Инспекции.

Сертификат подтверждает наличие эффективной системы управления, направленной на выявление, предупреждение и устранение коррупционных рисков, а также свидетельствует о ведении деятельности Инспекции в соответствии с международными стандартами в области комплаенс-менеджмента.

#kongeologiya #mingeo #TKSGSNQI #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #ISO37001_2016

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Qozog‘iston va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi

17–18 iyul kunlari “Markaziy Osiyoda mintaqaviy suv resurslarini boshqarish” xalqaro loyihasi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Suv resurslari vazirligi va “Kazgidrogeologiya” davlat muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasi hamda Geologik monitoring davlat xizmati faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir doirasida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Geologik monitoring davlat xizmati mutaxassislari ishtirokchilarga Situatsion markaz faoliyati, waterbase.uz axborot platformasining funksiyalari haqida ma’lumot berdi, shuningdek, Toshkent gidrogeologik va kuzatuv stansiyasida dala mashg‘ulotlarini tashkil etdi.

Bunday hamkorlik Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslarini samarali boshqarish, professional aloqalarni kengaytirish va gidrogeologik ma’lumotlar almashinuviga xizmat qiladi.

🔹 🔹 🔹

💠 Организован семинар-тренинг с участием специалистов из Казахстана и Узбекистана

17–18 июля в рамках международного проекта «Управление региональными водными ресурсами в Центральной Азии» делегация Республики Казахстан, в состав которой вошли представители Министерства водных ресурсов и ГУ «Казгидрогеология», ознакомилась с деятельностью ГУ «Узбекгидрогеология» и Государственной службы геологического мониторинга.

В рамках визита был проведён семинар-тренинг, в ходе которого специалисты Государственной службы геологического мониторинга представили работу ситуационного центра, ознакомили участников с функционалом информационной платформы waterbase.uz, а также организовали выездные занятия на Ташкентской гидрогеологической и наблюдательной станции.

Подобные мероприятия способствуют эффективному управлению водными ресурсами в регионе, расширению профессионального взаимодействия и обмену гидрогеологическими данными между странами Центральной Азии.

#kongeologiya #mingeo #Qozogiston #Kazgidrogeologiya #Ozbekgidrogeologiya

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumi haqida

2025-yil 21-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirni vazir o‘rinbosari Ural Yusupov ochib berdi. U o‘z nutqida sanoatning barqaror rivojlanishi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistondagi assotsiatsiyasi raisi Liu Yu ham so‘zga chiqib, ushbu forumni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi.

Forumning birinchi kuni davomida Vazirlik, Geologiya fanlari universiteti hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Goldpro New Materials kompaniyasi tomonidan yillik quvvati 100 000 tonnani tashkil etuvchi ishlab chiqarish liniyasini barpo etish bo‘yicha loyihasi taqdim etildi. Kunshan Hong Fu Tai kompaniyasi esa sanoat chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasini joriy etish taklifini bildirdi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari tomonidan ekologik toza texnologiyalar, kon uskunalari va geologik qidiruv sohalariga oid ilg‘or yechimlar namoyish etildi.

Forum dasturiga ko‘ra, ishtirokchilar yurtimizning yirik sanoat korxonalariga — Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, Samarqand metallurgiya zavodi hamda “O‘zTMK” AJga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.

Forum 28-iyul kuni yakunlanadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

🔹 🔹 🔹

💠 О Форуме сотрудничества Узбекистана и Китая в сфере зелёных полезных ископаемых

21 июля 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии начал свою работу Форум сотрудничества Узбекистана и Китая в области зелёных полезных ископаемых. Мероприятие открыл заместитель министра Урал Юсупов, который в своём выступлении подчеркнул актуальность устойчивого развития отрасли, расширения международного взаимодействия и привлечения инвестиций. Со словами приветствия также выступил председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане Лю Ю.

В рамках первого дня форума были заслушаны выступления представителей Министерства, Университета геологических наук, а также руководителей и специалистов ведущих китайских компаний. В числе представленных инициатив — проект строительства производственной линии мощностью 100 000 тонн от компании Goldpro New Materials, а также предложение от Kunshan Hong Fu Tai по внедрению технологий извлечения драгоценных металлов из промышленных отходов. Компании из Китая представили также решения в сфере экологически чистых технологий, горного оборудования и геологоразведки.

Программа форума предусматривает выездные визиты на крупнейшие объекты отрасли — Алмалыкский и Навоийский горно-металлургические комбинаты, Самаркандский металлургический завод и АО «УзТМК».

Завершение форума запланировано на 28 июля. Проведение данного мероприятия стало ещё одним важным шагом в укреплении партнёрства между Узбекистаном и Китаем в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.

#kongeologiya #mingeo #Xitoy #yashil_foydali_qazilmalar #hamkorlik #forum #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #tadbirlar #OKMK #NKMK #GFU

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 Molguzar tog‘larida qora va noyob metallar qidirilmoqda

Joriy yilning iyun oyida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Regional markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasi Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan Molguzar tog‘larining sharqiy qismidagi “Daykali” istiqbolli maydonida qora va noyob metallarni xalqaro standartlar asosida baholash loyihasi doirasida dala geologik tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Loyiha doirasida geologik tasvirlash ishlaridan tashqari, istiqbolli maydonlarda burg‘ilash ishlari ham olib borilmoqda.

Ushbu geologik tadbirlarning asosiy maqsadi — Molguzar tog‘ tizmasidagi “Daykali” istiqbolli maydonida qora va noyob metallarni aniqlash va ularning zaxiralarini hisoblashdan iborat.

🔹 🔹 🔹

💠 В горах Молгузар ведутся поиски чёрных и редких металлов

В июне текущего года Региональная центральная геолого-съёмочная экспедиция в составе акционерного общества «Узбекгеологоразведка» проводит полевые геологоразведочные работы в рамках проекта по оценке чёрных и редких металлов на основе международных стандартов на перспективном участке «Дайкали», расположенном в восточной части гор Молгузар, в Зааминском районе Джизакской области.

В рамках проекта, наряду с геолого-съёмочными работами, на перспективных участках также проводятся буровые исследования.

Основная цель этих геологических мероприятий — выявление чёрных и редких металлов на перспективном участке «Дайкали» в горной системе Молгузар и расчёт их запасов.

#kongeologiya #mingeo #Ozbek_geologiya_qidiruv #RMGTE #Jizzax_viloyati #Zomin_tumani #Molguzar_toglari

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning Jizzax viloyatiga tashrifi: Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, viloyatni yuqori texnologik sanoat xabiga aylantirish yo‘lida.

Поездка Президента в Джизакскую область: Полностью задействовать имеющиеся возможности и превратить область в высокотехнологичный промышленный хаб.

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube