Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.3K subscribers
14.6K photos
1.02K videos
65 files
5.28K links
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 75 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilgʻorlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы передовиков производства в связи с 75-летием акционерного общества "Алмалыкский горно-металлургический комбинат""

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 15 ta loyihani ishga tushirish va qurilishini boshlashga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии запуска и начала строительства 15 проектов в Навоийской области.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #marosim

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga bayram
tabrigi

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева коллективу акционерного общества «Алмалыкский горно-металлургический комбинат»

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
💠 “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi

2024-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘RQ-987-son Qonun qabul qilindi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 27-avgustda qabul qilinib, joriy yil 20-sentabrda Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan edi.

“Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqishda Avstraliya, Kanada, AQSh, Rossiya, Turkiya, JAR, Indoneziya, Ozarbayjon va Qozogʻiston kabi davlatlarning sohadagi tajribasi oʻrganilib, bunda ham xorijiy investorlar, ham davlat uchun oʻzaro manfaatli boʻlgan shart-sharoitlar yaratish imkonlari kengaytirilgan.

Qonun loyihasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlar guruhi bilan birgalikda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi va uning tizim korxonalari, Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Fanlar Akademiyasi hamda Strategik islohotlar agentligining ixtisoslashgan mutaxassislari va olimlar ishtirokida muhokama qilingan.

Qonun respublikada yer osti boyliklarini masʼuliyat bilan geologik jihatdan oʻrganish, ulardan foydalanish va muhofaza etishni zamonaviy standartlar asosida samarali va tizimli yoʻlga qoʻyishga, sohaga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jadallashtirish hisobiga mavjud xomashyo negizida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solish, olis hududlarda barqaror yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda iqtisodiyot uchun soliq bazasini kengaytirish va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

🔹 🔹 🔹

💠 Принят закон «О недрах»

31 октября 2024 года принят Закон Республики Узбекистан № ЗРУ-987 «О недрах». Документ был принят Законодательной палатой Олий Мажлиса Республики Узбекистан 27 августа 2024 года и одобрен Сенатом Олий Мажлиса 20 сентября текущего года.

При разработке закона «О недрах» был изучен опыт таких стран, как Австралия, Канада, США, Россия, Турция, ЮАР, Индонезия, Азербайджан и Казахстан, что расширило возможности создания взаимовыгодных условий как для иностранных инвесторов, так и для государства.

Законопроект обсуждался совместно с группой экспертов Европейского банка реконструкции и развития с участием специалистов и ученых Министерства горнодобывающей промышленности и геологии и его подведомственных предприятий, Министерства энергетики, Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, АО «Узбекнефтегаз», Академии наук и Агентства стратегических реформ.

Закон направлен на эффективное и системное внедрение в республике ответственного геологического изучения, использования и охраны недр на основе современных стандартов, создание современных производственных мощностей на основе имеющегося сырья за счет ускорения отечественных и зарубежных инвестиций в отрасль, создание устойчивых новых рабочих мест в отдаленных регионах, расширение налоговой базы для экономики и повышение конкурентоспособности на внешних рынках.

Закон вступает в силу через 3 месяца со дня официального опубликования.

#kongeologiya #mingeo #Yer_qari_togrisidagi_qonun

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 OKMKning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kombinat jamoasiga yoʻllagan bayram tabrigini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.

2024-yil 31-oktabr kuni Davlatimiz rahbari yubiley sana munosabati bilan ishlab chiqarish ilgʻorlaridan bir guruhini mukofotlash boʻyicha tegishli Farmonni imzolagan edi.

Tadbirda davlatimizning ana shu yuksak mukofotlarini Prezidentimiz nomidan Bosh vazir oʻz egalariga topshirdi.

Mukofotlangan konchi va metallurglar yuksak eʼtibor uchun Davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorligini izhor qilishdi.

Tadbir soʻngida konsert dasturi namoyish etildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Состоялось торжественное мероприятие по случаю 75-летия АГМК

Во Дворце культуры «Металлург» города Алмалык состоялось праздничное мероприятие, посвященное 75-летию со дня образования акционерного общества «Алмалыкский горно-металлургический комбинат».

Поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиеева коллективу комбината зачитал премьер-министр Абдулла Арипов.

31 октября 2024 года Глава государства подписал соответствующий указ о награждении группы передовиков производства в связи с юбилейной датой.

На мероприятии эти высокие государственные награды от имени президента вручил премьер-министр.

Награжденные горняки и металлурги выразили свою благодарность Главе нашего государства за проявленное внимание.

В завершение мероприятия состоялась концертная программа.

#kongeologiya #mingeo #OKMK_75_yil #tadbir

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning Navoiyga tashrifi: viloyat iqtisodiyotni oʻstirish, investitsiya, eksport va pirovardida odamlarning daromadini koʻpaytirish va maʼnaviyatini yukslatirishda namuna boʻlishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi

Поездка Президента в Навои: будут задействованы все возможности, чтобы область стала образцом развития экономики, увеличения инвестиций, экспорта и, в конечном итоге, повышения доходов и духовности населения

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
💠 Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida navbatdagi seminar oʻtkazildi

Joriy yilning 1-noyabr kuni vazirlik xodimlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi.

Tadbirda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma va boʻlim rahbar xodimlari hamda tizimosti korxonalarining Komplayens xodimlari ishtirok etdi.

Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq maxsus oʻquv treninglarida ishtirok etgan vazirlik va tizimosti korxonalarning xodimlariga sertifikatlar topshirildi.

🔹 🔹 🔹

💠 В Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялся очередной семинар по противодействию коррупции

1 ноября текущего года в целях проведения разъяснительной работы среди сотрудников Министерства горнодобывающей промышленности и геологии по противодействию коррупции, формирования у них нетерпимого отношения к коррупции был организован очередной семинар.

В мероприятии приняли участие начальники управлений и отделов Мингеологии, а также сотрудники комплаенс отделений подведомственных предприятий.

Также на мероприятие вручены сертификаты сотрудникам министерства и подведомственных предприятий, участвовавшим в специальный тренингах в соответствии с требованиями международного стандарта системы антикоррупционного управления ISO 37001:2016.

#kongeologiya #mingeo #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar #ISO_37001_2016 #sertifikat

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM